Zaxirani boshqarish masalasi


Download 94.16 Kb.
bet1/2
Sana28.01.2023
Hajmi94.16 Kb.
#1135835
  1   2
Bog'liq
davomi


Zaxirani boshqarish masalasi
Ilmiy-texnikaviy rivojlanish boshqarish sifatini oshirishda hisoblash texnikalaridan, matematik usullardan, boshqaruv nazariyalaridan, boshqarishni avtomatlashtirishdan foydalanish shart-sharoitlarini yaratib bermoqda. Bularning barchasi avtomatik boshqaruv sistemalarida aniq o'z tatbiqini topdi. Bu yerda boshqaruv degani ma’lumotlar yig'ish, uni qayta ishlash va boshqaruv ma’lumotlarini aniqlash yordamida jarayon harakatini o'zgartirishdan iboratdir. Boshqaruv sifatini oshirishning asosiy yo'llaridan biri, hisoblash texnikasi yordamida ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdir. Shunday masalalardan biri, biror mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan, mahsulotga bo'lgan talabni to'la qondirgan holda ishlab chiqarish va mahsulot zaxirasini saqlash xarajatlarini minimurnlashtirishni amalga oshiruvchi ishlab chiqarish rej asini aniqlashdan iboratdir. Bu masala zaxirani boshqarish m,asalasi deb ataladi. Zaxirani boshqarish nazariyasi inahsulotga bo'lgan talab asosida zaxira hajmini aniqlab beradi.
Zaxirani boshqarish masalalarini yechishda dinamik dasturlash usuli muhim rol o‘ynaydi. Bunda, zaxirani boshqarish modelini qo‘llash natijasida quyidagi ikki savolga javob berilishi talab etiladi:
1) Qanday miqdordagi mahsulot ishlab chiqarilishi lozim?
2) Mahsulotni qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerak?.
Bu yerda ko‘p narsa talablarning xususiyatlariga bog‘liq. Qaysiki, ular determinik (muqarrar ma’lum) yoki ehtimollik (taqsimot ehtimolligi berilgan) holda bo‘lishlari mumkin. Bunda determinik talab statistik holda, ya’ni vaqt davomida iste’mol intensivligi o'zgarmaydi yoki dinamik holda, ya’ni talab oldindan ma’lum, ammo vaqtga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi, bo'lishi mumkin. O'z navbatida ehtimollik talabi statsionar. ya’ni talabning ehtimollik taqsimoti vaqtga bog'liq emas va statsionar bo'lmagan, ya’ni talabning ehtimollik taqsimoti vaqtga bog'liq ravishda o'zgaradi.


Masalaning dinamik qo‘yilishi
Ma’lumki, berilgan masalani dinamik usul bilan yechish ikki qadamdan iborat boTib, birinchi qadam jarayonning oxiridan boshiga kelish orqali o‘zgaruvehilarning mumkin bo'lgan barcha qiymatlari ichidan maqsad funksiyaga minimum beruvchilari va ularga mos maqsad funksiyaning qiymati aniqlansa, ikkinchi qadamda jarayonning boshidan oxiriga qarab yurish orqali, birinchi qadamda aniqlangan qiymatlar yordarnida optimal yechim topiladi.
Shu sababli hisoblarni osonlashtirish maqsadida zaxirani boshqarish masalasida quyidagi, yangi belgilashlarni kiritamiz. n bilan reja. davri oraliqlarining teskari raqamlanishini olamiz.
Masalan, n = 1 oxirgi oraliqni , n = N esa birinchi oraliqni bildiradi.



Download 94.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling