Ўзбекистон ландшафтлари ва табиий ёдгорликларини муҳофаза қилиш


Download 163.5 Kb.
bet1/7
Sana28.09.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1689479
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O’zbekiston hayvonotining landshaft zonalari bo’ylab tarqalish222222



O’zbekiston hayvonotining landshaft zonalari bo’ylab tarqalish
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………2
I.Bob.O’ZBEKISTON HAYVONOTINING LANDSHAFT ZONALARI 1.1.O`zbekiston landshaftlari va tabiiy yodgorliklarini muxofaza kilish…….4 1.2.O`zbekiston tabiiy boyliklarini muhofaza qilish……………………………6
II.Bob.O`zbekiston tabiatini muhofaza qilishning chora tadbirlari va asosiy yo`nalishlari.
2.1. O’simlik va hayvonot dunyosinni muhofaza qilish……………………..11
Xulosa…………………………………………………………………………….29
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………31


Kirish
Landshaft komponentlari inson yashaydigan aniq (konkret) muhit hisoblanib, uni har qanday ko`ngilsiz va nooqilona o`zgirishlar hamda ifloslanishlardan muhofaza qilish zarur. L.andshaftlarni muhofaza qilish deganda, biz uning unsurlarini iloji boricha toza saqlash, undagi muvozanatning buzilshiga yo`l qo`ymaslik, tabiatning ajoyib joylarini tabiiy xolicha saqlab qolish kabilarni tushunamiz.
Landshaft va uning unsurlarini turli shakllarda muhofaza qilish mumkin: landshaftning butun unsurlarini to`la-to`kis mudofaza qilish; landshaftning ayrim va ajoyib, diqqatga sazovor joylarini muhofaza qilish. Landshaftning butun unsurlarini muhofaza qilishda qo`riqxonalarning ahamiyati katta. Qo`riqxonalar bu tabiat etaloni bo`lib, jumhuriyat tabiatini muhofaza qilishida quyidagi vazifalarni bajaradi: II. Jumhuriyatimizning ma`lum bir qismi yoki geografik pona tabiatining barcha unsurlari namunasi tabiiy holicha kelajak avlod uchun saqlab qolinadi. Qo`riqxona — tabiati yaxshi saqlangan joy hisoblanib, unda tabiiy hududiy komplekslarning rivojlanish qonuniyatini, o`zaro aloqasini, organizm bilan muhit o`rtasidagi munosabatlar ilmiy jihatdan o`rganiladigan tabiiy laboratoriyadir. Soni va turi kamayib borayotgan o`simlik va hayvonlarni parvarish qilib, ko`paytirib, muhofazasi bilan shug`ullanadi. Qo`riqxonalar orqali tayiatning ajoyvb joylari keng omma orasida namoyon etiladi va tabiatni muhofaza qilish zarurligi targ`ibot qilinadi. O`zbekiston hududida to`qay, cho`l va tog` landshaft uvsurlarini: muhofaza qilish va u yyerdagi tabiat unsurlarini, xususan o`simlik hayvonlarning hayotini chuqur o`rganish, ko`paytirish maqsadida 10 ta qo`riqxona tashkil etilgan. Bu qo`riqxonalar haqidagi ma`lumotlar ilovadagi 9 jadvalda berilgan.
Jumhuriyat landshaftlarini muhofaza qilishda yana xalq bog`lari, buyurtmalar va parvarishxonalarning ham ahamiyati kattadir. O`zbekistonda hozircha Zomin va Ugom Chotqol xalq bog`i mavjud. Jumhuriyat buyurtmalari, xalq parki va parvarishxonalar haqidagi ma`lumotlar ham ilovadagi jadvalda berilgan.
O`zbekistondagi buyurtmalarning asosiy vazifasi noyob o`simlik, hayvon turlarini yoki ajoyib tabiatli joylarni yo`q bo`lib ketishidan asraydi, o`simlik va hayvonlarning ko`payishi uchun sharoit yaratadi. Buyurtmalar o`zining xususiyatiga ko`ra vaqtnncha va doimiy bo`lishi mumkin.
O`zbekiston landshaftining ajoyib, diqqatga sazovor joylarini saqlab qolishda tabiat yodgorliklarini muhofaza ostiga olish juda muhim ahamiyatga ega. Chunki ilmiy, madaniy, tarixiy va estetik jihatidan qimmatli, ajoyib, noyob tabiatli joylarni muhofaza qilib, saqlab qolish uchun katta maydonni egallovchi qo`riqxona va buyurtmalar barpo etish shart emas. Ularni maydoni juda kichik bo`lgan «tabiat yodgorliklari» sifatida saqlab qolib, muhofaza qilish mumkin.
Tabiat yodgorliklari deganda biz g`orlarni, karstlarni, sharshara va shovvalarni, ajoyib buloq, jilg`a va soylarni, daralarni, koyali relef shakllarini, ochilib qolgan yotkiziqlarni, toshqotgan xayvonlarni va tabiatning boshqa ajoyib joylarini tushunamiz.



Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling