Ўзбкистон республикаси


Download 303 Kb.
bet1/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil


О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

IQTISODIY TAHLIL NAZARIYASI”


fani bо‘yicha
TAYANCH KONSPEKTI

Karshi-2011


I- MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING RIVOJLANISH TARIXI VA FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI
Reja:
1.1. Iqtisodiy tahlilning  fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari.
1.2..Iqtisodiy tahlil fanining О‘zbekistonda yaratilish tarixi
1.3. Iqtisodiy tahlil-dialektikaning muhim xususiyati
1.4. Iqtisodiy tahlil-boshqaruv tizimining maxsus funktsiyasi
1.5. Iqtisodiy tahlilning asosiy prinsiplari (tamoyillari)
1.6. Iqtisodiy tahlilning rezervlarni aniqlashdagi ahamiyati
1.1. Iqtisodiy tahlilning  fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
Xо‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani kо‘p asrlik tarixga ega bо‘lgan buxgalteriya hisobi va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan, bu uchun esa obyektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Korxonalarni tо‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xо‘jalik faoliyatini chuqurroq о‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi kо‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa о‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun obyektiv asos bо‘lgan.
Xо‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar о‘ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bо‘ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelish tarixi, bu bо‘yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shunday qilib tahlil fani vujudga kelguncha bir qancha evolyusion yо‘lni bosib о‘tdi. Nihoyat u fan sifatida shakllandi. Endigi vazifa bu fanga tо‘g‘ri nom tanlashdan iborat edi. Bu borada ancha ijodiy tortishuvlar ham bо‘ldi. Bir guruh olimlar bu fanning nomini «Iqtisodiy tahlil» deb atashni tavsiya qildilar. Bunda ushbu fan korxonaning butun iqtisodini о‘rgatadi, deb asosladilar. Ikkinchi gurux olimlar esa ushbu fanning nomini «Sotsial-iqtisodiy tahlil» deb atashni tavsiya qildilar. Shu tufayli ushbu fan iqtisodiy jarayonlarni ijtimoiy (sotsial) jarayondan ajratib bо‘lmaydi, deb о‘rganadi.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling