???????????????????????????????? ????????- ???????????????????????????????? ???????????????????????????????? ???????????????????????????????? ???????????????????????????? ???????????????????????????????????????????????????????????? ???????????????????????????????????????????????? ????????????????'??
Download 294.41 Kb. Pdf ko'rish
|
CTOXIRJON
Usmon musʼhafi. Arab tarixchilarining xabar berishicha, 656 yilda xalifa Usmon
Qurʼonni mutolaa qilib o‘tirganlarida o‘ldirilgan. U kishining qoni Qurʼonga to‘kilgan. Shu tufayli ham Usmon Qurʼoni asl nusxaligi va xalifa qoni to‘kilgani bilan musulmon dunyosida alohida eʼtibor bilan qaraladi. Toshkent shahridagi Usmon Qurʼonida ham qon izlari bo‘lib, shu nusxa xalifa Usmonga tegishli degan fikrlar mavjud. Usmon Qurʼoni Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyoni bosib olguncha Samarqandda, Xoja Ahror madrasasida saqlanar edi. Qurʼonning Samarqandga keltirilishi haqida ham xalq o‘rtasida har xil rivoyatlar mavjud. Ko‘pchilik olimlarning fikricha mazkur musxaf sohibqiron Amir Temur tomonidan Basradan ko‘plab qo‘lyozma kitoblar va boshqa o‘ljalar bilan birga Samarqandga keltirilgan va mashhur Temur kutubxonasiga qo‘yilgan. 400 yil davomida bu muqaddas kitob Samarqandda saqlanadi. 1868 yilda Rossiya askarlarining Samarqandga bostirib kirishi bilan xalqimizning moddiy, maʼnaviy boyliklariga tajovuz boshlandi. Bu tajovuzdan qabr toshlari, maqbara ichidagi yodgorliklar ham, musulmonlar diniy eʼtiqodining shohona mulki Usmon Musʼhafi ham chetda qolmadi. Musulmonlar Qurʼonini tezlikda bekitib Buxoroga jo‘natmoqchi bo‘ladilar. Biroq bu xabar Zarafshon o‘lkasining boshlig‘i general Abramovga yetib, “fan uchun bunday nodir, bebaho, qadimiy yodgorlikni qo‘ldan chiqarmaslik uchun hamma chora ko‘rilsin” deb polkovnik Serovga buyruq beradi. Serov Qurʼonni general Abramovga keltiradi. Abramov esa uni zudlik bilan Turkiston general-gubernatori K.N.Kaufmanga yetkazadi. U o‘z navbatida zudlik bilan 1869 yil 24 oktyabrda Peterburgga – Imperator kutubxonasiga alohida kuzatuvchilar bilan yuboradi. 1917 yil Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng Butunrossiya musulmonlar jamiyati nomidan RSFSR Xalq Komissarlari Sovetiga murojaat qilib, muqaddas Usmon Qurʼoni o‘z egalariga, yaʼni musulmonlarga topshirilishini talab qiladi. RSFSR (XKS – Xalq komissarlari soveti) tomonidan musulmonlarning talabi qondirilib, Qurʼon musulmonlar ixtiyoriga beriladi. 1917 yil 29 dekabr kuni Peterburgdagi podsho kutubxonasining “nodir qo‘lyozmalar” bo‘limidan olinib, Ufa shahriga jo‘natiladi. Qurʼon 1923 yilgacha Ufada saqlanadi. 1923 yil 23 iyulda Butunittifoq Markaziy Ijroqo‘mi Usmon Qurʼonini Turkistonga qaytarishga qaror qiladi. Muqaddas yodgorlikni Ufadan Toshkentga maxsus komissiya kuzatuvida olib kelinadi. Usmon Musʼhafi Toshkentdagi Eski shahar muzeyiga keltiriladi va maxsus po‘lat sandiqda saqlana boshlanadi. 1926 yilning 1 yanvaridan Eski shahar muzeyi O‘zbekiston davlat muzeyiga aylantirildi. Muzey ochilgandan so‘ng 1926 yilning faqat bir oyi ichida bu yerni 4000 kishi ziyorat qilgan. 2000 yilda YUNESKO tashkiloti tomonidan maxsus sertifikat bilan “eng bebaho yodgorlik” deb eʼtirof etilgan Usmon Musʼhafi bugungi kunda O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. Download 294.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling