???????????????????????????????? ????????- ???????????????????????????????? ???????????????????????????????? ???????????????????????????????? ???????????????????????????? ???????????????????????????????????????????????????????????? ???????????????????????????????????????????????? ????????????????'??


Download 294.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana23.09.2023
Hajmi294.41 Kb.
#1685802
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
CTOXIRJON

mursal – «tushirib qoldirilgan» deb nomlangan. 
Hamma rivoyatlar ham payg‘ambarning so‘zlari yoki amaliy ishlarga tayanavergan 
emas. Unga borib taqaluvchi hadislar marfuʼ (payg‘ambardan kelib chiqqan) 
deyiladi. Sahobalar so‘zlari yoki amaliy ishlariga asoslanuvchi rivoyatlar maʼkuf 
(arabcha so‘z bo‘lib to‘xtatilgan) deb nomlangan. Faqat tabiʼnlar, yaʼni 
sahobalarning birinchi shogirdlariga borib taqaluvchi rivoyatlar maqtuʼ (arabcha 
so‘z bo‘lib kesik, kesilgan) deyilgan. Shunday rivoyatlar (mursal hadislar kabi) 
ayrim dinshunos-qonunshunoslar tomonidan qabul qilingan, boshqalari rad etilgan. 
Rivoyat aytuvchilarning bir qatori dastlabki hadis aytuvchi 1-sahobaga borib 
taqalsa, tariq (arabcha so‘z bo‘lib ko‘plik, turuq  yo‘l) deb nomlangan. Aynan bir 
hadis bir necha tarix orqali hikoya qilingan bo‘lsa, yaʼni bir necha sahobaga borib 
taqalsa, u mutavatir (arabcha so‘z bo‘lib muntazam); uch sahobaga borib 


taqaluvchi hadis mashhur deyilgan, ikki sahobaga borib taqaluvchi – aziz, faqat 
bir sahobaga boruvchi hadis – ahadi (arabcha so‘z bo‘lib yakka) deyilgan. 
Dastlabki hadislar to‘plami tariqat bo‘yicha tuzilgan, yaʼni alfavit tartibida 
payg‘ambar izdoshlari sanab o‘tilgan-sahobalardan har birining ismi ostida qaysi 
hadis shu sahobga tegishliligi qayd etilgan. Hadislar to‘plamining bunday turi 
musnad deb nomlangan. U ar-ridjal tamoyili, yaʼni hadislarni dastlabki aytgan 
hikoya qiluvchilar nomlariga ko‘ra tavsiflash asosida yaratilgan. 
Bizga qadar yetib kelgan shunday hadislardan nisbatan mashhurlari 2 ta. Biri 
Molik ibn Anas (795 y. vaf.)ning “Al-Muvatto” asaridir. To‘plamda 1700 hadis 
bo‘lib, bularni u 
ishonchli deb topgan. Ikkinchi to‘plam ibn Hanbalning “Musnad” asari bo‘lib, 
3000 hadisdan iborat. 
So‘ngroq hadislarni turli xususiyatlariga qarab har xil tartibda yozish harakati 
boshlangan. Bu hijratning ikkinchi asri boshlariga to‘g‘ri kelgan. Masalan, ibn 
Hanbal kabi baʼzi muhaddislar “Musnad” uslubida yozganlar. Unda sahobalar 
ismlari islomga kirishdagi tartiblari bo‘yicha joylashtirilgan. Masalan, “jannatiy” 
deb karomat berilgan 10 sahobalar, birinchi o‘rinda keltirlgan. Ulardan keyin 
«Badr jangi»da qatnashgan sahobalar, so‘ng «Hudaybiya jangi» qatnashchilari; 
keyin Xudaybiya bilan Makka aholisi islomga kirguncha o‘tgan sahobalar, so‘ng 
Makka fath etilganidan islomga kirganlar, undan keyin kichik sahobalar va nihoyat 
roviy ayollarning nomlari berilgan. 
Baʼzi muhaddislar roviylar nomini «Xurufi hijo» (alfavit) tartibida berilgan. Bu 
uslubni at-Tabaroniy, ibn Rohavayh, Abu Shayba va boshqalar juda muvaffaqiyatli 
amalga oshirganlar. Ular hadislarni isnodlari (naql etuvchi roviylar) bilan 
keltirilgan. Yana ular soxta hadislarni tark etib, sahih va zaif, quvvatli va illatli 
kabi ko‘p turlariga bo‘lib chiqqanlarki, bunday malaka har qanday ilm sohibiga 
ham muyassar bo‘lavermagan. Baʼzi muhaddislar faqat sahih, hadislarning o‘zini 
jamlashga harakat qilganlar va ularning to‘plamlari yuzaga kelgan. Birinchi bo‘lib 
bu ishni Ismoil Buxoriy, keyin ibn Hajjoj, so‘ng ibn-al-Ashʼas, ulardan keyin Iso 

Download 294.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling