???????????????????????????????? ????????- ???????????????????????????????? ???????????????????????????????? ???????????????????????????????? ???????????????????????????? ???????????????????????????????????????????????????????????? ???????????????????????????????????????????????? ????????????????'??


Hadisshunoslik va mashhur muhaddislar


Download 294.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana23.09.2023
Hajmi294.41 Kb.
#1685802
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
CTOXIRJON

Hadisshunoslik va mashhur muhaddislar. Qurʼonni o‘rganish tavsif ilmini 
vujudga keltirganidek, hadislarni yig‘ish va o‘rganish rivoyatlar ilmini vujudga 
keltirgan. Diniy adabiyotning bu ikki tarmog‘i asosida ilohiyot va musulmon diniy 
qonuni (shariat) vujudga kelgan. Ko‘p vaqt ilohiyot va huquq bir-biridan aniq 
ajratilmagan. 
VIII asr boshlarida hadis ilmida uch maktab tashkil topdi: Madina (Urva ibn 
Zubayr va az-Zuhriy shu maktabga qarashli edi); 
Iroq (Kufada, vakili ash-Shaʼbi); 
Suriya, Damashq maktablari. 
Madinada maktab ko‘proq Muhammad Payg‘ambar va dastlabki to‘rt taqvodor 
xalifalar davri qatʼiy eʼtiqod ruhini saqlar edi; u asosan Muhammad (s.a.v.) hayoti 
va yurishlariga bag‘ishlangan hadislarga eʼtiqod berar edi. Lekin bu maktab 
namoyandalari Muhammad Payg‘ambarni tarjimai holini muntazam tarzda birinchi 
bo‘lib bayon qilgan muallif ibn Ishoqni qadariylar oqimi tarafdori sifatida shubha 
ila Madinadan quvib yuborganlar. Madina maktabi namoyandalari ilohiyotni 
himoya qilar va ummaviy xalifalar va ularning siyosati va boshqarish usullarining 
dunyoviy xususiyatiga qarshi turar edilar. 
Shakllangan anʼanaga ko‘ra hadis ikki qismdan iborat bo‘lishi kerak edi: 
1. Isnod (ar. aynan-“tayanch”), yaʼni shu hadisni yetkazgan kishilarni sanab 
o‘tish. 
2. Matn, yaʼni hadisning mazmuni. 
VIII asrdayoq hadislar to‘g‘riligini aniqlashda bunday mezon shakllangan edi: 
uning isnod qismi hadisshunoslar nomlarining muntazam qatoridan iborat bo‘lib, 
keyingilari mashhur, nomiga dog‘ tushmagan, eʼtiqodli, hurmatga loyiq, to‘g‘ri 
so‘z kishilar bo‘lishlari kerak edi. Hadisshunos  yig‘uvchi va avlodlarga 
yetkazuvchilarni ridjal so‘zi bilan atar edilar. Hadislarni yetkazuvchilar ishonchga 
sazovorligi yoki noloyiqligini aniqlab, hadis ilmida yangi, tarmoq-maʼrifat arrijal 
deb nomlangan soha paydo bo‘lgan, taboqot deb nomlanuvchi maxsus kitob va 


maʼlumotnoma vujudga kelgan, ularda hamma mashhur sahobalar, ularning 
shogirdlari, Muhammad payg‘ambar zamondoshlari va boshqa hadis to‘plab 
yetkazuvchilar tarjimai holi alifbo tartibida turkumiga qarab keltirilgan edi. 
Bular jumlasiga Ibn Sadning “Taboqat”, sahoba Ibn al-Asirning alifbo tartibidagi 
lug‘ati, shuningdek uning mashhur tarixiy «Al-Komil fit-tarix» degan asari kirardi. 
Adabiyotning shu uslubiga “ojizlar”, yaʼni hadis keltiruvchilar ishonchini 
qozonmaganlar haqida maʼlumot beruvchi maʼlumotnomalar ham kirardi. 
Ishonchliligiga qarab hadislar uch guruhga ajratilgan edi
Hikoya qiluvchilar ro‘yhati hech qanday shubha tug‘dirmasa, bunday hadis sahih 
(arabacha so‘z bo‘lib ishonchli, to‘g‘ri) deyilgan. 
Agar hikoya qiluvchilar ro‘yhatida ayrim muhaddislar uni benuqson deb topmagan 
bo‘lsa, yoki ro‘yhatda biron xalqa, bo‘lim uzilib qolgan bo‘lsa, hadis to‘la 
qimmatga ega deb tan olinmasa-da, baribir, qabul qilingan; bunday hadis hasan 
(arabcha so‘z bo‘lib yaxshi, marhamatli) deb nomlangan. 
Nihoyat, agar hikoya qiluvchilar ro‘yhatida taqvodorligi yoki axloqiy obro‘-
eʼtibori nuqtai nazaridan muvofiq kelmaydigan kishilar bo‘lsa, hadis ishonchsiz 
hisoblangan va za‘if (arabcha so‘z bo‘lib zaif) deb nomlangan. 
Hikoya qiluvchilar ro‘yhati muntazam bayon etilgan bo‘lsa, bu hadis mutassil 
deyilgan. Bironta nom, ayniqsa ikkinchi nom, yaʼni sahoba shogird nomi tushirib 
qoldirilgan bo‘lsa, munqati (uzilgan) deyilgan. Hadis isnodida shogird-tabiʼ 
ko‘rsatilgan bo‘lib, hadis qaysi sahobadan eshitilganligi nomaʼlum bo‘lsa, unda 

Download 294.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling