???????????????????????????????? ????????- ???????????????????????????????? ???????????????????????????????? ???????????????????????????????? ???????????????????????????? ???????????????????????????????????????????????????????????? ???????????????????????????????????????????????? ????????????????'??


at-Termiziy, an-Nosoiy va Ibn Moojjalar


Download 294.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana23.09.2023
Hajmi294.41 Kb.
#1685802
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
CTOXIRJON

at-Termiziy, an-Nosoiy va Ibn Moojjalar bajarishgan. Mana shu kishilar olamga 
mashhur bo‘lgan 6 ta sahih hadislar to‘plamining ijodkorlari hisoblanadi. 
Shu davrda yaratilgan, musannaf deb nomlangan hadislar keng tarqalgan va 
ommalashgan. Bu to‘plamda hadislar rivoyat qiluvchilar nomi bilan emas, balki 


fikr yuritilgan buyumlarga qarab joylashtirilgan. Ko‘proq tan olingan va nufuzli 
hadislar to‘plami 6 ta. Ular sunniylar orasida keng tarqalgan. Bular quyidagilar: 
1. «Al-jomeʼ as-Sahih» (Ishonchli to‘plam) yoki qisqacha «as-Sahih al-Buxoriy» 
(810-870). Oldingi to‘plamlarga nisbatan bu ancha mahorat bilan tuzilgan. Muallif 
bu to‘plamda faqat qonunshunoslikka va urf-odatlargagina emas, Muhammad 
payg‘ambar hayoti va sahobalar, hatto Muhammad davri tarixiy va etnografik 
tomonlariga xos hadislarni to‘plagan. Tanqidiy yondashgan holda 600 mingga 
yaqin hadis to‘plab, bu to‘plamga ishonchli deb bilganlaridan 7275 tasini kiritgan. 
Bu to‘plam katta shuhrat qozongan va ko‘p marta nashr qilingan. 
2. Shunday shuhratga Muslim an-Nishopuriy (817-875 y.)ning “as-Sahih” asari 
ega bo‘lgan. U 300 mingga yaqin hadislarni ko‘rib chiqqan va ulardan 12 ming, 
yaʼni 4 foizini tanlab olgan. 
Ulardan keyingi o‘rinlarda: 3- “Sunna” (Sunnalar) Ibn Moojja (886 y. vaf.), 
4-Abu Dovud as-Sijistoniy (888 y. vaf.)ning shu nomli asari, 
5-Muhammad at-Termiziy (892 y. vaf.)ning «Al-ja‘mi al-Kabir» katta to‘plami, 
6-An-Nasaiy (915 y. vaf.)-Ashxobod yaqinidagi Nisa degan joyda tug‘ilgan, Abu 
Dovud shogirdi; Asari-“Sunnan”. 
Maʼlumki, Markaziy Osiyoda islom dini 708 yildan keyin keng tarqala 
boshlaganligiga qaramay, ilohiyot qatori muhaddislik ham ildam rivojlangan. 
Islom olamida mashhur va eng ishonchli deb eʼtirof etilgan 6 hadislar to‘plami 
mualliflarining aksariyati Markaziy Osiyodan chiqqanlar. Masalan, Ismoil Buxoriy 
(810-870), at-Termiziy (824-892), ad-Dorimiy as-Samarqandiy (797-868) An-
Nasoiy (915 y. vaf. et.) va Kaspiy bo‘yi xalqalridan ibn Mojja (824-886) va 
boshqalar bu sohaning taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar. 

Download 294.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling