Ijmoʼ – (arabcha yakdillik bilan qabul qilingan qaror). Qurʼon va hadislarda aniq
ko‘rsatma bo‘lmagan huquqiy masalalarni hal etishda
faqih va mujtaxidlarning
to‘planib, yagona fikrdan hukm chiqarishi (fatvo berishi).
Islom davlat dini bo‘lib kelgan mamlakatlarda shariat talablariga amal qilib
kelingan, hozir ham shunday. Hozirgi davrda O‘zbekiston xalqlari orasida
marxumning yettisini, yigirmasini, qirqini va boshqa marosimlarini o‘tkazish odati
bor. Xolbuki, shariat bunday marosimlarni o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik haqida
biron-bir ko‘rsatma bermagan.
3.Hadis ilmining shakllanishi. Hadis deb Payg‘ambar (s.a.v.)ning aytgan so‘zlari,
qilgan ishlari, biror bir ishni maʼqullagan yoki maʼqullamaganliklariga aytiladi.
Bundan tashqari hadislarda payg‘ambarning o‘zlarini axloqiy sifatlari, yuz-
tuzilishlari kabi masalalar ham keng yoritilgan.
Hadis o‘zi ikki turga bo‘linadi:
1. Hadisi Qudsiy – bunday hadislarning maʼnosi Allohdan so‘zi payg‘ambardan
bo‘ladi. Odatda, hadisi qudsiylar “Ey odam farzandi”, “Ey bani odam” iboralari
bilan boshlanadi.
2. Hadisi nabaviy – bunday hadislarning maʼnosi ham so‘zi ham
payg‘ambardan bo‘ladi. Bu o‘rinda biz mana shu hadisi nabaviy haqida so‘z
yuritamiz.
Hadis va hadisshunoslik ilmini shakllantirishga bo‘lgan harakat islom paydo
bo‘lgan dastlabki yillardanoq boshlangan. Chunki islom
dinining asosiy manbai
bo‘lgan Qurʼoni karimdan keyin uni izohlovchi va bayon etuvchisi bo‘lmish
Rasulollohning so‘zlagan hikmatli gaplari o‘z hayot faoliyatlarida qilgan ishlari
–
ul zotning hadislari hisoblanadi. Islom jamoasi Qurʼoni karimning sura va
oyatlarida keltirilgan taʼlimotlar, amallar va huquqiy ko‘rsatmalardan foydalangan
holda Rasulollohning sunna (hadislar)laridan ham bohabar bo‘lmish, amaliy
hayotga tadbiq qilish zaruriy hol bo‘lgan. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning
hadislaridan birida: «Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Qurʼoni karim bilan
o‘zimning sunnatim-yo‘l-yo‘riqlarimni qoldirdim. Sizlar
shu ikkalasini qattiq tutib,
(ularga) amal qilsalaringiz, to‘g‘ri yo‘ldan aslo adashmaysizlar» deyiladi.
Maʼlumki, islomning asosiy manbalaridan bo‘lmish Muhammad (s.a.v.) sunnalari
dastlabki davrlarda
asosan yodlangan, og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan. Vaqt
o‘tishi bilan ularni yaxshi bilgan sahobalarning kamayib ketishidan qo‘rqib, yozma
matnini tayyorlashga kirishilgan. Natijada VII asrning o‘rtalaridan boshlab
Muhammad (s.a.v.) sunnalarini to‘plash va kitob holiga keltirish qizg‘in tus ola
boshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: