6-mavzu. Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya tizimida komplaens nazorati
Komplaens nazorati tushunchasi va uning ilmiy talqinlari. Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat (compliance control) tizimining ahamiyati. komplaens nazoratning vujudga kelishining tarixiy ildizlari. Dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashishda komplaens-texnologiyalar.
Komplaens nazoratining prinsiplari. Davlat boshqaruvi va xo’jalik organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha samarali ichki nazorat («komplaens-nazorat») tizimining joriy qilinishi. Komplaens nazorat tizimini joriy etishdan maqsadi va vazifalari. BMTning «Korrupsiyaga qarshi konvensiya»sida va boshqa xalqaro hujjatlarda komplayens nazorat tizimini joriy etishga oid standart va tavsiyalar mazmuni.
7-mavzu. Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya tizimi xodimlarida korrupsiyaga qarshi xulq-atvorni shaklantirishni tashkil etish va boshqarish. Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya tizimi xodimlarida korrupsiyaga qarshi xulq-atvorni shaklantirishning zarurati. Korrupsiyaga qarshi kurashishning ma’naviy strategiyasining mazmun-mohiyati. Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya tizimi xodimlarida zamonaviy rahbar qiyofasini shakllantirishga qo’yiladigan talablar: Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya tizimi xodimi bo’lishning sharafli ekanligini tushuntirish, shaxsiy namuna bo’lish, xodimlarda adolat va vatanparvarlik xislatini kamol toptirish, ularni uyushgan va e’tiqodli etib tarbiyalash, yuksak ma’naviyatga yo’naltirish. Yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya tizimi xodimlarining ma’naviy-axloqiy qiyofasini belgilashda vatanparvarlik va professionallikning ahamiyatini anglatish ishlarini tashkil etish. Xalq manfaatlari asosida fikr yuritish, halollikka intilish, qonun va axloq doirasida bilimlari asosida vijdonan, pok yuragi va toza qo’li bilan amaliy faoliyat olib borish.
8-mavzu. Milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalari bank-moliya tizimi rahbar kadrlarida halollik fazilatlarini shakllantirish. (Halollik standartini) joriy etish.
Halollik standarti. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yilning 28 yanvarida “2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF60 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan davlvt dasturining “Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish” nomli 83maqsadining ahamiyati.
Halollik xodimlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini mustahkamlash elementi sifatida. Halollik vaksinasi. Halollik vaksinasining ijtimoiy preparat ekanligi. Halollik vaksinasini oziqlantiruvchi manbalar. Halollik vaksinasi bilan emlanishning zarurati.
Do'stlaringiz bilan baham: |