4-mavzu. Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya tizimida korrupsiyaga sabab bo’layotgan shart-sharoit va omillarni o’rganishni tashkil etish va boshqarish.
Taraqqiyot strategiyasi formatida korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy strategiyasining mazmuni. Korrupsiyaning sabablari, shart-sharoitlarini aniqlashga doir yondashuvlar. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar xronologiyasi.
Iqtisodiy va ijtimoiy hayot ustidan davlat boshqaruvi tizimi bosqichma-bosqich liberallashtirilishi: kichik biznes sohiblariga nazorat yuki pasaytirilgani, ba’zi inspeksion tashkilotlardagi byurokratik ovoragarchiliklarga barham berilayotgani, moliyaviy, soliq va bojxona tizimlarining liberallashtirilishi, xususiy biznesni hukumatdan himoyalovchi qonunlar qayta isloh qilinayotganligi.
Davlatning antimonopolistik siyosati. Davlat budjetini qonun tariqasida qabul qilish amaliyotining joriy qilinishi. «Openbudjet» «Ochiq budjet» portalining ishga tushirilishi. Litsenziyalash va ruxsat berish tizimini yanada liberallashtirishi va iqtisodiyotni raqamlashtirish siyosati. «Raqamli iqtisodiyot» va «Elektron hukumat»ning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ahamiyati.
Korrupsiyaviy jinoyatlarning iqtisodiy sabablarini aniqlash strategiyasi. Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya tizimida xizmat o’tashning iqtisodiy jihatdan qulayligini va ish haqining bosqichma-bosqich oshirish masalasi.
5-mavzu. Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya tizimida korrupsiyaga sabab bo’layotgan shart-sharoit va omillarni kamaytirishni tashkil etish va boshqarish
Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida va bank-moliya tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etishga undovchi omillar (antropologik, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, ma’naviy, ruhiy).
Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va bank-moliya tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabablari va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlash: iqtisodiy qulayliklar va ijtimoiy himoyaning yetarli darajada yo’lga qo’yilmaganligi, xodimlarning huquqiy ongi, dunyoqarashi, axloqi, ma’naviyati va madaniyatining pastligi, rasmiyatchilik va byurokratik to’siqlarning mavjudligi. Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida va bank-moliya sohasiga kadrlarni tanlash, tayyorlash va joy-joyiga qo’yish bilan bog’liq kamchiliklar va boshqalar.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida va bank-moliya tizimida korrupsiya jinoyatchiligining sabab va sharoitlarni o’rganishni tashkil etish (ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va baholash). Korrupsiogen daromad tushunchasi va uni o’rganishni tashkil etish. Korrupsiyaning mafkurasi: ochko’zlik, pulga sig’inish (pul fetishizmi), molparastlik, shuhratparastlik, hokimiyatga intilish. Korrupsiyaga qarshi kurashishda mafkuraviy immunitet hamda siyosiy madaniyatni shakllantirishning nazariy asosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |