“ ” 2023 yil Himoya hay’ati a’zolari
-mavzu. Korrupsion xavfni boshqarishning xalqaro huquqiy asoslari va uning bosqichlari
Download 235.09 Kb.
|
Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mavzu. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari hamda uning bosqichlari
2-mavzu. Korrupsion xavfni boshqarishning xalqaro huquqiy asoslari va uning bosqichlari
Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (2003 yil 31 oktabr) va uning ahamiyati. Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy normalar va xalqaro hujjatlar tahlili. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashga doir huquqiy normalar mazmuni. IHTT (Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) ning korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha «Istanbul harakatlar rejasi». Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha IHTT tarmog’i (1998) ning asosiy maqsadi. Markaziy Osiyo hududida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo’yicha hukumatlararo komissiya (YevroOsiyo guruhi – FATF) ning tavsiyalari. Korrupsiyaga qarshi kurashishga doir xalqaro standartlar va xorijiy davlatlar tajribasi va ularni O’zbekistonda qo’llash imkoniyati. Korrupsiya jinoyatchiligini oldini olishda xalqaro tavsiyaviy aktlarning ahamiyati. Korrupsiya hodisasidan sezilarli «toza» - korrupsiyani idrok etish indeksida (reytingda) kuchli o’nlikda turuvchi davlatlar - Yangi Zelandiya, Daniya, Singapur, Shvetsiya, Shveysariya, Finlyandiya, Avstraliya, Kanada, Islandiya tajribasi. Korrupsiya hodisasidan zarar ko’rayotgan mamlakatlar tajribasi.O’zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligi va korrupsiyani oldini olish sohasidagi xorij davlatlari modeli.3-mavzu. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari hamda uning bosqichlari Korrupsiyaning oldini olish BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni ta’minlovchi omil ekanligini idrok etish. O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi Qonunini o’rganishni tashkil etish va boshqarish. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5729-son Farmonining ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi «O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-6013-son Farmoni hamda «O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi PQ-4761-sonli Qarorining qabul qilinishi O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning yaxlit tizimi yaratilganligi ifodasi ekanligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo’lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-6257-sonli Farmoni va «Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-5177-sonli Qarorining qabul qilinishi O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi bosqichi. Download 235.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling