“ ” 2023 yil Himoya hay’ati a’zolari
Ta’lim dasturi bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar
Download 235.09 Kb.
|
Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy-tadqiqot ishlari
5.2.1. Ta’lim dasturi bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar
Umummetodologik fanlar bloki: milliy istiqlol g‘oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlarning falsafiy masalalari bo‘yicha bilimlar berilishi; insoniyatning global muammolari, ma'naviy hayot, shaxs va jamiyat ehtiyojlari ta'limning insonparvarlik ruxi, zamonaviy sivilizatsiya va uning taraqqiyot yo‘nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarini taqdim qilish usullari to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllantirishi; ilmiy va texnik axborot bilan ishlash ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi; ilmiy ijodiyot metodologiyasi, bilishning umumiy usullari, emperik va nazariy tadqiqot usullari , qonunlar va qoidalar, mantiqi, asoslash va inkor qilish yo‘llariga doir bilimlarni ta'minlashi; ta'limda pedagogik texnalogiyatar, menejment va iqtisodiyot asoslari haqidagi bilimlarni ta'minlashi zarur. Mutaxasislik fanlar bloki: muayyan mutaxasislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, o‘quv va ko‘nikmalarni shakillantirishi; magistratura mutaxasisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqod ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni modellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy mahorat va ko‘nikmalarni ta'minlashi kerak. Ilmiy faoliyat bloki ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi o‘zlashtirilishini, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta'lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ilar bajarilishini nazarda tutishi lozim. Ilmiy-tadqiqot ishlari: mustaqil tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish; axborot texnalogiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqodlar natijalarini tahlil qilish vaaks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish; talabalarga fan, texnika va texnalogiyalarning eng yangi yutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo‘llay olish, ulardan magistrlik dissertatsiyasini bajarishda foydalanish ko‘nikmasini singdirishi lozim. Download 235.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling