“ ” 2023 yil Himoya hay’ati a’zolari
Download 235.09 Kb.
|
Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ta’riflar.
2. Normativ havolallar.
O’zDst 1.0:1998. O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi . Asosiy qoidalar; O‘zRST 1.8-94. O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Rahbarlik hujjatlarni va tavsiyanomalarni ishlab chiqish. Kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi; O’zDst 1.9:1995. O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi. 3. Ta’riflar. Mazkur standartda quydagi atamalar qo‘llaniladi: Oliy ta'lim- uzluksiz ta'limning yuqori malakali mutaxasislar tayyorlovchi mustaqil turi. U oliy ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy ta'lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura. Bakalavriat – o‘rta maxsus, kasb hunar ta'limi negizida oliy ta'lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fundamental bilimlar beradigan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta'lim; Magistratura – bakalavriat negizida o‘qish muddati kamida ikki yil bo‘lgan aniq mutaxasislik bo‘yicha oliy ta'lim; Malaka talablari – uzluksiz ta'lim tegishli bosqichi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar; O‘qitishning me'yoriy muddati – ta'lim oluvchilar tomonidan ta'lim dasturini o‘zlashtirilishi uchun berilgan muddat; Ta'lim dasturi – o‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari yoki magistratura mutaxasisliklariga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va yetarli darajadagi tayyorgarligini ta'minlovchi bloklarga jamlangan ro‘yxati; O‘quv fanlari blok – ta'lim dasturining kadrlar tayyorlash jarayonida aniq maqsad va vazifalarga erishish uchun muayyan bilim bloki yoki faoliyatining o‘zlashtirilishini ta'minlaydigan o‘quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi; O‘quv rejasi – oliy ta'limning muayyan yo‘nalishi yoki mutaxasisligi bo‘yicha o‘quv faoliyatini turlari, o‘quv fanlari va kurslarining ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmi normativ hujjat; O‘quv fani – ta'lim muassasasida o‘rganish uchun fan, texnik, san'at, ishlab chiqarish faoliyatining muayyan sohasidan saralab olingan bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar tizimi; O‘quv yili – oliy ta'lim muassasasi kursini yakunlashga mo‘ljallangan o‘quv faoliyati davri. O‘quv yili ikki kalendar yili bilan belgilanadi, masalan, 2011/2012 o‘quv yili; O‘quv semestri – oliy ta'lim muassasasida o‘quv yilning yarmini tashkil etuvchi o‘zaro bog‘langan fanlarning ma'lum majmuini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi; O‘quv fani dasturi – ta'lim mazmuni uning talabalar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usulari, axborot manbalari ko‘rsatilgan normativ hujjat; Malaka amaliyoti – o‘quv jarayonining nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va uquv hosil qilish, ta'lim dasturining ma'lum (yakuniy), qismidagi mavzu bo‘yicha matereallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi; Yakunlovchi davlat attestatsiyasi – bakalavr yoki magistr darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda, ma'lum talab va tartibotlar asosida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta'lim dasturining bajarilishi sifatini baholash; O‘qish sifatini nazorat qilish – talabaning bilim saviyasini tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini aniqlash; Ta'lim sifatini nazorat qilish – o‘qitish mazmuni va natijalarining davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini tekshirish; Oliy ta'lim muassasasi attestatsiyasi – oliy ta'lim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining OT DTS talablariga muvofiqligini aniqlovchi tadbir; Oliy ta'lim muassasasi akkreditatsiyasi – oliy ta'lim muassasasi faoliyati darajasining OT DTS mezoni va talablariga javob berishning davlat tomonidan e'tirof etilishi. Download 235.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling