“ ” 2023 yil Himoya hay’ati a’zolari
Oliy tа’lim hаqidаgi nizomdа oliy tа’limning tuzilishi vа oʼquv jаrаyonini tаshkil qilishning yoritilishi
Download 235.09 Kb.
|
Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘llanish sohalari
Oliy tа’lim hаqidаgi nizomdа oliy tа’limning tuzilishi vа oʼquv jаrаyonini tаshkil qilishning yoritilishi.
Mazkur standart «Taʼlim toʼgʼrisidagi», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʼgʼrisida, 1997 yil 6 oktyabrdagi PF-1869-son va «Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʼgʼrisida» 1998 yil 10 noyabrdagi PF –2107-son farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz taʼlim tizimi uchun davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish toʼgʼrisida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-son, «Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va taʼlim muassasalari attestatsiya boshqarmasini tashkil etish toʼgʼrisida», 1998 yil 11 martdagi 109-son qarorlari va oliy taʼlim sohasini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy qadirlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida 1.07.2003 yil PF-3272-son Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 20.04.2017 yildagi PQ-2909-son. Oliy taʼlim tizimidagi holatni oʼrganish natijalariga koʼra bir qator oliy taʼlim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogig salohiyatning pastligi taʼlim jaroyanlarini axborot-uslubiy va oʼquv adabiyotlari bilan taʼminlash zamanoviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika baʼzasini tizimli yangilashga extiyoj mavjudligi aniqlandi. Pedagok kadrlarni tayyorlash, halq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomilashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi 26.09.2017 yildagi PQ-3289-son. Pedagog qadirlarni tayyorlash qayta tayorlash va ularni malakasini oshirish jarayonlarida halq taʼlimi va oliy taʼlim tizimlari oʼrtasida uzluksizlik va uzviylik taʼminlanmaganligini koʼrsatdi. Natijada umumiy-oʼrta maktabdan tashqari taʼlim muassasalari hodimlari faoliyati davomida fanlarni oʼqitish metodikasi, taʼlim va tarbiya nazariyasi yangiliklaridan, oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan isloxatlardan, ilgʼor xorijiy tajribalardan bexabar qolmoqdalar. Oliy taʼlim muassaslariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomilashtirish toʼgʼrisida 26.09.2017 yildagi PQ-3290-son. Oliy maʼlumtli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot soholari va tarmoqlarining ishtiroqini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida 27.07.2017 sanasidagi PQ-3151-son Magistratura toʼgʼrisidagi nizomni tasdiklash haqida 2.03.2015 yil VM-36-son qarori. 1. Qo‘llanish sohalari. «Oliy ta'limning davlat ta'lim standarti. Asosiy qoidalar» (bundan keyin OT DTS deb ataladi): kadrlar tayyorlash sifatiga, ta'lim mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarni;ta'lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni; o‘quv yuklamasining hajmini; ta'lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi. OT DTS o‘quv jarayonini, ta'lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi normativ hujjatlar (bakalavriat yo‘nalishlari magistratura mutaxasisliklari uchun davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv fanlari dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi. OT DTS oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir. OT DTSga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlarini amalga oshirish jarayonida, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning istiqbollari, jamiyat ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya va madaniyat yutuqlari, kadrlar tayyorlash borasida jahon tendentsiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Download 235.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling