“ ” 2023 yil Himoya hay’ati a’zolari


Oliy ta’limni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar toifalari va turlari


Download 235.09 Kb.
bet4/17
Sana11.11.2023
Hajmi235.09 Kb.
#1765734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Hisobot

4. Oliy ta’limni standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar toifalari va turlari.
4.1. Standartlar toifalari.
Oliy ta'lim standartlari qo‘yidagi toifalarga bo‘linadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta'lim standartlari;

  • Oliy ta'limning davlat ta'lim standarti. Asosiy qoidalar;

  • Oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxasisliklari klassifikatori;

  • Oliy ta'limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta'lim standartlari;

  • Bakalavriat yo‘nalishlari davlat ta'lim standartlari;

  • Magistratura mutaxasisliklari davlat ta'lim standartlari;



5. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar.
5.1. Bakalavriat.
O‘rta va Oliy ta'limning birinchi bosqichida ta'lim dasturlari o‘rta maxsus, kasb – hunar ta'limi bilan uzluksiz va uzviylik ta'minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o‘zlashtirishini nazarda tutishi zarur:

  • gumanitar va ijtimoiy – iqtisodiy;

  • matematik va tabiiy – ilmiy;

  • umumkasbiy;

  • ixtisoslik;

- qo‘shimcha.
Kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash uchun malaka amaliyoti o‘tilishi nazarda tutilishi shart.
Ta'lim dasturlari majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi shart.
Bakalavriat ta'lim dasturini o‘zlashtirishda talabalarning o‘quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo‘yicha mustaqil bilim olish nazarda tutilishi lozim.
Ta'lim dasturlari bakalavriat yo‘nalishlari davlat ta'lim standartlariga muvofiq ravishda yakunlovchi davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart.
5.2. Magistratura.
Magistratura ta'lim dasturlari bakalavriat ta'lim dasturlari bilan uzliksizlik va uzviylik ta'minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabalar tomonidan quyidagi majburiy bloklar nazarda tutilishi zarur:

  • umummetodologik fanlar ;

  • mutaxasislik fanlar;

  • ilmiy faoliyat.

Ta'lim dasturlari majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi lozim.
Talabalarning ta'lim dasturlarini o‘zlashtirishda o‘quv fanlarning bir qancha masalalari va muammolari bo‘yicha mustaqil bilim olish nazarda tutilishi zarur.
Ta'lim dasturlari magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha davlat ta'lim standartlariga muvofiq ravishda yakunlovchi davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart.

Download 235.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling