“Ilmiy tadqiqot ishini tashkil etish” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. - Fanning asosiy xususiyatlari.
- Hozirgi zamon fani quyidagi belgilarga ega:
- Fan-jamiyatimizning ishlab chiqaruvchi kuchidir;
- Ilm-fan bilan ko’p odamlar shug’ullanadi, shuning uchun u ommaviydir;
- Ilmiy-texnika taraqiyotining tezligi fanlarning ixtisoslashishini chuqurlashtiradi;
- Ilm-fan sohasida ob’ektlar va xodisalar tizimli yondoshuv tarzida o’rganiladi.
- Fan jamiyatimiz hayotida juda katta ahamiyat kasb etadi.
- Ilm-fan xalq xo’jaligi bilan butunlay birlashib ketgan va barcha tarmog’ida qo’llaniladi.
- Oliy o’quv yurti fani ham katta ahamiyatga ega: Agar o’qituvchilarga o’zining ilmiy salohiyatini rivojlantirishga yordam bersa, talabalar uchun murakkab ilmiy dunyoning katta yo’lini ochib beradi.
-
- Nazorat va muhokama uchun savollar:
- 1.Ilm-fan, uning xalq xo’jaligidagi o’rni va kelajagi haqida nimalarni bilasiz?
- 2.Fanning asosiy maqsadi va uni talqin etish tartibi haqida so’zlang.
- 3.Ilm-fan tushunchasi nimani anglatadi?
- 4.Ilmiy faoliyat va ilmiy muasassalar haqida nimalarni bilasiz?
- 5.Bilimlar tizimi necha turdan iborat?
- 6.Fanning asosiy xususiyatlarini sanab bering.
-
- 2.Илмий адабиётларни мутолаа қилиш;
- Мутолаа – бу нутқий фаолиятнинг мураккаб тури бўлиб, соф техник жиҳати – мутолаа қилиш ва тез ўқиш малакаларини орттириш ва ижодий жиҳати – матндан зарур ахборотларни олишдан иборат. Мутолаа турлари Мазмунга кириб бориш даражасига кўра мутолаа қуйидаги турларга бўлинади:
- кўз югуртириб чиқиш – умумий таассурот олиш учун;
- матн билан танишиб чиқиш – умумий мазмунни билиб олиш учун;
- ўрганувчи мутолаа – мавжуд маънонинг энг кўп ҳажмини ўзлаштириш учун. Матн билан танишиб чиқиш ва ўрганишдан олдин одатда китобга кўз югуртириб чиқилади. Китобнинг мазмуни, боблар ёки параграфлар номлари, асар муаллифи билан танишиб олиш учун шундай қилинади.
Do'stlaringiz bilan baham: |