# Dars tushunchasini ta’riflang.
+ Bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim- tarbiya
berish jarayonidir.
- O’quvchilar bilim oladigan va bilimlari baholanadigan jarayon.
- Yoshi va bilimi jihatidan bir hil bo’lgan ma’lum miqdordagi o’quvchilar guruhi.
- Ma’lum muddat davom etib, xilma- xil metodlardan foydalanilib o’tkaziladigan jarayon.
# An’anaviy ta’limda darsning maqsadi nimada?
+Bilimlarni o’zlashtirish, ko’nikma va malakalarni hosil qilish;
- Shaxsning qiziqishi, motivini rivojlantirish;
- Darslik va kitob bilan ishlash;
- darsning maqsadi, ijodiy faoliyatni rivojlantirish;
# Ko‘nikma va malakalarni mustahkamlovchi darsning tuzilishi:
+ Tashkiliy qism, uy vazifasini so‘rash, o’tilganlarni mustahkamlash, darsni yakunlash;
- Tashkiliy qism, uy vazifasini so‘rash, baholash, yangi mavzu bayoni, mustahkamlash
- Tashkiliy qism, yangi mavzu bayoni, mustahkamlash, darsni yakunlash;
- Barcha o`tilganlarni so`rab baholash.
# O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirishning turlari:
+ kundalik, mavzu bo’yicha, yakuniy;
- joriy, kundalik, oraliq;
- joriy, oraliq, og’zaki;
- og’zaki, yozma, test, masofali;
# Yakuniy tekshiruvdan qachon foydalaniladi?
+ chorak yakuni va yil yakunida;
- barcha mavzular o’tib bo’lingach;
- yangi mavzuni mustahkamlash;
- boblar yakunida;
# Quyidagi javoblarning qaysi birida tarbiya metodlari to`g`ri ko`rsatilgan?
+ ijtimoiy ongni shakllantiruvchi, faoliyatga undovchi, o`z – o`zini tarbiyalovchi, ijobiy hatti-harakatga
undovchi;
- og`zaki, ko`rsatmali, amaliy;
- rag`batlantirish, jazolash, o`z-o`zini tarbiyalovchi;
- namuna, munozara, suhbat.
# Ijobiy xatti-harakatga undovchi metodlar.
+ rag`batlantirish va jazolash;
- buyruq va talab, jamoatchilik fikri,jamoat ta`siri,talabi;
- jamoatchilik fikri,o`yin, mehnat;
- jamoat ta`siri, mehnat, o`yin.
Do'stlaringiz bilan baham: |