# Nutqning asosiy xususiyatlarini ajrating.
- J: Nutqning to‘g‘riligi va ravonligi, nutqning aniqligi va ta’sirchanligi nutqning mantiqiyligi, nutqning tozaligi va ifodaliligi.
# O‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar duch keladigan
qiyinchiliklarning asosiy sababi nima?
- J: Pedagogik texnikaga oid ma’lumotlarni bilmasligi.
# O‘qituvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan pedagogik texnikaning muhim tarkibiy qismlariga qaysilari kiradi?
- J: Nutq tempi, diksiyasi, tovush ohangini baland, o‘rta, past qila olishi va hokazo).
# MIMIKA – bu…….
-J: O‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, ko‘z va chehra muskullarining harakati bilan bayon qilish san’atidir. Ba’zan o‘qituvchi chehrasining va nigohining ifodasi o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
# PANTOMIMIKA – bu…….
- J:O‘qituvchining gavdasi, qo‘l, oyoq harakatini tartibga soluvchi uslubdir.
# Muloqot bu…
- J:Uunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi.
# Rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
-J: Prognostik bosqich (modellashtirish); kommunikativ aloqa; pedagogik jarayon; natijalar tahlili;
# A.S.Makarenko sinf jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarning qaysi belgilarni ajratib ko‘rsatgan?
- J: O‘z jamoasi bilan g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qimmatini anglash; jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do‘stona birlik; tarbiyali, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik; hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish.
# Pedagogik nazokatning qaysi xususiyatlari hozirgi kunda muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi:
- J: O‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o‘zida muloqotning erkin demokratik asosini shakllantiradi; sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi;
Do'stlaringiz bilan baham: |