SSSRning tashkil etilishi Bolsheviklar boshliq sovetlar hokimiyati sobiq chor imperiyasi
hududlarida vujudga kelgan mustaqil sovt respublikalari jilovini o’z qo’liga olish
maqsadida sovet respublikalari ittifoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofiga
jipslashtirishga asosiy e’tibor qaratdi. RSFSR hukumati 1918-1920 yillarda yangi sovet
respublikalariga diplomatik, siyosiy-iqtisodiy, harbiy, moliyaviy ta’sir o’tkazib bordi.
Garchi bo’lajak ittifoq sovet respublikalarining do’stlik va tenglikka asoslangan
ixtiyoriy ittifoqi bo’ladi, deyilsada, biroq uzoqni ko’ra bilgan respublikalarning qator
rahbarlari bunga qarshi edilar. Masalan, Ukrainada UKP(b) Markaziy Qo’mitasi kotiblari
X.G.Rakovskiy va D.L.Pyatakov yagona ittifoq davlati g’oyasiga qarshi chiqib,
umumittifoq hokimiyat organlari bo’lmagan «konfederatsiya» tuzishni yoqlab chiqdilar.
RKP(b) Markaziy Qo’mitasi Siyosiy byurosida, bolsheviklar partiyasining s’ezdlari va
plenumlarida, shuningdek sovet tashkilotlarida bu masala keng muhokama qilindi.
Nihoyat, RKP(b) rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tashviqot-targ’ibot
ishlari va ko’rsatilgan tazyiqlar o’z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya, Zakavkaze
Federatsiyasi Kompartiyalari, bu respublikalar sovetlarining s’ezdlari RKP(b)
Markazqo’mining «SSSRni tuzish to’g’risida»gi takliflarini qo’llab-quvvatlashlarini
bayon qildilar.
1922 yil 26 dekabrda Butunrossiya Sovetlarining X s’ezdi sovet respublikalarini
yagona sovet davlatiga birlashtirishni zarur deb topdi. S’ezd o’zi saylagan delegatsiyaga
USSR, BSSR va ZSFSR delegatsiyalari bilan birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari
Ittifoqini tashkil etish to’g’risidagi Deklaratsiya loyihasini ishlab chiqish va Ittifoq
shartnomasini tayyorlashni topshirdi.
1922 yil 29 dekabrda Moskvada to’rt respublika vakolatli delegatsiyalarining
konferentsiyasi bo’lib o’tadi. Konferentsiya SSSRni tuzish to’g’risida RKP(b) Markaziy
221
Qo’mitasi plenumi tasdiqlagan Deklaratsiya va Shartnoma loyihasini muhokama qilib,
uni maqullaydi. 30 dekabrda uni to’rt respublikalarning vakolatli delegatsiyalari
imzolaydilar.
1922 yil 30 dekabrda Moskvada Butunittifoq Sovetlarining I s’ezdi o’z ishini
boshlaydi. S’ezd RSFSR, USSR, ZSFSR va BSSR Sovetlari s’ezdlari saylagan vakolatli
delegatlari imzolagan SSSRni tuzish to’g’risidagi Deklaratsiya loyihasini ko’rib chiqib,
Do'stlaringiz bilan baham: |