Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi.
S’ezd yangi ittifoq - SSSRning yuqori hokimiyat organlari - Markaziy Ijroiya
Qo’mitasini va hukumatini tuzdi. SSSR MIQ 4 ta rais (har bir respublikadan bittadan) -
RSFSRdan M.I.Kalinin, Ukrainadan G.I Petrovskiy, Belorussiyadan A.G Chervyakov,
ZSFSR dan N.N.Narimanovdan iborat MIQ Rayosatini sayladi. V.I Lenin SSSR
hukumati - Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi. Shunday qilib, 1922 yil 30
dekabrda SSSR tuzildi.
Bu ittifoqqa asos solgan barcha dasturilamal hujjatlar va g’oyalar qanchalik
jimjimador ohanglarda bitilmasin va ular tenglik, barobarlik, birodarlik tushunchalarini
aks ettirmasin, biroq amalda u hukumron Markaz uchun butun-butun xalqlarning taqdir-
qismati, inon-ixtiyorini tamomila o’z tasarrufiga bo’ysundirishga xizmat qilgan tuzoq
rolini o’tab keldi.
Ma’lumki, O’rta Osiyo hududida qadim-
qadimdan tili, dini, tarixi, madaniyati,
an’analari bir-biriga
juda yaqin va mushtarak qardosh va qondosh xalqlar yashab kelganlar. Bu erda
istiqomat qilgan o’zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar,
qoraqalpoqlarning xo’jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o’xshash bo’lib,
shu muqaddas ona zaminni o’zlarining asl Vatanlari deb bilganlar.
Biroq, afsuslar bo’lsinki, pixini yorgan Sovet hokimiyati arboblari tarixan
Do'stlaringiz bilan baham: |