£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


O’rta Osiyoda milliy davlat


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

O’rta Osiyoda milliy davlat 

chegaralanishi 


 

222


yagona va mustaqil Turkiston g’oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, 

milliy ziyolilar millatchilikda, turkparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda 

ayblandilar. 

Shunday qilib, O’rta Osiyoni milliy - hududiy jihatdan alohida respublikalarga 

bo’lib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm 

respublikalarida, ularning Kompartiyalari plenumlarida, shuningdek ularning faoliyatini 

muvofiqlashtirib turuvchi organ - RKP(b) MQ O’rta Osiyo Byurosi Plenumida 

muhokama etilib, mahalliy xalqqa kuchli bosim o’tkazib borildi. 

Shu bilan birgalikda 1922-1923 yillarda erli millatlarning bir qator rahbar 

xodimlari sovet hokimiyatining Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarida olib 

borilayotgan milliy siyosatiga ochiqdan-ochiq norozilik bildira boshladilar. Ammo 

ularning fikr-qarashlari noto’g’ri topilib, o’zlari faol siyosiy hayotdan chetlatib borildi. 

RKP(b) MQ, uning O’rta Osiyo Byurosi Turkiston, Buxoro va Xorazm Kompartiyalari 

faoliyatiga tazyiq o’tkazib, milliy - hududiy chegaralash o’tkazish siyosatini ma’qullab, 

qaror qabul qilishlariga erishib bordi. 

Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924 yil 5 aprelda RKP(b) MQ Siyosiy 

Byurosida, 11 mayda RKP(b) MQ O’rta Osiyo Byurosida ko’rib chiqildi. Unda O’rta 

Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya 

tuzildi. Loyiha RKP(b) O’rta Osiyo Byurosining 1924 yil 2 iyundagi yig’ilishida 

muhokama etilib, asosan ma’qullandi.  

Bundan norozi bo’lgan mahalliy aholi vakillari, xususan Xorazm respublikasining 

bir guruh mas’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinaev, ichki ishlar noziri 

Abdusalomov, Turkiston va Buxoro vakillari: S.Xo’janov, S.Asfandiyorov va boshqalalar 

yagona Turkistonni bo’lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdilar. 

Shuningdek, 1924 yil 8 mayda RKP(b) Markaziy Qo’mitasiga «Xorazmda milliy 

masalani hal etish to’g’risida xat» kelib tushdi. Bu xatda ham Xorazm respublikasini 

bo’lib yuborish maqsadga muvofiq emas, deyilgan edi. Ha, o’lka xalqlari milliy 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling