bir yagona hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib
tashlash, ularning birlashib, yagona davlat tuzishlariga izn bermaslik uchun
butun choralarni ishga soldilar. Bundan kuzatilgan bosh maqsad - o’lka
xalqlarining birlashuviga, o’z istiqlolini va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga
yo’l qo’ymaslik va shu asosda Markazning bu erdagi hukmronligiga, sotsialistik
qayta qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsadda
Turkistonni milliy o’ziga xoslik, til birligi asosida bo’lib tashlash g’oyasi
ilgari surildi. Markaz irodasini bajarishga da’vat etilgan Turkiston ishlari
bo’yicha maxsus komissiya - Turkkomissiya zimmasiga o’lkada milliy davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |