365
Dekabrdagi uchrashuvda «O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida harbiy va harbiy-
texnikaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to’g’risida shartnoma» imzolangan
bo’lsa, may oyidagi muzokaralar nihoyasida ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida
«O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilmalari Rossiya Federatsiyasi
sub’ektlari o’rtasida hamkorlikni kengaytirish to’g’risida bitim», «Xalqaro avtomobil
qatnovi to’g’risida bitim» imzolandi.
Shu tariqa, O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalar yangicha
mazmun kasb etmoqda. Ikki mamlakat o’rtasida turli maqsadlarga yo’naltirilgan 150 ta
hujjatlar imzolangan.
O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2000 yilda 1 mlrd.
AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistonda 520 ta O’zbekiston-Rossiya qo’shma
korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari ro’yxatga olingan.
Rossiyada esa O’zbekiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 250 ga yaqin qo’shma korxona
mavjud. O’zbekiston Rossiyadan mashinalar va jihozlar, kimyo maxsulotlari va
plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar,
paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mollarini eksport qiladi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning 2001 yil 3-5 may kunlari, 2004 yil aprel
oyida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putin 2004
yil iyun oyida
O’zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni yangi pog’onaga ko’tardi.
2004 yil 16 iyunda O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida
Do'stlaringiz bilan baham: