0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
J45
Me’morchilik Xudoyorxon o'rdasi mingboshi, Miyon hazrat, Mohlaroyim, Hakim To'ra, Xonxoja eshon, Buzrukxo ‘ja , Pirmuhammad yasovul, Xojabek, Oxund devonbegi, Mingoyim, Jome kabi madrasalar bunyod etildi. Xudoyorxon davrida etildi. Toshkentda esa Baroqxon va Ко ‘kaldosh madrasalari qayta ta’mirlandi. Shayx Xovandi Tohur me’moriy majmuasi hozirgi ko‘- rinishda shakllantirildi. Zayniddin bobo uchun yangi maqbara qad ko‘tardi. saroyi — Xudoyorxon о ‘rdasi bunyod 3. 4. 5. ,,Qo‘qon adabiy muhiti" deyilganda nima tushuniladi va u qanday vujudga keldi? Umarxonning adabiyot sohasidagi ijodi haqida nimalarni bilib ol- dingiz? Maxmur va Gulxaniy ijodini taqqoslang: o'xshash va farq qiluvcbi jihatlarini aniqlang. Uvaysiy va Nodira ijodida qanday o‘xsbashliklar mavjud? Xonlikda yaratilgan tarixiy asarlarning nomlarini daftaringizga tar- tib bilan yozing. ,—г -д 0 ‘zingiz „Qo‘qon xonligining madaniy hayoti“ jadvalini tuzing va uni to‘Wiring. 146 39- §. Qo‘qon xonligida ta’lim , . . . „ .. Maktabxona ta’limi boshlang’ich ta’lim va tartib-qoidalari edl- Maktablar ко pincha bitta smfxona- haqida dan iborat bo‘lganligi uchun maktabxona deb atalgan. Xonlikda 350 ta maktabxona faoliyat ko‘rsatgan. Boshlang!ich maktab bolalarga umumiy ma’lumot beruvchi va xat-savod chiqarish maskani edi. Unda arab imlosida savod chiqarish, yozish va o!qish ko‘nikmalari shakllantirilgan. Shu- ningdek, hisoblash qoidalari va ko‘nikmalari hosil qildirilgan. Tevarak- atrof, jamiyat, islom dini haqida bilim va tushunchalar berilgan. Shuningdek, odob-axloq me’yorlariga amal qilish o ‘rgatilgan. 0 ‘g‘il bolalar maktabxonalarining aksariyati masjidlar, madrasalar, qorixonalar qoshida, shuningdek, xususiy maktabdor xonalarida ochilgan. Qiz bolalar maktabxonalari otin ayollar uylarida yoki ba- davlat kishilarning maktab yoshidagi qizlari uchun ularning uylarida tashkil etilgan. Ana shu otinlardan biri Dilshodi Rahimqul so‘fi qizi (taxallusi Dilshod Otin, Bamo, Dilshodi Barno) edi. XIX asrda Qo‘qonda ijod qilgan shoira. U, ayni paytda, maktabxona maktabdori bo‘lib ham faoliyat yuritgan. 0 ‘zining maktabdorlik (otinlik) faoliyati haqida, jumladan, shunday deb yozgan edi: „Mening suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste’dodli shoiralar edi. 51 yil davomida men maktabdorlik (o ‘qituvchilik) qildim va yiliga о ‘rtacha 20 na- fardan 30 nafargacha о ‘quvchilarim b o ‘lib, 890 nafar qizning savodini chiqardim. Bulardan deyarli to ‘rtdan bir qismi she’riyatga qobiliyatli bo ‘lib, shoira va о ‘z davrining aqlli hamda dono odamlari edilar“. Xususan, Anbar Otin uning iqtidorli o ‘quvchilaridan bo‘lgan. Dilshod Otinning qalamiga mansub „Muhojirlar tarixi“, „Inson ma- tonati va muhojirlar tarixi“ hamda „Barnoning tanlangan sh e’r- lari" asarlari bizgacha yetib kelgan. Asarlarida xonlikdagi o‘zaro urushlar, uning xalq ommasi turmushiga ko'rsatgan ayanchli ta’siri kabi masalalar o‘z ifodasini topgan. Shoira, ayni paytda, yaxshi kunlar kelishiga ishonib asarlarining birida: ,,Bu jabr-u zulmat albat muvaqqat“, deb yozgan. Shuningdek, turkistonliklami do‘st va inoq bo‘lib yashashga ham da’vat etgan. Maktabxona maktabdorligiga (o‘qi- tuvchiligiga) masjid mutasaddilari ishga taklif etishgan. Maktabdorga maktabdan uzrsiz ketib qolmaslik sharti qo’yilgan, Maktabxonalarda 147 o‘quvchilar soni 10 -60 nafarni tashkil etgan. 0 ‘qishga 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilingan va o‘qish 5 - 7 yil davom etgan. Kimning maktabxonada necha yil o’qishi o‘qituvchining mahoratiga, o ‘quvchining zehniga va oilasidagi muhitga bog‘liq edi. Maktabxonalarda dars mashg‘ulotlari quyosh cbiqishidan to kech- gacha davom etgan. Juma va bayram kunlari dars mashg‘ulotlari bo‘lmagan. Yoz fasli va ramazon (ro‘za) oyida o‘quvchilarga ta’til berilgan. . . Dars mashg‘nlotlari avval kalimai shahodat va toyiba yod olinganidan so ng arab ahf- bosini o‘rganishdan boshlangan. Alifbe darslarida dastlab harflarning yozilisbi mashq qilingan. So‘ng harflarning turli o‘rinlardagi sbakllari o‘rganilgan. Keyin esa zeru-zabar, ya’ni harflarning osti va ustiga qo‘yiladigan farqlovchi belgilar va ularning qo‘llanishi, shuningdek, ular yordamida bo‘g‘in tuzish qoidalari o‘rgatilgan. Maktabdor (o‘qi- tuvchi) harflami yog‘ochga yoki qattiq lavhalarga yozib devorga osib qo‘ygan. Unga qarab harflar yod olingan. Harflami bir-biriga qo‘shib yozish mashq qilingan. Duoyi salomni yoza olgan o‘quvchi „xati chiqqan“ hisoblangan. Alifbe o‘rganilib bo‘lingach, ,,Haftiyak“ (muqaddas Qur’oni Karim- ning 1/7 qismi ko‘chirib yozilgan kitob)ni o‘rganishga kirishilgan. ,,Haftiyak“ tugallangach, ,,Tavjud“ (Qur’oni Karimni qiroat bilan o‘qish san’ati to‘g ‘risidagi ilm)ga o‘tilgan. Undan so‘ng esa bevosita „Qur’oni Karim“ ning o‘zini o‘qitish boshlangan. Shundan so‘ng „Farzi ayn“, ya’ni shariatga ko‘ra barcha musul- monlarga buyurilgan va bajarilishi shart bo‘lgan amallar haqida tu- shunchalar berilgan. U o ‘rganilib bo‘lingach, islom dinining asosiy qoidalari bayon etilgan „Chor kitob“ (,,To!rt kitob“)ni o‘rganishga kirishilgan. Undan keyin kattaqo‘rg‘onlik So‘fi Olloyorning „Sabot ul-ojizin“ („Ojizlar saboti“) kitobi o‘qitilgan. Mazkur asarda islom dinining asosiy qoidalaridan tashqari, go‘zal insoniy fazilatlar, axloqiy tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalar, she’r va dostonlar o ‘rin ol gan. „Sabot ul-ojizin“dan so‘ng shu asaming fors tilida yozilgan va „Maslak ul-muttaqin“ („Taqvodorlar maslagi“) deb atalgan asl nusxasi o‘rganilgan. „Sabot ul-ojizin“ „Maslak ul-muttaqin“ning turkiy tilda qisqartirib yozilgan nusxasi bo‘lib 12 ming baytdan tuzilgan ilohiy ma’rifatning she’riy talqinidir. 148 So‘fi Olloyor asari o‘rganib bo‘lingach, Sharq olamida mashhur bo‘lgan, XIII asrda yashab o‘tgan Sa’diy Sheroziyning „Bo'ston" va „ Guliston" asarlari o‘rganilgan. Sa’diy asarlari boshqa Sharq shoirlaridan hayratlanarli darajada hayotiyligi bilan alohida ajralib turadi. ,,Bo‘ston“ va „Guliston“ ha- yotiy hikoyalardan tashkil topgani. donishmand shoirning bu hiko- yatlar so‘ngida qissadan hissa tarzida keltirgan she’rlari kundalik tur- mushdan chiqarilgan xulosalar ekanligi bilan jahon ilm-u adab ahlini birday o‘ziga tortib kelmoqda. BMTning Tinchlik Kengashi binosi peshtoqiga ,,Guliston“ asari- dan olingan quyidagi misralar bitilgan: „Odam bolalari ibtidoda bir gavhardan bino bo 'Iganligi tufayli yaxlit bir vujud kabidirlar. Bino- barin, zamon uning bir a ’zosiga jarohat yetkazsa, boshqa a ’zolari ham о ‘z tinchini yo ‘qotadi". Keyingi bosqichda Xo‘ja Hofiz Sheroziyning (1326-1389) „De von “ini o‘rganish boshlangan. Mazkur ,,Devon“ lirik she’rlar to‘plami bo‘lib, o‘quvchilaming axloqiy tarbiyasida asosiy qo!llanma sanalgan. Maktabxonalarda arab grammatikasi, Alisher Navoiyning she’riy to‘p- lamlari hamda husnixat, hisob-kitob (arifmetika) ham o‘qitilgan. . Qo‘qon xonligida madrasalar ham faoliyat ko‘r- Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling