0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
Qoloqlik sabablari
, , . . . , . lakatrung, bir lqtisodiy va ma navLy-madaniy makonda yashab kelgan o‘zbek xalqining uch davlatga bo‘linib ketishi, ular o‘rtasida davom etgan qarama-qarshiliklar. urushlar mamlakatni umumbashariy taraqqiyot jarayonidan uzilib, rivojlanishda orqada qo- lishga mahkum etdi. Har bir o‘zbek davlatida markaziy hokimiyatni egallash uchun ichki kurash, o ‘zaro nizo-janjal, ig‘volarning doimiy tus olishi mamlakatni xonavayron qilardi. Xonliklarning asrlar davomida o‘zgarmay kelayotgan davlat bosh- qaruv usuli taraqqiyotga g‘ov bo‘lib qolgan edi. Xonliklar o ‘rtasidagi o‘zaro urushlar, etnik nizolar urug‘-qabila jamoalarini bir joydan boshqa joylarga ko‘chishini keltirib chiqarardi. Yoki ular zo'rlik bilan yashab turgan joylaridan ko‘chirilar edi. Bu jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi. Aholini bir butun xalq bo‘lib jipslashishiga xalaqit berardi. Davlat darajasida yagona xalq, yagona Vatan tushunchasining qadri anglab olinmadi. Turkistonni, xalqni birlashtirish g‘oyasi ostida uyushtira oladigan yo‘lboshchi, si- yosiy kuch topilmadi. \ Hukmdorlar va saroy amaldorlari eski ishlab chiqarish usulini himoya qiladilar. Xonliklarning asosiy boyligi bo‘lgan yerga egalik qilishning, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida o ‘zgarmadi. Yerning egasi hukmdor alohida xizmat ko‘rsatgan kishilarga bir ho- vuch yer hadya qilardi. Yerni ijaraga olib ishlovchi dehqon yerning egasi emas edi. Shu boisdan dehqon yemi asrab-avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intilmadi, chunki u bundan manfaatdor emasdi. Ayni paytda, dehqon yer egasi bo‘lmagani sababli boshqa joylarga ketaverardi. Aholi og‘ir soliqlardan, tinkani qurituvchi yig‘im va majburiyat- lardan azob chekardi. Turmush darajasi past bo‘lib, aholi iste’mol uchun eng zarur bo‘lgan tor doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar bilan qanoatlanishga majbur edi. Ishlab chiqarish, asosan, iste’molga yo‘naltirilganligi uchun u iqtisodiyotning o‘sishi uchun turtki bo‘lol- madi. Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling