0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va à b t 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Xlorsiz kaliyli o'g'itlar olishda qaysi m inerallardan foydalanish m u m k in ?
Download 5.63 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. K a liyli o g itla r ek in la r h osildorligi va h o sil sifatiga q a n d a y t a ’s i r q ila d i
- OLIM LARNING Q O ‘SHGAN HISSALARI
- Mikroelementlarning osimlik hayotidagi roli
- B or (B ).
7. Xlorsiz kaliyli o'g'itlar olishda qaysi m inerallardan foydalanish m u m k in ? 8. K aliyli o'g'itlarning tuproq bilan t a ’sirlashish m exanizm i q a n d a y ? 9. K a liyli o 'g 'itla r ek in la r h osildorligi va h o sil sifatiga q a n d a y t a ’s i r q ila d i? VII bob. M IK R O E L E M E N T L A R VA M IK R O O ‘G ‘ITLAR MIKROELEMENTLARNI 0 ‘RGANISH BORASIDA OLIM LARNING Q O ‘SHGAN HISSALARI Bizni o'rab turgan harnma narsalar, jonli va jonsiz mavjudotlar, havo, suv, tuproq, hayvon, o'simliklar hamda hammasi kimyoviy elementlarning aralashmasi yoki birikmasidan iboratdir. Tabiatda b a ’zi elementlar tez-tez va k o ‘p niiqdorda, ba’zilari onda-sonda va oz miqdorda uchraydi. Kislorod (erkin yoki birikma holida) eng ko‘p miqdorda uchraydi. T uproq og‘irligining 49,3% ni kislorod tashkil etadi. Masalan, yod yer qobig‘ida atigi 0,0001% dir. Bu ikki element o'rtasidagi farq g‘oyat kattadir. Hozirgi davrda yer qobig'ining tarkibi yetarli darajada to ‘la o'rganilgan. Uning tarkibida kisloroddan tashqari anchagina kremniy (26%), aluminiy (7,45%), temir, kalsiy, natriy, kaliy, magniy va vodorod bor. Bu 9 ta element yer qobig'i butun massasining 98% dan ko‘prog‘ini tashkil etadi, shuning uchun ham ular makroelementlar deb ataladi. Biz o'rgana oladigan yer qobig'i massasining 2% dan kamrog‘i boshqaqolgan elementlarga to‘g‘ri keladi. Quyida yer qobig‘idagi b a ’zi elementlarning Yer qobig'i og‘irligiga ko‘ra % hisobida miqdori berilgan: Tabiatda o ‘simlik va hayvonlar organizmida, tuproq va suvda juda kam m iqdorda, k o ‘p i n c h a 0,001 dan 0,0000000000001% gacha b o ‘ladigan kimyoviy elementlarga mikroelementlar deyiladi. Bunday elementlarga rux, marganes, bor, mis, molibden, kobalt, xrom, yod, brom va boshqa elem entlar kiradi. Mikroelementlarning yetishmasligi o ‘simliklarning qator kasalliklarini keltirib chiqaradi. Tegishli mikro- o ‘g‘itlardan foydalanish kasallikning oldini olibgina qolmay, balki C —0,35 P - 0 , 1 2 S - 0 ,1 0 M n —0,10 N —0,04 Z n —0,02 V—0,02 C u—0,01 B-0,005 C o - 0 ,0 2 M o-0,001 To—0,001 J—0,001 R a - 0 , 0000000002 ancha yuqori va sifatli hosil olishga olib keladi. M ikroelem entlarning ijobiy ta ’sir etishining asosiy sababi, ularning oksidlovchi-qaytaruvchi jarayonlarda, azot almashinuvida qatnashishi o'simliklarning kasallik- larga va tashqi muhitning noqulay sharoitlariga nisbatan chidamliligini oshirish bilan b o g i iq bo'ladi. M ik ro e le m en tlar t a ’siri n a tija sid a barglarda xlorofillning miqdori oshadi, fotosintez kuchayadi, b u tu n o ‘simlikning assimilyatsion faolligi oshadi. K o 'pin cha mikroelementlardan ultra mikroelementlar deb ataladi- gan guruhga ajratiladi. Bunday e lem entlar tabiatda 0,00001% dan ham kam bo'ladi (oltin, simob, radiy, uran va boshqalar). Bularning aniq chegarasini belgilash qiyin, ch u nk i «ultra» qo'shim chasi tabiatda bunday kimyoviy elementlaming kam ekanligini ko'rsatadi. «M ikroele mentlar» degan nomning o'zi h am m a ’lum darajada shartlidir. Ba’zi elem entlar tuproqda va to g ‘ jinslarida (tem ir, a lum iniy, kremniy) k o ‘p miqdorda uchraydi, tirik organizmlarda esa ju da kamdir. Tirik organizmlardagi asosiy massani suvda oson eruvchi birikmalar va gaz hosil qiladigan kimyoviy ele m en tlar tashkil etadi. Bularni organizm yaxshi o'zlashtiradi. Lekin aluminiy va kremniy yer qobig‘ida juda keng tarqalgan (qum, loy, liar xil silikatlarning g‘oyat k o'p qismi ana shu elem entlardan tashkil topgan). Tirik organizmlarda esa bir necha ming m arta kam chunki ular organizmda qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Kobalt va nikel yer qobig'ida tirik organizmdagiga nisbatan tax m in a n 100— 400 m arta k o 'p bo'ladi. Ammo tirik organizm ucliun m os birikma hosil qiladigan va tez eriydigan kimyoviy elementlar- uglerod, azot, fosfor va yod yer qobig'ida kam uchraydi. O rganizm lar ham kimyoviy ele m en tlar m iqdorining k a m yoki ko'pligi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, o'simliklarda krem niy, aluminiy, hayvon organizmida azot, kalsiy, fosfor, ñ o r yoki yod k o 'p bo'ladi. O'simlik va hayvonlar orasida nav yoki turlar borki, ularda bir elem ent boshqa elementga qarag an da ko'p m iq d o rd a b o 'la d i. Masalan, dengiz hayvonlarining orgnizmida yod ko'p bo'ladi. O'simlik- larning m e’yorl rivojlanishi uchun 10 ta kimyoviy elementning zarurligi allaqachon isbotlangan. Bunday elem entlarga kislorod, v o d o r o d , uglerod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, oltingugurt va tem ir kiradi. O'simlik oziqasi tarkibida yuqorida ko'rsatilgan elementlardan birortasi mavjud bo'lm asa u qurib qoladi. O'simlik va hayvon organizmlari h am m a ’lu m miqdordagi ele m en tlard a n tashkil to p g an deb uzoq vaqtgacha hisoblab kelingan. Ko'pchilik organizmlardan mis, mishyak,
rux, brom , marganes va boshqa ba’zi elementlarning mavjudligini tasodifiy hoi deb tushuntirilgan. Maslihur rus olimi akademik V.I. Ver- nadskiyning tirik organizmning kimyoviy tarkibi, yer qobig'i kimyoviy tarkibi bilan chambarchas bog'liqligi to ‘g‘risidagi ajoyib ta'limoti bu masalani tamomila yangicha yoritdi. V.I. Vernadskiy tashqi muhit bilan organizm o ‘rtasida to'xtovsiz moddalar almashinib turishini isbotlab berdi. V.I. Vernadskiyni haqli ravishda mikroelementiar t o 'g ‘risidagi t a ’limotning asoschisi deyish mumkin. U tirik organizmlarning normal rivojlanishi uchun D.I. Mendeleyev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlarning zarurligini ko'rsatdi. Hozirgi vaqtda turli organizmlarda 70 dan ortiq kimyoviy elementlarning borligi analizlar yordami bilan aniqlangan. Endilikda mikroelementiar tirik organizmlar faoliyatida m u h im ahamiyatga ega ekanligini hamma e ’tirof etadi. Mikroelementiar, hatto ularning juda ozgina miqdori bo‘lmagan taqdirda odam ham, hayvon ham, o ‘simlik ham yashay olmaydi. Qora mollar oziqasida kobaltning yetishmasligi hayvonlarda og‘ir kasalliklar- ning kelib chiqishiga sabab b o ‘ladi. Hammaga m a’lum b o ‘lgan bo‘qoq kasali odam va hayvon organizmida yod yetishmaganida, ya’ni tuproq va suvda uning miqdori 0,00001 foizdan kam bo'lganida yuz beradi. Rux miqdori yetarli boMmagan tuproqda o'sgan o'simlik barglari ola-bula rangga kirib qoladi. Tuproqlarda mis, temir magniy, bor, marganes va boshqa kimyoviy elementlarbirikmalarining yetishmasligi h am o'simliklarning kasallanishiga sabab bo iadi. Biroq mis, rux va nikel konlari mavjud bo'lgan hududlarda (Janubiy Ural) ham o ‘simliklar kasallanadi. Atrof-muhitda ba’zi bir kimyoviy elementlar miqdorining oshib ketishi natijasida ham, o'sim lik va hayvonlar har xil kasalliklarga chalinishi mumkin ekan. Masalan, ichiladigan suvda ftor miqdori 0,00005% dan ortib ketsa, odam va hayvon tishining emal qavati ola- bula dog‘lar bilan qoplanadi, suyakda fiyuoroz kasali paydo bo'ladi. M ikroelem etlarning o ‘simliklaming hayotiy faoliyatiga ta ’siri, ularning odamlar va hayvonlar hayotiy faoliyatiga ta ’sirini o'rganishdan oldinroq boshlandi. Buning asosiy sabablaridan biri, o ‘simliklar ustida eksperimental tajribalar olib borishning osonligidadir. Bundan sal kam bir asr oldin, 1872-yilning 29-yanvarida rus olimi K.A. Timiryazov P e te rb u rg tabiatshunoslari majlisida « 0 ‘simlik ha yotida ruxning ehtimoliy ahamiyati» degan mavzuda so‘zga chiqadi. Olim tarkibida te m ir tuzlari bo‘lmagan eritm ada o ‘stirilgan bir nechta tup makka-
jo'xori o ‘simligi ustida olib borilgan o ‘z tajribasini t a ’riflaydi. B unday muhitda o ‘simlik bargi so'lib, sarg‘ayib qolgan. Shundan keyin Timirya- zov bir o ‘simlik bargini ternir tuzi eritmasi bilan, ikkinchi o'sim lik bargini rux tuzi eritmasi bilan ho'llagan. Natijada eritmalarga tushiril- gan har ikki yaproq ham yashil rangga bo‘yalgan. Tajriba natijalari o ‘simlik hayotida rux va temirning rolinigina ko ‘rsatibgina qolmadi. Natijalar o ‘simlikka turli kimyoviy elementlarning zarurligini va bular- ning ozginagina miqdori o'simliklarning holatiga kuchli t a ’sir etishini ko'rsatdi. M ikro elem entlar t o 'g ‘risidagi fan asta-sekin rivojlanib bordi. K.K. Gedroys mikroelementlarning b a ’zi o ‘simliklarning hosilini oshirish xususiyatiga ega ekanligini aniqladi. F.V. Chirikov bug'doy hosilini hatto 2—3 martaga ko‘paytirishga erishdi. G. Bertrán inarganesning asosiy funksiyalaridan birini, lining oksidlanish-tiklanish jarayonlarida ishtirok etishini aniqladi. O'simlikning rivojlanishida borning rolini o'rganish sohasida ko'p ishlarni amalga oshirgan M.Ya. Shkolnik bor birikmasi spirt, shakar, va tarkibida kislorod b o igan organik moddalar bilan tez reaksiyaga kirishib, perekisga o'xshash organik birikmalar hosil qilish qobiliyatini kashf etdi. Bu organik birikmalar esa o'simlik uchun juda zarur bo'lib, uning ildizini va boshqa organlarini ham d a t o ‘qimalarini kislorod bilan ta ’minlaydi. Bor fermentlar faoliyatiga ham jiddiy ta ’sir ko'rsa- tadi. O'simlik organizmining hayotiy faoliyatida b orning roli ana shunday katta. M ikroelem entlarni o 'rganish va q o 'lla sh bo rasid a K.A.Timiryazev, D.N. Pryanishnikov, E.V. Bobko, M.V. Katalimov, M.Ya. Shkolnik kabi olimlarning q o ‘shgan hissalari m uhim a ham iyat kasb etadi. 0 ‘zbekiston tuproqlaridagi mikroelementlarni o ‘rganish va paxtachilikda m ik ro o 'g 'itlar q o 'lla sh va ularning m e ’y o rla rin i o'rganish borasida E.K. Kruglova, T.S. Zokirov, B. Isayev, M. Aliyeva, G.I. Kobzeva, A.A. Karimberdiyeva kabi bir qancha olim larning ham hissalari katta.
Hozirgi kunga kelib, o'simliklar tarkibida kimyoviy e lem entlardan 74 tasining mavjudligi aniqlangan bo'lib, shulardan 16 tasi o'sim liklar uchun zarur oziqa moddalar hisoblanadi. O'simlik quritilib tekshiril- ganda, uning tarkibida 45% kislorod, 42% uglerod, 6,5% v o d o ro d va 1,5% atrofida azot bo'lib, bu 4 ta elem ent o'simlik tarkibidagi kimyoviy m oddalarning 95% ini tashkil etadi. Qolgan 12 ta element juda oz m iqdorda bo'lib, atiga 5% ni tashkil etadi. 0 ‘simlik tarkibidagi 87% uglerod va kislorodni fotosintez jarayonida barglari orqali havodan, vodorodni suvdan va boshqa qolgan oziq moddalarni esa tuproqdan oladi. O 's im lik la r tarkibidagi m ik ro e le m e n tla r m iq d o rin i quyidagi m isoldan yaqqol ko'rish mumkin. 1 gektardan olingan 270 s qand lavlagi tarkibidagi makro va mikroelementlarning ulushi quyidagicha: azot 166 kg, fosfor 42 kg, kaliy 157 kg, bor 0,162 kg, marganes 0,502 kg, mis 0,0053 kg, rux 0,0188 kg, kobalt 0,002 kg. Bor, marganes, rux, molibden, kobalt, yod va boshqalar o'simlik organizmining 100000 dan bir va hatto undan ham kam ulushini tashkil qilganidan ular m ikroelem entlar deb atalgan. Bor, marganes, rux, mis, molibden, kobalt o'simliklar uchun, rux, mis, yod, marganes, temir va kobalt esa insonlar uchun zarur moddalar hisoblanadi. Bu elementlar organizmda yetarli bo'lmasa harxil kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Masalan: ayrim hududlarda oziq moddalar va icliimlik suvida yodning kamligi tufayli inson va hayvonlarda buqoq kasalligi kelib chiqishi mumkin. Tuproqda va yaylovlarda kobalt yetishmasligi esa «sxotka» kasalligini keltirib chiqaradi. Hayvonlarning yungi to'kila boshlaydi. Tuproqda mis bo'lma- ganda esa, qo‘y va qora mollarning kasallanishi, o'simliklarning hosilining keskin kamayib ketishi ilmiy jihatdan isbotlangan. M a ’lumki, fermentlar biologik katalizator vazifasini bajaradi. Mod- d a alm ashinuvi sintez va parchalanish singari hayotiy jarayonlar ularning bevosita ishtiroki bilan kechadi. Nuklein kislotalar va oqsillar sintezining ta ’minlanishida ham mikroelementlar muhim rol o'ynaydi. M olibden nitratreduktaza fermenti tarkibiga kiradi. Agar nitratreduk- taza fermenti bo'lmasa, o'sim lik azotning nitrat tuzidan oziq sifatida foydalana olmaydi, natijada oqsil sintezlanmaydi. Mis esa oksidlanish j ara y o n in i aktivlashtiruvchi polifenoloksidaza va askorbinoksidaza fermentlari tarkibiga kiradi. Rux, marganes ham ko'pchilik fermentlar faoliyatini yaxshilaydi. M ikroelem entlar fotosintez, nafas olish va boshqa bir qancha jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Shu sababli ham ular o'g'it sifatida tu p ro q q a solinganda, ekinlarning hosildorligini oshiribgina qolmay, ularning sifatini ham yaxshilaydi, shuningdek hosil shoxlarini shaklla- nishini, shonalash, gullash va hosilni erta pishib yetilishini tezlashtiradi.
Bor elementi (bor arabcha «oq va zarrabin modda») Farangistonlik olimlar J o z e f Gey-Lyussak va Lui Tener (1808) lar
tomonidan kashf qilingan. 0 ‘simliklar tarkibida oradan 50 yil o 'tg ach , ma’lum bo'ldi. Bor tanqisligida gullar soni keskin kamayadi, shona va tu g u n c h a la r to'kiladi, poya ham da ildizning o'sish nuqtalari shikastlanadi. Bor hujayradagi suv miqdorini ko'paytiradi, oqsil va uglevod a lm ashinuv jarayonini tezlashtiradi. Bu qand m odd alarini o ‘sish n u q ta la ri va mevaga borishini tartibga soladi. 0 ‘simliklarning q urg‘o q c h ilik k a bardoshini oshiradi. Bor yetishmasa, fotosintezjarayoni sekinlashadi, shuningdek 0 ‘sim-
liklarning ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi. O'simliklar tarkibidagi bor miqdori o ‘rtacha 0,0001% yoki 1 kg quruq m oddada 0,1 mg ga tengdir. Bor tanqisligida o'simliklarda quruq va jigarrang chirish, sarg'ayish, ildizmevalarning o ‘zaklanishi h a m d a bakterioz kabi illatlar kuzatiladi. Kungaboqar, pomidor, gulkaram, beda, xashaki ildizmevalilar, g‘o ‘za, zig‘ir, sholi, sabzavotlar va q a n d lavlagi borga t a l a b c h a n 0‘simliklar jumlasiga kiradi. Tuproq tarkibida bor miqdori 30 m g/kg dan oshib ketsa, 0‘simliklarda zaharlanish alomatiari paydo b o ‘ladi. Poyaning pastki qismidagi barglar sarg'ayadi, to ‘kiladi. Borning k o ‘pligi chorva m o lla rin in g salom atligiga salbiy t a ’sir k o ‘rsa ta d i. T u r li tuproqlarda b o r tanqisligining quyi chegarasi turlicha b o ‘l a d i ,b u k o 'rsa tk ic h q o ra tupro q lard a 0 , 3 —0,6 m g/kg, b o ‘z t u p r o q l a r d a 0,45—2 m g/kg dan past bo'lganda borli o ‘g ‘itlar q o ila s h lozim . Borli o ‘g‘itlarni q o ‘llash natijasida zig‘ir (tola) va paxtadan gektariga 2—3 sentnergacha q o ‘shimcha hosil olish m umkin. Qand lavlagi hosildorligi 45 sentnerga oshib, tarkibidagi qand m oddasi 0,3—2,1% ga k o ‘payadi. Agarda tuproq tarkibida bor m oddasi b o ‘lmasa, o'sim lik yoshlik davridayoq o ‘sishdan to ‘xtaydi. 0 ‘simliklarda bor moddasining yetish- masligini uning tashqi ko‘rin ish id a n y a ’ni, o ‘sim liklarning sekin o'sishidan, yosh poya va y a p ro q la rn in g m o ‘rtlasha b o s h la s h id a n dukkakli 0‘simliklar ildiz tuganaklarining zaiflashganligidan bilish m u m - kin. Bu hoi o'simliklarda oziqa m oddalari harakat qiladigan y o 'lla r faoliyatining buzilishiga bog'liqdir. Bor h a m m a elementlarga bir xil m iqdorda zarur emas. Tarkibidagi borning miqdoriga qarab, ular bir biridan kuchli farq qiladi. Arpa, bug'doy, tariq, suli, makkajo'xori kabi bir pallali 0 ‘simliklarda bor juda kam b o ‘ladi, ikki pallali o'sim liklarda esa ju da ko‘p b o i a d i . 0 ‘simlik tarkibida bor qanchalik k o ‘p bo'lsa, u borning yetishmasligini shunchalik tez sezadi. Bir o 'sim lik n in g o'zida (ildizda, p o y a sid a , yaprog'ida, gulida) turli vaqtda m ikroelem entlar m iqdori tu rlic h a
b o ‘ladi. Demak, o ‘simliklarning borga bo‘lgan talablari turlichadir. B a’zi o'simliklar shonalash davrida borga juda boy bo'ladi. Masalan: shu davrda kungaboqar yaprog‘ida uning miqdori 0,005% gacha yetadi, boshqa davrlarda esa ju d a kam bo ‘ladi. Tem peraturaning o ‘zgarib turishi ham o'simlikning borga bo'lgan talabiga ta ’sir ko'rsatadi, harorat pasayganda borga b o ‘lgan talab ham pasayadi. Bularning hammasi o ‘simliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tuproqni tashqi muhit va boshqalarni hisobga olmay turib, mikroelementlami bir xilda qo'llash mumkin emasligini yana bir bor ko'rsatadi. Mis (Cu). Mis mikroelementi oksidlovchi fermentlar gumhi tarki- biga kiradi va o'sim lik havotida asosiy element hisoblanadi. As- korbinoksidaza fermenti tarkibida 0,15-0,25% mis bor. Shu mikroe- lem ent yetishmaganda polifenoloksidaza umuraan faoliyatsiz bo'lib qoladi. 0 ‘simlik hujayrasidagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida mis birikmalarining ishtirok etishining sababi ham ana shunda. Nafas olishning kuchayishi o ‘z navbatida o ‘simlikda uglevod almashinishini va oqsilning sintez b o ‘lishini tezlashtiradi. Bularning hammasi o ‘sim- likning umumiy holatini yaxshilaydi, jumladan uni zamburug' kasallik- lariga chidamliligini oshiradi. Mis asosan yaproq xloroplastlarida t o ‘planib, xlorofillni buzilishdan saqlaydi. Bu liam oqsilning kuchli sintez bo'lishi natijasidir. Oqsil ko'p bo'lgan taqdirda rang beruvchi xlorofill moddasi oqsil bilan q o ‘shilib uning chidamliligi oshadi, bu esa yaproq va um um an o'simlikning hayotiy faoliyatini kuchaytiradi, fotosintez jarayonini uzaytiradi va natijada urug‘ hosili liamda undagi uglevodlar miqdorini ko‘paytiradi. M is o ‘g‘iti lavlagida shakarni, moyli o'sim liklarda yog'ni, beda, lavlagi, kartoshka va boshqa o'simliklarda «C» vitam in nin g m iq d o rin i k o ‘paytiradi. Qizig'i s hundaki, mis birikmalari (bor, marganes va rux birikmalari singari) o'simliklarning suv rejimiga va ularning qurg'oqchilikka ham da sovuqqa bardosh berishiga m a ’lum darajada t a ’sir ko‘rsatib, yaproqlarda suvni sezilarli darajada k o ‘paytiradi. Mikroelementning bunday ta’siri uning o'simlik hujayrasi protoplaz- m asining kolloid-kimyoviy xossasiga qisman t a ’sir etishi, hujayrani c h o ‘ziluvchan qilishi va suv o ‘tkazish xossasini kamaytirishi kabi qobiliyatga ega bo'lishi bilan izohlanadi. Mis yetishmasligi tufayli y u z beradigan kasalliklardan mevali daraxtlardan yuqori qismining qu rib qolishi (ekzamtema) va o ‘tsimon o'simliklarni zararlaydigan xloroz, barg uchining burishib qolishi kasalliklari yaxshiroq o'rganilgan. M eva daraxtlari yuqori qismining qurib qolish hodisasi butun yer
yuziga tarqalgan. Ayniqsa sitrusli o ‘simliklar bu kasalliklarga te z -te z chalanib turadi. Yozda olma daraxtining tepa shoxlari quriydi. Shu kasallik tufayli daraxtning o ‘sishi ham sekinlashadi. Yaproqning b a ’zi joylari asta- sekin quriy boshlaydi. Kasallikning tez rivojlanishi natijasida yangi yaproqlar burishib qoladi va t o ‘kiladi, novdaning yuqori qismi quriydi. K o‘pincha suli, arpa, bug'doy va boshqa g‘alla o'simliklari h a m xloroz, barg uchlarining qurib qolishi kasalliklari bilan zararlanadi. 0 ‘simlik qattiq zararlanganda o ‘sishdan to'xtaydi va qurib qoladi. Mis birikmalaridan foydalanib, bu kasalliklarning hammasini yo 'q otish yoki butunlay bartaraf qilish m umkin. O'simliklarda misning o 'rtacha m iqdori 0,0002% yoki 1 kg og'irlik hisobiga 0,2 mg ga t o ‘g‘ri keladi. 0 ‘simlik hujayrasida 2/3 q ism mis erimaydigan, birikkan holda uchraydi. 0 ‘simlikning o ‘suvchi qismlari va u ru g 'i nisbatan misga boy b o ‘ladi. Bargdagi m isning 70% i xloroplastlarda konsentrlanadi. M a ’lu m darajada misning fiziologik ahamiyati uning mis tutuvchi oqsillar va fermentlarning tarkibiga kirishi bilan belgilanadi. M arganes (M n). 0 ‘simlik organizmlarida marganesning bo 'lishi 1872-yilda qayd etilgan edi, lekin uning o ‘simliklar oziqlanishi u c h u n zarurligi uzoq vaqtlar davomida m a ’lum bo'lmadi. Faqatgina 1897- yilga kelib, uning o'simliklar hayotidagi ahamiyati aniqlandi. Yetarli miqdorda marganesning b o ‘lishini talab etuvchi o 'sim lik lar jumlasiga donli ekinlar, dukkakli d o n ekinlari, qand lavlagi, ildizm eva- lilar, kartoshka va mevali daraxtlar kiradi. H ar xil ekinlarning hosili bilan har gektar yerdan 1000—4500 g gacha marganes olib chiqib ketilishi m um kin. 0 ‘simliklarda m a rg a n es n in g u m u m iy m iq d o r i 0‘rtacha 0,001% ga yoki 1 kg og'irlik hisobiga 1 mg ga to ‘g‘ri keladi. Uning asosiy miqdori barglar va xloroplastlarda to ‘planadi. Marganes yuqori oksidlash-qaytarish potensialiga ega, shu bois u o'simliklar tanasida sodir bo'ladigan biologik oksidlash reaksiyasida faol qatnashadi. Marganesning fotosintez jarayonlarida h a m ishtirok etishi aniqlangan. Marganes tanqisligini sezgan o ‘simliklarga u n i kiritil- ganda jarayonning kechish tezligi 20 m inut ichida tiklanishi ko'rsa tib berilgan. Marganesning fotosintez jarayonida kislorodning ajralishi va fotosintezning qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etishi aniq la n g an . Marganes shakar va xlorofil m iqdorining oshishida, uning oqsil bilan bog'lanishining mustahkamligini t a ’minlashda, shakarlarning harakatini yaxshilashda, nafas olish jadalligini kuchaytirishda ish tirok etadi.
Marganes yana askorbin kislota sintezida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Marganesning fiziologik ahamiyatini tushuntirishda uning gidroksi- lam in reduktaza ferm enti tarkibiga kirishini k o ‘rsatish lozim. Bu ferment gidroksilaminni ammiakkaclia qaytarilishida ishtirok etadi. Marganes ko'pgina reaksiyalarni faollashtirishda, jum ladan nafas olish jarayonida hosil bo'ladigan 2 va 3 karbon kislotalarning almashinish reksiyasida ishtirok etadi. Hozirgi kungacha marganes yordamida faollanadigan 23 ta metalloferment kompleksining borligi aniqlangan. Shunday m a’lumotlar borki, marganes fosforning qari pastki barglardan ustki yosh barglarga harakatini kuchaytirisliga ijobiy ta’sir etadi. Marganes to'qimalarning suvni ushlab qolish qobiliyatini oshiradi, transsperatsiyani kamaytiradi, o'simliklarning hosil tugishiga ko'maklashadi. Marganesning o 'ta tanqisligida rediska, karam, pomidor, no'xat va boshqa ekinlarning hosil tugishi umuman to'xtab qolishi kuzatilgan. Barglarning oqarishi va sarg'ayishi, dog'larning paydo bo'lishi, dukkakli ekinlar bargining yoppasiga xlorozga chalinishi, bodring barg plastin- kasining buralib qolishi-marganes tanqisligining asosiy belgilaridan hisoblanadi. Marganes o'simliklarning rivojlanishini tezlashtiradi. Marganes tanqisligida xlorozlar, g'allasimonlarning kulrang dog'liligi, q a n d lavlagining sariq dog'liligi kuzatiladi. M olib den ( M o ) . M o lib d e n n in g eng k o 'p m iqdori dukkakli o'sim liklarda uchraydi. Dukkakli o'tlar urug'ida 1 kg quruq vazn hisobiga 0,5 mg dan 20 mg gacha molibden bo'lishi, g'allasimonlar u rug 'id a esa 1 kg quruq vazn hisobiga 0,2 mg dan 1,0 mg gacha m olibden bo'lishi mumkin. Molibden o'simliklarga boshqa element- larga nisbatan kamroq yutiladi. 0 ‘simlik barglarida molibden boshqa a ’zolariga nisbatan ko'proq to'planadi. Aksariyat o'simliklarda molib d e n m iq d o rin in g quyi che g ara si 1 kg quruq m o d d a d a 0,1 mg hisoblanadi. Dukkakli ekinlarda bu ko'rsatkich 0,4 mg/kg ni tashkil etadi. Molibden dukkakli o'simliklarning ildizidagi tuganaklarning rivojlanishini kuchaytiradi, oqsil tarkibidagi azotning o'zlashtirilishiga y o r d a m beradi. Dukkakli o'simliklarning tuganaklarida molibden b irik m a si to 'p lan ad i. M .Ya. Shkolnik va M .M . Steklovalarning tekshirishlari molibden birikmalari qo'llanilganda donli o'simliklarning yarovizatsiya davrini tezlashishini ko'rsatadi. Beda ustida olib borilgan t a j r ib a la r h am m o lib d e n birikm asining a h a m iy a tin i k o 'rsa ta d i. A.A. Drobkov m a ’lumotlariga ko'ra, molibden ta ’siri ostida bedaning y e r sirtidagi qismi 70% ga, urug' liosili esa 90% dan ko'proqqa
ko'payadi. Turli ekinlar no'xat, loviya, pom idor, qand lavlagi, b e d a , lyupin va baqlajon hosilini oshirishda m olibden m ikroelem entining ijobiy ta ’siri isbotlangan. M olibden o'simliklardagi n itra tred ukta z a fermenti tarkibiga kiradi va nitratlarning nitritlargacha qaytarilishida ishtirok etadi. U m u m an olganda, m o lib den ni o ‘simliklardagi a z o t almashinish jarayoni mikroelementi deb atash mumkin. M o lib d e n fotosintez, nafas olish, vitamin va ferm entlar sintezida faol ish tirok etadi.
O'simliklardagi molibdenning eng kam miqdori 1 kg quruq vazn hisobiga 0,10 mg bo'lgan chegara hisoblanadi,boshqa o ‘simliklar va dukkaklilar uchun 1 kg ga 0,40 mg ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichdan past bo'lgan m iq d o r m o lib d en ning tan qisligid an dalolat b e r a d i . Bug'doyning o'rtach a hosili bilan 1 gektar yer hisobiga 6 g m o libd en, bedaning hosili bilan esa 10 g gacha m olibden olib chiqib ketiladi. Oziq muhitidagi molibdenning tanqisligini tadqiq etish shuni k o 'rsa - tadiki, o'simliklarda azot almashinuvi izdan chiqadi, to 'q im a la rd a ko ‘p miqdorda nitratlar to ‘planadi. H ayvon va odam organ izm ida ko'p miqdorda iste’mol qilish tufayli konserogen birikmalar n itrozam in- larning hosil b o ‘lishi kuzatiladi. M o lib d e n n in g oshiqcha m iq d o r i o'simlikka toksik t a ’sir ko'rsatadi. Qishloq xo'jalik m ahsu lotlarida m olib den nin g b o ‘lishi odam va h a y v o n la r n in g sog'lig'iga p u t u r yetkazadi. 1 kg quruq massada 1 mg m olibden bo'lsa, o d a m va hayvonlar uchun zararli hisoblanadi. 0 ‘simliklar tarkibida 1 kg q u ru q massasi hisobiga 20 mg va undan k o 'p ro q miqdorda molibden b o 'lg a n hollarda: hayvonlar molibdenli toksikoz, odam lar endemik pad ag ra kasalliklariga duch keladi. Kobalt (Co). 0 ‘simliklarning 1 kg quruq massasi tarkibida o ‘r ta c h a 0,021 mg kobalt mavjud. Ayrim o'simliklarda bu ko'rsatkich 11,6 m g /k g ni tashkil etadi. Kobalt qo'proq dukkakli o'simliklarda u c h ra y d i, ko'proq tuganaklarda yig'iladi. Shuningdek, kobalt generativ organiarda ham to'planadi, changdonda yig'iladi va uning o ‘sishini tezlashtiradi. 0 ‘simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% i ion, 20% vitamin B 12 va qolgan 30% i barqaror organik birikmalar shaklidadir. B 12 m ikro orga- nizmlar tomonidan sintezlanib, o'simliklarga tuproqdan o 'tad i yoki azot to'plovchi tuganaklarida hosil bo'ladi. B |2 uchraydigan o 'sim liklar dukkaklilar, turup, piyozlar hisoblanadi. U ning 30% ga yaqini yuq ori darajada barqarorlikka ega bo'lgan hali aniqlanmagan organik birikmalar tarkibida uchraydi. O'simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 m a r t a kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy
ta ’sir ko'rsatadi. Kobalt t a ’sirida qand lavlagining hosildorligi gektariga 30—35 sentnerga shakar miqdori esa 0,8% ga oshishi kuzatiladi. Rux (Zn). Rux h a m o'simliklar uchun zarur bo'lgan mikroele- mentlardan biri hisoblanadi. Rux o'simliklarning issiqlikka va sovuqlikka bo'lgan chidamliligini oshiradi, fosforning ko‘proq o'zlashtirilishiga yordam beradi. Rux tanqisligida noorganik fosforning organik shaklga o ‘tishi sekinlashadi, shuningdek o'simliklar tanasida saxaroza va kraxmal miqdori kamayadi, azotning nooqsil shakldagi birikmalari to‘planishi kuzatiladi. Rux yetishm aganda o ‘simlik hujayralarining bo‘linishi sekinlashadi, barglar och yashil (ba’zan oq) tusga kiradi, shakli o'zgaradi, poyadagi bo‘glim oralari qisqaradi, mevalar burishib qoladi. Ruxning tanqisligiga grechixa, xmel (q ulm oq), qand lavlagi, kartoshka, qizil beda o ‘ta sezgir bo‘ladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, begona o'tlar madaniy ekinlarga nisbatan ruxga boyligi bilan ajralib turadi. Ninabargli o'simliklar tarkibida va shuningdek, zaharli zam- burug'larning tarkibida rux ko‘p uchraydi. Dala ekinlarining ruxga b o ‘lgan talabi mevali daraxtlarga nisbatan pastroq bo'ladi. Rux nafas olish fermenti karbongidraza tarkibiga kirib, o'simliklarda auksin (fitogormon)lar hosil bo'lishini aktivlashtiradi. Hozirgi vaqtda 30 dan ortiq rux tutuvchi fermentlar m a ’lum. Fotosintez reaksiyalarida marganes, mis, temirlarning qatnashishi qayd etilgan, ruxning qatnashishi ko'rsatilmagan. Lekin u xlorofilldan oldingi moddalarning hosil b o ‘lishidaqatnashadi. Fotosintez jarayonida rux tutuvchi ferment karboangidraza m a’lum ahamiyatga ega. Rux tutuvchi karboangidraza n o ‘xat, petrushka va pom idor xloroplastida aniqlangan. Karboangidraza ferm enti o ‘zida 0,31-0,34% foiz rux tutadi. S o ‘nggi vaqtda rux mikroelementini vitaminlar, jumladan «C» vitaminning to‘planish jarayoni bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan. M.Ya. Shkolnikning tekshirishlariga ko‘ra, rux mikroelementi o'simlikning yaproq va poyalarida uglevodlar miqdorini k o'paytiradi, bu esa o'sim liklarning sovuqqa, qurg‘oqchilikka va sh o 'rto b tuproqlarga chidamli bo'lishiga bevosita bog'liq. Rux birikmasi tuproq chirindisi tom onidan oson yutiladi, shuning uchun ham bu mikroelementning bir qismi tuproqning chirindili qavatiga chiqadi. Tarkibida rux bo‘lgan mikroo'g'itlar tuproqqa solinganda o'simlik azot, fosfor, kaliy, kalsiy birikmalarini yaxshi o ‘zlashtiradi. Bu mikroelement tuproq makroor- ganizmlari uchun h a m zarur hisoblanadi. Dala ekinlari hosili orqali har yili 1 gektar yer hisobida 75—250 g rux olib chiqib ketiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling