002-секция Кармии doc


INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA DIFFERENSIAL TA’LIM


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/81
Sana19.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1214770
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
Bog'liq
002qarmii

INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA DIFFERENSIAL TA’LIM
TEXNOLOGIYASI 
 
Yodgorov G‘.R., Otaqulova D., Buzrukova H. 
(Navoiy davlat pedagogika instituti) 
 
Ta’lim beruvchi uzluksiz ravishda har doim yangilikka intilishi, ko‘zlagan maqsadiga 
erishayotganiga ishonch hosil qilishi kerak. Biz ta’lim samaradorligini oshirishda o‘quv 
jarayonining tashkilotchisi va boshqaruvchisi bo‘lgan ta’lim beruvchi pedagogning faoliyati muhim 
o‘rin egallashini yodda tutishimiz zarur. Ushbu faoliyat o‘z ichiga o‘quv materialini tanlashni va 
tizimga solishni, ta’lim oluvchilarga o‘quv materialini qanday o‘qitish vositalari va metodlari 
yordamida kafolatli yetkazishni, o‘zining va ta’lim oluvchilarning mashg‘ulot davomidagi 
faoliyatini loyihalashtirishni va nazorat qilishni, o‘quv jarayoni davomida kelgusida amalga 
oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarni belgilashni va tegishli o‘zgartirishlar kiritishni oladi. 
Ta’lim–tarbiya jarayonida ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish uchun motivi, qiziqishi
bilim darajasi va bilimlarni o‘zlashtirishga ehtiyojini e’tiborga olgan holda differensial va
individual yondashuv zarur. Ta’limni differensiallashtirish o‘quv jarayonida ishtirok etuvchi ta’lim 
oluvchilarni xususiyatlaridan kelib chiqib guruhlarga ajratib ta’lim berishning ma’lum bir shakli 
bo‘lib, ta’lim oluvchilarning har xil darajadagi guruhlarida o‘quv jarayoni tashkil etilishini 
ta’minlanadi. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, differensial ta’lim o‘quv jarayonining muayyan qismi 
didaktik maqsadini amalga oshirishga imkon beradigan mazmun, vosita, metod va shakllar 
majmuidir. O‘quv jarayonida tabaqalashtirish ustuvor jihat bo‘lib, har bir ta’lim oluvchining 
imkoniyatini va qobilyatiga yarasha o‘qitish, o‘quvchilarni har xil guruhlarda ishlashga o‘rgatishga 
e’tibor qaratiladi.
Ta’lim beruvchi o‘quv jarayonini differensiallashtirish uchun muayyan bir mavzu bo‘yicha 
uch xil darajadagi, ya’ni A–repraduktiv, B–izlanish, C–ijodiy xususiyatli o‘quv topshiriqlarini 
tuzadi. Ta’lim beruvchi topshiriqlarda ikkita yo‘nalishni ta’lim oluvchilarning muayyan darajadagi 
bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishini, bilim olishdagi mustaqilligi nazarda tutishi lozim 
bo‘ladi. 
Informatika fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda hamda mustaqil ishlarini 
tashkil etishda differensial ta’lim texnologiyasi qulay usuldir. Bu ta’lim texnologiyasidan 
foydalangan holda har bir kursning o‘zlashtirishi, tarkibi, bilim darajasiga qarab mavzuni A, B, C 
variantlar orqali berish imkoniyati mavjud. Hattoki bitta kurs uchun ham uchta A, B va C 
variantlardan tashkil topgan topshiriq materiallarini berish mumkin, bu esa bu kursda ta’lim 
oluvchilarni bir–birga qarab bilim olishdagi ko‘nikama va malakalarining rivojlanishiga sabab 
bo‘ladi.
Masalan, iSpring QuizMaker dasturi yordamida Informatika fanidan testlar bazasini, nazariy 
va amaliyotni o‘zida mujassamlashtirgan anketalarni yaratish orqali talaba va o‘quvchilarning bilim 
darajasini aniqlash mumkin. Differensial ta’lim texnologiyasi yordamida kursning o‘zlashtirishi 
bo‘yicha ta’lim oluvchilarga topshiriqlar banki, anketalar to‘plami beriladi. Ushbu topshiriqlar 
yuqoridagi uchta variantlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil topgan bo‘lib, ta’lim 
oluvchiga topshiriqlarni bosqichma–bosqich bajarish imkonini beradi. iSpring QuizMaker dasturi 
yordamida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan tuzilgan testlar bazasi repraduktiv
izlanish va ijodiy xususiyatli bo‘lib, har bir talaba o‘z imkoniyatidan kelib chiqib bajaradilar va 
natijada ularning fanning mavzulari bo‘yicha bilim darajasini aniqlash imkoni paydo bo‘ladi. 
Informatika fanidan iSpring QuizMaker dasturi yordamida tuzilgan anketalarda mavzuga oid 
nazariya, amaliyot hamda testlar mujassamlashtirgan bo‘ladi. Ta’lim oluvchi ushbu anketa savollariga 
javob berishi orqali fanga tegishli mavzularni o‘zlashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi hamda ulardagi 


84 
bilim, ko‘nikma va malakalarning rivojlanishiga erishiladi. Agarda ta’lim oluvchi topshiriqlarni 
bajarib, ta’lim beruvchi pedagogning e–mailga yuborasa, ta’lim beruvchi pedagog tomonidan 
nazoratdan o‘tgandan so‘ng, ta’lim oluvchi e–mailga topshiriqning qanday darajada bajarilganligi 
to‘g‘risida xabar yuboriladi. Ana shu tarzda har bir ta’lim oluvchi talabaning qanday darajada fanni 
o‘zlashtirayotgani ma’lum bo‘lib boradi va elektron qaydnomaga to‘plagan ballari yozilib boradi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling