002-секция Кармии doc
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
002qarmii
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEKTRON O’QUV METODIK MAJMUANI YARATISH TEXNOLOGIYASI Ro‘ziyev R., Karimova M. (Navoiy davlat pedagogika instituti)
Фойдаланилган адабиётлар:
1.Ўзбекистон Республикасининг «Кадрлар тайёрлаш миллий дастури» – Тошкент, Шарқ, 1997 й. 2.Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисидаги қонуни» – Тошкент, Шарқ, 1997 й. 3.Груденов Я.И. Совершенствование методики работы учителя математики.– Москва, Просвещение, 1990г. 4.Крамор В.С. Повторяем и систематизируем школьный курс алгебры и начал анализа.–Москва, 1990. 5.Сайдаматов Э.М., Амалов А.К., Юнусов А.С. Алгебра и основы математического анализа. – Тошкент, 2007. 6.Яковлев Н.М. Сохар А.М. Методика и техника урока в школе.–Москва 1985. 7. http://nsportal.ru/vuz/pedagogicheskie/library/keys–tekhnologiya ELEKTRON O’QUV METODIK MAJMUANI YARATISH TEXNOLOGIYASI Ro‘ziyev R., Karimova M. (Navoiy davlat pedagogika instituti) Ma’lumki har bir yaratilgan elektron majmua o‘zining ichki strukturasiga ega bo‘ladi. Lekin majmua yaratish uchun umumiy bo‘lgan bosqichlar mavjud bo‘lib, bu bosqichlarni quyidagicha keltirib o‘tish mumkin: 1.Yaratiladigan elektron o‘quv-metodik majmua bo‘yicha zaruriy axborotlarni to‘plash. Bu bosqichda mavzu bo‘yicha zaruriy axborotlar to‘planadi. Masalan: Fan dasturi, darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar kursi, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar, fanni o‘qitish texnologiyasi, elektron pedagogika, glossariy, fandan mashq va masalalar to’plami, fandan muammoli vaziyatlar to’plami, fandan tadqiqot mavzulari to’plami, reyting ishlanmasi va baholash mezonlari, baholash vositalari va materiallari mustaqil ish savol va topshiriqlari, elektron ta’lim resurslari, bilim olishning intelektual resurslari, didaktik materiallar, fanning so‘nggi yutuqlari (ilmiy va ommabop nashrlar, dissertatsiyalar), texnik vositalar ro‘yxati va ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar, guruhda va indivudial ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish materiallari, qo‘shimcha adabiyotlar va axborot olish manbalar 38 ro‘yxati bo‘yicha ma’lumot to‘planadi. Bu ma’lumotlarni Word redaktori yordamida kompyuterga kiritib, ma’lum bir formatga solinadi. Shuningdek barcha ma’lumotlar tayyorlab olingach keyingi bosqichga o‘tiladi. 2.Yaratiladigan elektron o‘quv-metodik majmuaning umumiy strukturasini hosil qilish. Bu bosqichda yaratiladigan elektron o‘quv-metodik majmua uchun shablonlar tayyorlanadi. Bu shablonlarni yaratayotgan dizayner hamda dasturchining mahorati bilan ham bog‘lash mumkin. Chunki, dasturiy vositalarning o‘zida ham maxsus shablonlar mavjud bo‘lib, bu shablonlardan foydalanish yoki yangi shablon yaratish ham mumkin. 3.Elektron o‘quv-metodik majmuaga tegishli sahifalarni o‘zaro bog’lash. Bu bosqichda har bir yaratilgan saxifani bir-biri bilan o‘zaro bog‘lab, majmua uchun zanjir hosil qilinadi. 4.Majmuaga dizayn berish bo‘limi. Bu bosqichda har bir sahifani dizayn jihatdan yanada kuchaytiriladi, qo‘shimcha bezaklar beriladi. 5.Yaratilgan elektron o‘quv-metodik majmuani tekshirish. Bu bo‘limda yaratilgan majmuani nazoratdan o‘tkazib, ishlash jarayoni tekshiriladi. Bu tekshirishning eng qulay usuli bu saytni boshqa kompyuterda ishlatib ko‘rish va o‘zaro bog‘liqlikni tekshirib chiqish hisoblanadi. Yaratiladigan elektron o‘quv-metodik majmua uchun tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlar yig‘ib olindi. Endi mana shu ma’lumotlar asosida elektron o‘quv-metodik majmuani umumiy strukturasini qurib olamiz. Elektron o‘quv-metodik majmuani tayyorlash uchun uchta blokni boshqaruvchi asosiy sxemani quyidagicha keltirib o‘tamiz: Xulosa qilib aytganda o‘quv-metodik majmua – davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o‘quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o‘rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv–uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o‘qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o‘z ichiga oladi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling