01 умичт ўқув қул


ОГШ -321K gorizontal uzluksiz sentrifuga


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

ОГШ
-321K gorizontal uzluksiz sentrifuga (99-rasm). Sentrifugalarning 
asosiy qismi ikkita 5 tayanch podshipniklarda o’rnatilgan kesik konus shaklidagi 8 
rotor hisoblanadi. Asosiy tayanch podshipniklari 7 staninaga mahkamlangan.
Rotor 1 tasmali uzatma orqali elektrodvigatel yordamida aylanadi. 
Rotor ichida qattiq chо’kmani bо’shatuvchi oynalarga uzatish uchun 3 shnek 
joylashgan. Shnek tashqi sirtida o’ramlari joylashgan ichi bo’sh silindrik barabandan 
iborat. Baraban ichi to’siqlar yordamida uchta kameraga bo’lingan. Kameralar 
suspenziyani qabul qilish uchun xizmat qiladi. Har bir kameraning tushurish oynalari 
mavjud. 


213 
Shnek rotor bilan bir tomonga aylanadi va uning aylanish tezligi rotornikidan 
1% ortda qoladi. Buning uchun shnek 2 planetar reduktor orqali rotorga ulangan. 
Shnek va rotorning burchak tezliklarning har xil bo’lishi chо’kmani rotor 
barabanining ichki yuzasi bо’ylab majburiy harakatlanishiga sharoit yaratadi. 
Tozalash uchun moy 6 ta’minlash trubasi orqali baraban ichiga kirib keladi va 
oynalardan rotorning ichki bо’shlig’iga chiqarib tashlanadi.
Markazdan qochma kuch ta’sirida qattiq chо’kma rotor devorlariga chо’kadi va 
shnek orqali rotorning tor qismidagi bо’shatish oynalariga uzatiladi. 
Tozalangan moy rotorning keng qismiga harakatlanadi va oynalar orqali moy 4 
yig’ish bо’limida yig’iladi. Chо’kma qabul bо’limida yig’iladi. Qattiq chо’kmani 
ajratish, tushurish, moyni bо’shatish jarayonlari uzluksiz davom etadi.
 
ОГШ
-321K sentrifuganing texnik tavsifi 
Unumdorligi (cho’kma bo’yicha),kg/soat......................400...500 
Unumdorligi, (suspenziya bo’yicha) m
3
/soat..................8 cha 
Elektrodvigatel quvvati, kVt.........................................7,5 
Rotorning aylanish tezligi, min
-1
..................................3500 
Shnekning nisbiy aylanish tezligi, min
-1
........................16,5...23,5 
Rotor uzunligi,mm.......................................................540 
Rotorning eng katta diametri,mm..................................325 
Gabarit o’lchamlari, mm......................................650x1560x970 


214 
99-rasm. ОГШ-321K gorizontal uzluksiz sentrifuga. 
1- tasmali uzatma, 2-planetar reduktor, 3-shnek, 4-moy yig‘ish bо‘limi, 5-tayanch podshipniklar, 6-
ta’minlash trubasi, 7-stanina, 8-rotor. 
Yog’ moy korxonalarida suyuqlik separatorlari keng qo’llaniladi. Separatorning 
asosiy ishchi qismi baraban hisoblanadi. Baraban bu bir necha tarelkalardan iborat 
bo’lgan vertikal konussimon rotor. 
Suspenziyani ajratishda eng yengil fraksiyalar barabandan chiqib ketadi, og’ir 
(chо’kma) fraksiya esa barabanda yig’ilib davriy ravishda bо’shatib olinadi (100-
rasm, b) yoki uzluksiz chiqariladi. Agar ikkita suyuqlikdan iborat sistema ajratilsa, 
ikkala fraksiya ham uzluksiz ravishda barabandan chiqariladi (100-rasm, a). Bunday 
separatorlar tarelkalarida aylanasiga bir nechtadan teshiklar bо’lib, tarelkalar 
yig’ilganda ular bir biriga mos tushadi. Suyuqlik barcha tarelkalararo bо’shliqlarga 
bir meyorda taqsimlanadi va qurilmaning yuqori samaradorligi ta’minlanadi. 
Moylarni birlamchi tozalash uchun A1-МСП va A1-МСИ separatorlari 
ishlatiladi. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling