218
Ikki bosqichli tindirgichda tozalash – НОГШ sentrafugasida va separatorlarda
tozalash (uch bosqichli).
Ikki bosqichli tindirgichda – diskli mexanizatsiyalashgan filtr ФГСД da tozalash
(ikki bosqichli).
Filtr-presslar yordamida о’simlik moylarini birlamchi tozalash texnologik
sxemasi (103-rasm). Forpress moyi 1 quyqa tutqichga yirik zarrachalardan dastlabki
tozalash uchun kelib tushadi. Tozalangan moy 2 oraliq idishdan 3 nasos yordamida
4 filtr-presslarga yuboriladi. Filtrlangan moy 6 bakda yig’iladi. Filtrlangan moyning
boshlang’ich loyqaroq qismi 5 bakka oqib tushadi va qayta filtrlashga yuboriladi.
Quyqa tutqich va filtr-presslardan chiqqan chо’kmalar 7
shnek orqali qovurish
qozoniga qaytariladi.
Bu sxemaning kamchiliklari: filtr-presslarni tozalashda kо’p qо’l mehnatining
ishlatilishi,
unumdorligining pastligi, qayta qovurish natijasida ishlab chiqariladigan
moyni kislota sonini oshishiga olib keladi va boshqalar.
НОГШ
sentrifugasi va separatordan foydalanib moylarni tozalash
texnologik sxemasi (104-rasm).
Moy yirik va og’ir zarrachalardan dastlabki tozalash uchun quyqa tutqichga 1
kelib tushadi, u yerdan 2 oraliq sig’imga о’tadi va 3 nasos yordamida 4 sentrifugaga
uzatiladi. Tozalangan moy 6 bakka tushadi va 3 nasos orqali 5 separatorga haydaladi.
Bu yerda moy mayda dispers aralashmalardan tozalanadi. Quyqa tutqich, НОГШ
sentrifugasi va separatorda ajratib olingan quyqalar 7
shnek yordamida press
agregatlarining qozonlariga qaytariladi.