01 умичт ўқув қул


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

222 
Balans –moddiy balans – muayyan sistema yoki jarayon uchun massalar 
saqlanish qonunining matematikaviy shaklda yozilishidir. 
Barbotirlash -suyuqlik qavati orqali bosim ostida gaz yoki bug’ni siqib dispers 
(maydalash) lash jarayoni. 
Barbotyor – gaz yoki suyuqliklarni sachratib beruvchi qurilma. 
Datchik –o’lchash, signal berish, rostlash yoki boshqarish qurilmalarining 
nazorat qilinadigan kattalik (bosim, harorat, chastota, tezlik, yorug’lik kuchi, 
kuchlanish, elektr oqimi va bosh.)ni o’lchash, uzatish, saqlash, qayd etish va 
boshqariladigan jarayonlarga ta’sir etish uchun qulay signalga aylantiradigan 
elementi. 
Dag’al dispers sistema – bunda dispers faza zarrachalarining o’lchami 100mmk 
dan katta bo’ladi. 
Dezodorator-moylarni hidsizlantirish qurilmasi. 
Distillatsiya (haydash) – suyuqliklar aralashamasini bug’latib, keyin sovitish 
orqali ularni fraktsiyalarga ajratish jarayoni bo’lib, sovitilganda bug’ kondensatlanib 
yana suyuq holatga o’tadi.
Distillyator 

haydash uchun apparat. 
Dozator – suyuqlik yoki sochiluvchan materialarning zarur massa yoki 
hajmlarini avtomatik tarzda o’lchab beruvchi qurilmadir. 
Ekstraktor – gazli yoki suyuqlikli ekstraktsiya yoki ekstragirlash uchun 
apparat. Ekstraktsiya (lotin. extraho – ajrataman demakdir)- moddalarni bir 
suyuqlikdan yoki qattiq moddalardan boshqa erituvchi (ekstragent) yordamida ajratib 
olishdir. 
Elastiklik – nisbatan katta bo’lmagan ta’sir etuvchi kuch ostida buzilmasdan 
anchagina qayishqoq deformatsiyaga uchraydigan material yoki buyumlar 
qobiliyatidir. 
Emulsiya – dispers muhiti va dispers fazasi ham suyuqlik bo’lgan dispers 
sistemadir. 
Elektroliz (erish, parchalanish, ajralish) – elektrolitning suyuqlanmasi yoki 
eritmasi orqali elektr oqimi o’tganida elektrolitlarda sodir bo’ladigan oksidlanish–


223 
qaytrilish jarayonidir. Elektrolizning mohiyati elektr inergiyasi hisobiga kimyoviy 
reaktsiyalarning – katodda qaytarilish va anodda oksidlanish reaktsiyalarini amalga 
oshishidan iborat.

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling