01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Nazorat savollari:
1. Mahsulotlarni quritish usullari. 2. Quritish turlari. 3. Quritgichlar turlari. 4. Tasmali quritgichning tuzilishi va ishlash printsipi. 6. Barabanli quritgichning tuzilishi va ishlash printsipi. 7. Pnevmatik quritgichlar. 8. Don va yog’li urug’larni quritish. 9. Quritish agentlari. 10.Urug’larni quritish istiqbolli usullar. a 69 b 30-rasm. Pnevmatik quritgich: a-sxemasi; b-umumiy ko’rinishi V-bob:URUG’LARNI CHAQISH VA MAG’IZNI PO’STLOQDAN AJRATISH USKUNALARI 5.1.Urug’larni chaqishdan maqsad Moyli urug’lar hujayralarida, moy bir tekis taqsimlanmagan bo’lib, ko’p miqdordagi moy mag’izda to’plangan, urug’ va mag’izni o’rab turuvchi qavatlarda moy kam miqdorda bo’lib, bu moylar tarkibi jihatdan mag’iz tarkibidagi moydan farq qiladi. Turli moyli urug’larda mag’iz va qobiq o’rtasidagi o’zaro nisbat turlicha bo’lib, u naviga va o’stirilgan tabiiy iqlim sharoitiga qarab o’zgarib turadi. Yuqori sifatli moy, shrot va kunjara olishda moyli urug’ni chaqish va qobiqni ajratish asosiy va muhim texnologik jarayon hisoblanadi. Mag’iz va qobiqning o’zaro nisbati uni qobiqni ajratib qayta ishlanganda u qurilmalarning ish unumdorligiga, olinayotgan mahsulotlar sifatiga va sheluxa, shrot, kunjara va moyning chiqishiga ta’sir etadi. 70 Moyli urug’lar urug’ qavati, mag’iz qavatning xarakteri va bog’liqligini mustahkamligiga ko’ra ikki guruhga: qobiqli moyli urug’lar va qobiqsiz moyli urug’larga bo’linadi. Qobiqli moyli urug’lar kungaboqar, paxta chigiti qayta ishlashda mag’iz urug’ qobig’idan ajratilib qayta ishlanadi. Agar moyli urug’ qobiqni ajratmasdan qayta ishlansa undan olingan moyning sifati past bo’lib, mazasi va hidi yomonlashadi, kislota soni va rangi katta bo’ladi, saqlash muddati qisqaradi. Qobiqning mexanik mustahkamligi mag’izning mustahkamligidan bir necha marta katta bo’lib u qurilmalarning yeyilishini tezlashtiradi va foydali unumdorligini kamaytiradi. Urug’ qobig’ini ajratish natijasida presslash va ekstraktsiyalash jarayonlari yengillashadi. Urug’ qobig’i g’ovakligi yuqori bo’lganligi sababli moyni yutish qobiliyati ham yuqori. Natijada presslash usulida olinadigan moy yuqotishlari ko’payadi. Moyli urug’lar turli mashinalarda har xil usullarda po’stlog’idan ajratiladi. Chaqish usuli ularning fizik-mexanik va biokimyoviy xususiyatlarga asosan tanlanadi. Masalan, kungaboqar pistasi, chigit, kanakunjut, nasha urug’i, gorchitsa, soya, yeryong’oq va shunga o’xshashlarning po’stlog’i qattiq, zig’ir, ko’knor urug’i, indovlarniki yumshoq bo’ladi. Shuning uchun ular har xil mashinalarda po’stlog’idan ajratiladi. Moyli urug’lar po’stlog’ining mustahkamligi ularning namligiga bog’liq. Masalan, kungaboqar urug’ining namliligi 14,1% bo’lganda po’stlog’ini sindirish solishtirma ishning maksimal miqdoriga mos keladi, namlik oshganda yoki pasayganda u kamayadi. Kungaboqar urug’ining po’stlog’i tolasimon tuzilishiga ega va zarba ta’sirida yoriladi. Kanakunjut urug’i oson siqilish natijasida chaqiladi. Paxta chigiti po’stlog’i tukli zich bo’ladi va kesish usuli bilan pichoq yordamida chaqiladi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling