01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxta tipidpgi ДСП - 32 quritgich
4.2.Shaxtali quritgichlar Bu quritgichlarda quritish jarayoni sekin boradi va quritiladigan urug’lar qavati kam siljiganligi uchun urug’ bir tekis qurimaydi. Quritiladigan urug’ issiq havo, gazga qarama-qarshi harakat qiladi. ВТИ quritgichi g’isht imorat ichiga joylashgan uchog’dan iborat. Uning quritish kameralari, bunkeri, ta’minlovchi, urug’larni olib kelib va olib ketadigan transport elementlari mavjud. Quritgich temir-beton konstruktsiyadan yasaladi, uzunligi 12 m. Quritish tezligi quritgichning unumdorligiga va quritiladigan urug’ning namligiga bog’liq. 65 Namligi kritik nuqtadan yuqori bo’lgan urug’lar ikki bosqichda quritiladi, avval tez fursatda 3-4% nami yuqotilib, so’ngra ikkinchi marta chala nam urug’lar yana quritgichdan o’tkaziladi va namligi 7-8% ga yetguncha quritiladi. Shaxta tipidpgi ДСП - 32 quritgich (28-rasm). Bu quritgichning asosiy qismi bo’lib, shaxta hisoblanadi. Odatda shaxtalar metalldan tayyorlanib, binodan tashqarida elevator yoki boshqa qurilma korpusining devoriga bevosita yaqin o’rnatiladi. Quritgichning shaxta devorlari tashqaridan tom qismi po’lat bilan qoplangan mineral paxtada izolyatsiya qilingan. Balandlik bo’yicha 10 shaxta uchta zonaga bo’linadi: ikkita birinchilar yuqoridan -2 quritish zonalari, uchinchisiga - pastki 8 sovitish zonasi. Shaxtada yuqoridan pastga 27 ta qator korobkalar va 9 ta issiqlik agentining uzatish uchun ruxlangan po’latdan va 29 ta qator shaxtadan chiqarish uchun probkalar mavjud. Har bir qatorda gorizontal qator bo’yicha 15 ta korobka o’rnatilgan. Bu korobkalar qator keltiruvchi va chiqaruvchi korobka almashinib joylashtiriladi. Xom urug’lar 1 ta’minlovchi bunker orqali zich qavat bo’lib yuqoridan pastka harakatlanadi. Qurutush agenti ventilyator yordamida keltiruvchi korobkalardan o’tib urug’ oqimiga ta’sir qiladi va chiqaruvchi korobkalardan chiqib ketadi. Shunday qilib urug’lar va issiq havo (gaz) uzluksiz qarama-qarshi harakatlanadi. Shaxtali quritgichlar urug’dagi namlik 5...6 % oraliqni tashkil etganda quritishga mo’ljallangan. Qurilma suyuq yoqilg’i yoki tabiiy gaz bilan ishlaydi. Shaxta tipidagi ДСП - 32 quritgichning texnik tavsifi (kungaboqar urug’larni quritishda) Unumdorligi, t/sut...................................................540 Namlikni olish, % ..................................................5-6 Gazlar harorati, 0 C quritgichga kirishda.............................................120-160 quritgichdan chiqishda........................................50-60 Urug’lar harorati, 0 C quritishdan keyin.................................................45-55 66 sovitishdan keyin............................atrofdagi havodan 5 0 C yuqori Quritish davomiyligi, min.......................................40 1 t bug’latilgan namlikka yoqilg’i sarfi, kg..............330 1 t bug’latilgan namlikka elektr energiya sarfi, kVt soat........................................................66 Gabarit o’lchamlari, mm..............................5100x6000x18720. 28-rasm. Shaxtali ДСП-32 quritgichi. 1-bunker, 2-quritish zonasi, 3, 9-tuynuk tokchalar, 4-quritish agenti uchun ventilyator, 5-sovuq havo uchun ventilyator, 6-qabul qilish bunkeri, 7-gaz uchun kamera, 8-ostki sovitish zonasi, 10-shaxta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling