Chetdagi kitoblar bunday tazyiqdan xoli. Bu haqda gap ketganda, birinchi navbatda Zaki Validiy asarlari alohida ahamiyatga ega. Olim Yevropa sharqshunoslarining turkiy xalqlarning kelib chiqishi — ona yurti haqidagi fikrlarini tasnif etadi. Millatlarni o‘zaro gij-gijlash, “maydala - yut” shiorini ushlagan imperialistik siyosat bilan bog‘lab tahlil qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, turkiylarning ona-Vatani haqida bir emas, 5-6 nazariya bor ekan. 1. Oltoy (Veydeman-1838, Chastren -1848, shot - 1849). 2. Baykal (Parker- 1924). 3. Uzoq Sharq (Ramshtet). 4 Ural mintaqasi (Nemich). 5. Tiyonshon (Olmosi). 6. Orol mintaqasi (De Kvik). Turkiy xalqlarning jahon tsivilizatsiyasidagi o‘rni haqida dunyoda xilma-xil gipotezalar bor ekan Venalik professor Shmidt va Mengen fikrlariga ko‘ra, Old Osiyo va Nil bo‘yi buyuk davlatlarini O‘rta Osiyodan borgan ko‘chmanchi qabilalar bunyod etgan. Bu fikrni Misr tarixchi mutaxassisi Shebesta isbotlashga harakat qilgan. Aka-uka Grimlar German va turkiy qavmlarni ko‘p jihatlardan qardosh ko‘radi. Turkiy xalqlarning O‘rta Amerika madaniyatining asoschilaridan deb qaraydiganlar bor. Keyingi paytlarda Amerika hindularining tilidagi turkiy elementlar haqida fikrlar o‘rtaga tushmoqda. Rassom Rerix Oltoy tili bilan Amerika hindularini benihoya o‘xshash topadi. Turkiy xalqlarning O‘rta Amerika madaniyatining asoschilaridan deb qaraydiganlar bor. Keyingi paytlarda Amerika hindularining tilidagi turkiy elementlar haqida fikrlar o‘rtaga tushmoqda. Rassom Rerix Oltoy tili bilan Amerika hindularini benihoya o‘xshash topadi. Uzoq Sharqda bir qism turkiylar Jong Tik nomlari bilan mil. av. 1328 yilda jiddiy bir siyosiy quvvatga ega bo‘lgani Xitoy manbalarida uchrar ekan. Tik nomini Turkning buzilgani deydilar. Demak, bu xalq agar Sohibqiron Amir Temur aytganidek, turkning bosh bo‘g‘ini bo‘lsa, sovet davri qo‘shiqlarida kuylanganidek “nomi qul, qashshoq, gado” emas, jahon tsivilizatsiyasining chorrahasida kelgan, dunyoga dunyodorlik qilgan bir millatga avlod ekanmiz. Va bu, shubhasiz, har bir millatdoshimizda g‘urur, iftixor uyg‘otadi...
Do'stlaringiz bilan baham: |