0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet29/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

. Qadimgi Hindiston falsafasi Hindiston hududida topilgan eng qadimgi yozma yodgorliklarga (2500-1700 yy) asoslanadigan antik falsafa shakli.
Qadimgi hind jamiyati hayot haqidagi ilk manba Vedalar hisoblanadi. Hindistonning qadimiy gimni, falsafiy qarashlari uning madaniy merosining yozma yodgorliklarida, asosan 4 vedada (bilimlar, diniy gimnlar, qo’shiqlar to’plami) o’z ifodasini topgan. Bu vedalardan eng muhimi Rigveda bo’lib, eramizdan taxminan 1500 yil oldin maydonga kelgan. Qolganlari esa Yajurveda, Samaveda va Atxarvavedalardan iborat. Eramizdan 1000 yil oldin Upanishad (maxfiy ta’limot) oqimi vujudga kelib, uning ijodiy mahsullikda, deb tushuntiradi. Upanishadlar falsafasining mohiyati shundaki, u jonni ruh bilan tenglashtiradi. Upanishadlarcha, tan jonning qobig’i bo’lib, jon esa – dunyoviy ruhning bir bo’lagidir. Upanishadlardagi falsafiy mavzular asosan insonni o’rab turgan borliq, uning hayotidagi o’rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Jaynizm (hindcha «jinna» - «g’olib») – eramizdan avvalgi 1-yillik o’rtalarida qadimgi Hindistonda yuzaga kelgan va olamning asosida ikki ibtido: materiya va jon yotadi, deb hisoblaydigan ta’limot. Jaynizm ta’limotiga ko’r. Insonning asosiy maqsadi tashqi olam xukmronligidan qutulish va kamolga erishishdir. Inson tabiati ham moddiy, ham ruhiydir. Jon bir vaqtning o’zida nafis jon (jiva) va dag’al materiya (ajiva)ning birligidan iborat. Insonning joni 9jivasi) qanday bo’lsa, u ham shunday bo’ladi, bu holat esa karma-nafis materiyaga bog’liq. Karma jonni (jivani) o’z ta’siridan chiqarmaydi. Yaxshi yoki yovuz karmalar mavjud. Bu esa insonlarning turli shaxsiy sifatlarini belgilaydi. Jaynizm ta’limotining tarafdorlari inson kamollikka erishishi mumkin, buning uchun inson o’z karmasiga rioya qilishi va o’z ehtiroslaridan qutilishga intilishi kerak. Inson yovuz karmadan xalos bo’lishi uchun ezgu ishlarni bajarishi lozim. Deb hisoblaydilar.
Jaynizmda dunyoning tuzilishi va mohiyati haqida turli g’oyalar ilgari surilgan. Bu dunyo abadaiy, u hyech kim tomonidan yaratilmagan va u yo’q qilib tashlanmaydi. Olamda ketma-ketlik tartibi mavjud: quyi dunyoda jinlar va gunohkorlar yashaydi, o’rta dunyo – biz yashab turgan dunyo, keyingi – xudolar dunyosi va undan yuqorida xudolarga o’xshashlar dunyosi joylashgan5.
Hinduizm – hindistonda tarqalgan din. Hinduizm ta’limoti verdizm va baraxmanizm g’oyalarining evolyusiyasi natijasida mil.av.2-ming yillikning o’rtalarida paydo bo’lgan. VIII-asrda Hindistonda islom dinining taraqalishi bilan, uni qabul qilmaganlarni «hindu»lar deb atay boshladilar. Hinduizm ibtidoiy dinlarning ko’p unsurlarini saqlab qolgan: muqaddas hayvonlar, tabiat hodisalariga, ajdodlar ruhiga sig’inish va hakozo. Hinduizm yagona cherkov tashkilotiga ega emas. Uning paydo bo’lishini biror konkret asoschining nomi bilan bog’lamaydilar. Hinduizm diniy va falsafiy qarashlarning murakkab kompleksi hamda qonun-qoidalari majmuasidan tashkil topgan bo’lib, odamning tug’ulganidan to o’lgunicha bo’lgan barcha huquq va burchlarini belgilab beradi. Marosimlar o’tkazishga katta e’tibor beriladi. Hinduizm Trimurti tamoyiliga asoslangan. Olam, hayotning hamma shakllarini Braxma yaratgan. Biroq, Braxmaga sig’inish deyarli yo’q. Hindular boshqa xudoga – Vishnu va Shivaga sig’inadilar, shunga muvofiq, hinduizm ikki asosiy oqim – shivaizm va vishnuizmga ajraladi. Hinduizmning hamma oqimlari Vedalarning abadiyligi va xudo tomonidan yuborilganligiga, Koinotning deyarli mavjudligiga, bunda harakat pastlashib boruvchi yo’ldan ketishiga: jonning abadiyligi va o’lmasligi, ko’chib yurishi (sansara)ga ishonadi.
Buddizm (Budda nomidan olingan) – diniy falsafiy ta’minot, vujudga kelishi jihatidan birinchi jahon dini. Buddizm asoschisi – shahzoda Siddxartxa Gautama (mln.av. 567-488 y.) vafotidan so’ng «haqiqat natijalari» - budda deb atala boshlagan. Yagona ta’limont sifatida shakllangan budizm dastlabki asrdayoq 18 ta maktabga bo’linib ketgan. Bir nechta saborlarda uni birlashtirishga urinish natijasiz yakunlangan. Milodning I-asrida buddizm xinoyana 9kichik aravacha yoki najot topishning keng yo’li) oqimlariga bo’linib ketadi. Hozirgi davrda buddizmga e’tiqod qiluvchilar soni 400 mlndan ziyod oshib ketdi. Buddizm falsafasi vedalar matnlari asosida yaratilgan. Siddxartxa o’z ta’limotining asosiy qoidalarini Banorasdagi targ’ibotida «to’rt oliy haqiqat» shaklda bayon etgan: 1) azob-uqubat xaqidagi ta’limot; 2) azob-uqubat sabablari haqidagi ta’limot; 3) azob-uqubatlardan xalos bo’lish haqidagi ta’limot; 4) azob-uqubatlardan qutqarishrshning najot yo’llarini topish haqidagi ta’limot. Bu so’nggi ta’limot yechimi «Najotning olijanob sakkizlik yo’li»da o’z ifodasini topgan: taqvodorlik e’tiqodli, qat’iyati, so’zi ishi, turmush tarzi, taqvodorlikka intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik fikr-hayoli bilan yashash. Bu yo’lga amal qilgan odam oqibatda yuksak kamolotga erishadi, ya’ni u arxatga (chin haqiqatni anglab yetgan avliyoga) aylanadi va nirvanaga o’tadi.
Chorvaka-lokayata – miloddan avvalgi VII asrda Hindistonda yuzaga kelgan falsafiy maktab. Chorvaka-lokayata maktabining asoschisi-donishmand Brixaspatidir. Chorvaka so’zining lug’aviy ma’nosi to’rt unsur, «loka» so’zining lug’aviy ma’nosi-bu dunyoda, ya’ni moddiy dunyo. Bu ikki ta’limotning mazmuni bir bo’lgani uchun «chorvaka-lokayata» deb atala boshlandi. Olam asosida to’rt unsur yotadi. Brixapati ta’limotiga ko’ra, biz yashab turgan moddiy dunyodan boshqa dunyolar yo’q. Inson ham ana shu to’rtta unsurdan tashkil topgan. To’rt unsurni sezgilarimiz orqali qabul qilamiz. Ular hyech kim tomonidan yaratilmagan. To’rtta unsurning turlicha birikishi orqali organizm, noorganik moddiy narsalar va hodisalar tashkil topadi.
Chorvaka-lokayataning ta’kidlashicha, insonda hissiy bilish muhim kasb etadi. Agar sezgi a’zolarimiz bo’lmaganda, olam haqida bilimga ega bo’lmagan bo’lar edik, deb ta’kijdlashardilar. Ular aqliy bilishni ham tan olganlar. Lekin aqliy bilish hissiy bilishdan kelib chiqadi deb o’qtiradilar.



181

2

1

8

Demografik muammolarni ta’riflab bering?
. Hozirgi vaqtda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko’payishiga sabab bo’layotgan aholining nazoratsiz o’sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga ko’ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar Yerda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin milliard») munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko’paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o’sish sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko’payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. Shuni aytishning o’zi kifoyaki, 1956 yil Yerda 2,8 milliard kishi yashagan bo’lsa, XX asr oxiriga kelib bu raqam 6 milliardga yetdi.
XX asrda yer kurrasi aholisining «demografik portlash» deb nomlangan mislsiz darajada o’sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo’ldi. Bu avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo’lib, ularga jahon aholisi o’sishining o’ndan to’qqiz qismidan ko’prog’i to’g’ri keladi. Bu yerdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayoq xos bo’lgan o’lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos bo’lgan tug’ilish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda mehnat unumdorligi darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad miqdoriga, qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorlik darajasi va qishloq xo’jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga ko’ra bu mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamoqda.



182

3

1

10

Antitezisni isbotlash orqali tezisni rad etish deb nimaga aytiladi?
Ma’lumki, dialektika G.Gegel falsafasining eng kuchli tomoni hisoblanadi. U dialektikani mantiq va bilish nazariyasi bilan tenglashtiradi. Gegel falsafasida dunyo mutlaq ruhning o’z-o’zini rivojlantirishi sifatida namoyon bo’ladi. Mutlaq ruh bir vaqtning o’zida ham substansiya (borliq asosi), ham subyekt, ya’ni o’z rivojlanishi va bilishining manbaidir. Inkorni-inkor Gegel falsafasining asosiy tamoyili hisoblanadi. Ikki tomonlama inkor etish g’oyasiga muvofiq mutlaq g’oyaning rivojlanishi quyidagi uch bosqichdan o’tadi: sof borliq (tezis), yo’qlik (antitezis); mavjud borliq vujudga kelish va yo’q bo’lish sifatida, shakllanish (sintez). Bilishning uch bosqichi (triada) g’oyasi Gegel falsafasini to’la qamrab oladi. Nafaqat Gegelning butun falsafasi, balki u ilgari surgan fikrlarning har bir kichik hujayrasi ham uch qismga bo’linadi («Mantiq fani», «Naturfalsafa», «Ruh falsafasi»). Masalan, mantiqni Gegel ilohiy aqlga mos keladigan sof aql sohasi sifatida ta’riflaydi. U uch qismdan iborat:
- borliq;
- mohiyat;
- tushuncha.
Mantiqning birinchi qismida Gegel borliq tushunchasini tavsiflovchi kategoriyalar: sifat, miqdor, me’yorga ta’rif beradi. Sifatni Gegel «borliq bilan ayniy bo’lgan bevosita muayyanlik» deb ta’riflaydi. Ayni shu sababli predmet o’z sifatini yo’qotar ekan, o’zining avvalgi mohiyatini ham yo’qotadi1. Miqdor sifatning inkoridir: «Miqdor sof borliq bo’lib, unda muayyanlik borliq bilan ayniy emas, balki yo’qolgan yoki befarq tus oladi»2. Me’yor – predmet borlig’ining chegarasi; miqdor o’zgarishlarining shunday bir chegarasiki, bunda predmet o’zining aniq sifatini yo’qotmaydi. Miqdor o’zgarishlari me’yori chegarasidan o’tar ekan, predmet yangi sifat holatiga o’tadi.


183

2

1

12

Sa’natning zavq berish va evristik vaziflarini izohlab bering?
Chinakam san’at insonni bu xolatdan qutqarishga qodir bo’lgan estetik tarbi vositasidir. Shuningdek, shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin. Birinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir ko’rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni estetik jihatdan kamolotga yetkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag’ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro’yobga chiqarishda yaqindan yordam ko’rsatadi.
San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
Ma’lumki, fuqarolarda yuksak did va idealni shakllantirish estetik tarbiyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifaning zalvorli yukini avval ham, hozir ham va bundan keyin ham chinakam san’at, adabiyot va ma’rifat ko’tarishiga shubha yo’q.
Shuni aytish lozimki, so’nggi yillarga kelib san’at va madaniyatga jamiyat hayotini o’zgartiruvchi, unga xizmat qiluvchi, fikrlar almashinuvini ta’minlovchi hamda estetik ahamiyat kasb etuvchi murakkab ijtimoiy jarayon sifatida munosabat bildirilayotganligi diqqatga sazovor. Negaki, turli–tuman madaniy–ma’rifiy tadbirlar, rang–barang ko’rik–tanlovlar, san’at bayramlari va festivallarini o’tkazilshi o’z navbatida kishilarni tayyor ma’naviy «mahsulotning iste’molchisi»ga aylanib qolishidan saqlaydi. Shuningdek, san’atning inson estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki, san’at avvalo; voqyelikni badiiy qiyofalar yordamida aks ettiradi, o’zida moddiylik va ma’naviylikning estetik mazmunini namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha ko’rk bag’ishlaydi, ularni qaytadan tashkil etadi va o’zgartiradi. Ana shunga ko’ra, insonning bilimlilik tomoni san’atning ko’rinishlarini namoyon ettirish holatlarini amalga oshiradi. Mazkur xolatlar natijasida estetik tarbiyaviylik hususiyati o’z ifodasini topadi.


184

1

1

12

Estetik Guzallik tushunchasiga ta’rif bering?
«Go’zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror–bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go’zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo’lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g’oyalar, yaratilgan ta’limotlar o’zining salmog’i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro’y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy jarayonlar go’zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obyektlaridir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, go’zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga «Go’zallik nima?» degan savol qo’yiladi–yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go’zal?» degan javobni ko’ramiz. Shuning uchun ham odatda, go’zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go’zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog’liq bo’lmagan xolda yuzaga keladigan go’zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo’lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o’rinni egallaydi.



185

1

1

11

Adolat g‘oyasi,uning genezisi va evolyusiyasi.
Adolat – ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiysiyosiy ongida katta rol o‘ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini o‘zida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va burch meʼyorlari, axloqiy munosabatlar, mehnat va taqdirlanish, jinoyat va jazo, xizmat va uni tan olish, qadr-qimmatni eʼ-tirof qilish va hokazoga mazkur tushun-cha orqali baho beriladi. Adolat tushun-chasi muayyan tarixiy shart-sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan belgilanadi. Adolatning ijtimoiy-fal-safiy jihati jamiyat aʼzolarining xilma-xil munosabatlaridagi o‘zaro tengligini nazarda tutadi. Ahloqiy jihati insonlararo muomalada bir xil munosabatda bo‘lishni, bir-birining izzat-nafsiga tegmaslikni, axloq-odob qoidalariga amal qilishni bildiradi. Adolatning huquqiy tomoni qonunlarga rioya etishni, siyosiy tomoni esa davlatni adolat qoidalari asosida boshqarishni, fuqarolar g‘amini yeyishni anglatadi. Rivojlangan jamiyatda adolat kishilarning demokratik qonunlar asosida ish yuriti-shini taqozo etadi, unda har bir odam o‘z mehnati, tadbirkorligi, aql-zakovati tu-fayli topgan mol-mulki hisobiga yashaydi. Davlat o‘z faoliyatida fuqarolar tomonidan adolat qoidalari va qonunlarga amal qilinishini nazorat etadi, jamiyat aʼzolarining mol-mulki daxlsizligi va qonun oldida tengligini taʼminlaydi.

186

1

1

7

Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni.
Qadriyat arabcha so’z bo’lib, qadr-andozi, o’lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Falsafiy ma’noda qadriyat – tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo’ladigan, odamlar tomonidan qadrlanadigan, ular uchun foydali, ahamiyatli, moddiy iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, mavkuraviy, siyosiy, huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig’indisi bo’lib hisoblanadi. Qadriyatlar tushunchasi qadr-qimmat degan ma’noni anglatadi. Oddiy qilib shuni aytish kerraki, «qadriyat» iborasining mazmuni juda sodda bo’lib, uning etimologik mazmuniga vobastadir. Qadriyatlar – odamlar qadrlaydigan narsalardir. Bular atrofimizdagi predmetlar, narsa va hodisalar, voqyealar bo’lib, odamlarning kundalik hayotiy ehtiyojlari va talablarini qondira oladigan yoki qondirishi mumkin bo’lgan narsalardir.
Umuman olganda qadriyatlar deyilganda faqat o’tmish davr uchun muhiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmuasi tushuniladi.
Har qanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning obektiv olamga bo’lgan munosabatining ifodasidir. Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining mahsulidir. Har bir qadriyat muayan bir davr, sharoit va ehtiyojning mahsulidir.
Qadriyatlar falsafiy nazariyasining ba’zi masalalari, o’tgan 19-chi asrning ikkinchi yarmida Yevropada yangi kantchilik maktabiga mansub V. Vindelband, G. Rikart va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi. Qadriyat nazariyasini o’rganish yunoncha – qimmatbaho ma’nosini anglatuvchi aksiologiya degan ilm sohasini vujudga keltiradi. 19-chi asrning 20-50 yillarida M. Sheler, N. Gartman, R.B. Perri, S.P. Popper kabi nemis va amerika faylasuflarining asarlarida bu fanning asoslari shakllantirildi.


187

3

1

10

Predikatga qarama –qarshi quyish deb nimaga aytiladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling