0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


III. Predikatga qarama-qarshi qo’yish


Download 0.91 Mb.
bet30/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

IIIPredikatga qarama-qarshi qo’yish (lot.– contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo’lib, bu usul qo’llanilganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so’ngra almashtiriladi. Natijada hosil qilingan mulohazaning (xulosaning) subyekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning subyektiga mos bo’ladi:

Bunda, xulosada S ning inkor shaklida bo’lishi xulosa bog’lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo’yishda A-Ye ga, Ye-I ga, 0-I ga o’zgaradi.
Turli mulohazalardan bu usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi shaklda ko’rsatilgan:









Xulosa asosi

Xulosa

1

A

Hamma S-P

Hyech bir R emas S emas

2

Ye

Hyech bir S - P emas

Ba’zi R emas S dir

3

O

Ba’zi S - P emas

Ba’zi R emas S dir

Masalan:
1. A. Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar.Islom diniga e’tiqod qilmaydiganlar musulmon emas.


Juz’iy tasdiq (I) mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo’yish usuli bilan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Chunki, «Ba’zi S-P mulohazani aylantirsak «Ba’zi S-P mas emas», ya’ni juz’iy inkor hukm kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo’lmaydi.


188

3

1

3

Neokantchilik va neogegelchilik falsafiy oqimlarining asosiy g‘oyalari ?
Mazkur konsepsiyaning rivojlanishiga nemis faylasuflari – neokantchilik Baden maktabi namoyandalari Vilgelm Vindelband (1848-1915) va Genrix Rikkert (1863-1936) salmoqli hissa qo’shgan. Bu tadqiqotchilar falsafani qadriyatlar haqidagi umumiy fan sifatida tavsiflaganlar. Rikkert qadriyatlar «subyekt va obyektning narigi tomonida joylashgan butunlay mustaqil saltanat»ni tashkil qiladi, deb hisoblagan. Vindelband va Rikkert nazariy va amaliy aqlning kantcha tafovutidan kelib chiqib, qadriyatlar haqida mulohaza yuritish va joizlikni bilishga asoslangan normativ ta’limot sifatidagi tarix falsafasini nazariy mulohaza yuritish va «borliq» haqidagi empirik ma’lumotlarga tayanuvchi tajribaga asoslangan fanlarga qarshi qo’ygan. Ular qonuniyatni tarixiy bilishning asosiy tamoyili sifatida rad etib, uni «qadriyatlarga mansub deb topish» tamoyili bilan almashtirgan. Vindelband va Rikkert fikriga ko’ra, qadriyatlar tarixdan ustun xususiyat kasb etadi va jamuljam holda odamlarga bog’liq bo’lmagan ideal transsendental (narigi) dunyoni tashkil qiladi. Bu dunyodan tegishli g’oyalar, avvalo transsendental joizlik g’oyasi kelib chiqadi. U mazkur qadriyatlarning vaqt va makon bilan cheklanmagan shak-shubhasiz, mutlaq ahamiyatiga ishora qiladi. Odamlar ularni anglab yetishlariga qarab qadriyatlarga tegishli munosabat va talablarni yaratadilar va ularga hayotda, xulq-atvorda, kundalik va tarixiy faoliyatda amal qiladilar.
Vindelband va Rikkert ijtimoiy borliq va ma’naviy hayotning o’zaro nisbatini o’rganib, jamiyat tarixida ma’naviy hayot borliqqa nisbatan yetakchi rol o’ynaydi, degan xulosaga kelgan va shu bois ular K.Marks taklif qilgan, jamiyatning rivojlanishida iqtisodiy omil (ya’ni borliq)ning hal qiluvchi ahamiyati asoslangan tarixni materialistik tushunishga tanqidiy ko’z bilan qaragan. Rikkert fikriga ko’ra, mazkur yondashuv noilmiydir, chunki u proletariat g’alabasini «mutlaq qadriyat» deb e’lon qiluvchi marksizm siyosiy dasturi bilan belgilanadi.


189

1

1

7

Qadriyatlar tushunchasini izohlang?
Qadriyat arabcha so’z bo’lib, qadr-andozi, o’lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Falsafiy ma’noda qadriyat – tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo’ladigan, odamlar tomonidan qadrlanadigan, ular uchun foydali, ahamiyatli, moddiy iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, mavkuraviy, siyosiy, huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig’indisi bo’lib hisoblanadi. Qadriyatlar tushunchasi qadr-qimmat degan ma’noni anglatadi. Oddiy qilib shuni aytish kerraki, «qadriyat» iborasining mazmuni juda sodda bo’lib, uning etimologik mazmuniga vobastadir. Qadriyatlar – odamlar qadrlaydigan narsalardir. Bular atrofimizdagi predmetlar, narsa va hodisalar, voqyealar bo’lib, odamlarning kundalik hayotiy ehtiyojlari va talablarini qondira oladigan yoki qondirishi mumkin bo’lgan narsalardir.
Umuman olganda qadriyatlar deyilganda faqat o’tmish davr uchun muhiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmuasi tushuniladi.
Har qanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning obektiv olamga bo’lgan munosabatining ifodasidir. Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotining mahsulidir. Har bir qadriyat muayan bir davr, sharoit va ehtiyojning mahsulidir.
Qadriyatlar falsafiy nazariyasining ba’zi masalalari, o’tgan 19-chi asrning ikkinchi yarmida Yevropada yangi kantchilik maktabiga mansub V. Vindelband, G. Rikart va boshqalar tomonidan ishlab chiqildi. Qadriyat nazariyasini o’rganish yunoncha – qimmatbaho ma’nosini anglatuvchi aksiologiya degan ilm sohasini vujudga keltiradi. 19-chi asrning 20-50 yillarida M. Sheler, N. Gartman, R.B. Perri, S.P. Popper kabi nemis va amerika faylasuflarining asarlarida bu fanning asoslari shakllantirildi.


190

3

1

3

Neopozitivizm falsafasining mazmun- mohiyatini izoxlab bering?
Fanni o’rganish sohasidagi falsafiy yo’nalish sifatida, Neopozitivizm, 50-yillar oxiri – 60-yillarning boshlarida o’z nufuzini yo’qotdi, va shu davrda «To’rtinchi pozitivizm» yoki postpozitivizm maydonga chiqdi. Uning eng mashhur namoyandalari qatoriga K.Popper, I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, P.Feyerabend, D.Agassini kiritish mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling