0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar


Download 0.91 Mb.
bet33/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning «va», «ham», «hamda» kabi mantiqiy bog’lovchilar vositasida o’zaro birikishidan hosil bo’lgan hukmlarga aytiladi. Masalan, 1.«Qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi». 2.«A. Navoiy shoir va davlat arbobi bo’lgan». 3.«Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg’oniylar matematika fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar».
Birinchi birlashtiruvchi hukm ikki mustaqil oddiy hukmning bog’lanishidan hosil bo’lgan. Ikkinchi hukmda bir xil subyektga ega bo’lgan ikki oddiy hukm o’zaro bog’langan. Uchinchi birlashtiruvchi hukmda esa bir xil predikatga ega bo’lgan ikki oddiy hukm o’zaro bog’langan. O’zbek tilida birlashtiruvchi hukmlar «ammo», «lekin», «biroq» kabi bog’lamalar va (,) vositasida ham tuziladi. Mantiqiy bog’lamalar kon’yunksiya belgisi «»orqali ifodalanadi. Formulasi rq.
Kon’yunktiv (birlashtiruvchi) hukm tarkibidagi oddiy hukmlarni «r» va «q» shartli belgilari bilan belgilasak, unda bu hukm «» formulasi orqali ifodalanadi. Kon’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlar chin yoki xato bo’lishi mumkin. Tarkibidagi hamma oddiy hukmlar chin bo’lganda, birlashtiruvchi hukm chin bo’ladi. Boshqa hamma holatlarda esa xato bo’ladi. Masalan, «Yolg’on gapirish va o’g’irlik qilish jinoyatdir» hukmidagi birinchi oddiy gap «Yolg’on gapirish jinoyatdir» chin bo’lmaganligi uchun bu hukm chin bo’lmaydi.
Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog’lamalari vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog’lovchilar ikki oddiy hukmni yoki bir qancha predikatlarni. yoki bir qancha subyektlarni bir-biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov falsafa yoki sosiologiya, yoki psixologiya bo’limida o’qiydi». «Konsertda birinchi yoki ikkinchi kurs talabalari qatnashadilar». Ayiruvchi bog’lamalar «V» – diz’yunksiya belgisi orqali ifodalanadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) hukmlar oddiy yoki qat’iy turlarga bo’linadi. Oddiy diz’yunktiv hukm tarkibidagi oddiy hukmlardan biri yoki hammasi chin bo’lishi mumkin, qat’iy diz’yunktiv hukmda esa tarkibidagi oddiy hukmlardan faqat bittasi chin bo’ladi. Oddiy diz’yunktiv hukm pVq formulasi bilan, qat’iy diz’yunktiv hukm pVq formulasi bilan belgilanadi.
«A.Avloniy shoir yoki dramaturgdir». Bu oddiy diz’yunktiv hukm. «Abdullayev musobaqada yo yutadi, yo yutmaydi». Bu qat’iy diz’yunktiv hukm.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling