0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet34/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Shartli (implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar... unda» mantiqiy bog’lamasi orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va yetarli shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo’lmasa, hodisa ham bo’lmaydi. Masalan, «Agar o’simlik suvsiz qolsa, u quriydi».
Hodisa uchun yetarli bo’lgan shart deb, har safar shu shart bo’lganda, o’sha hodisa kuzatiladigan holatga aytiladi. Masalan, «Agar yomg’ir yog’sa, unda uylarning tomi ho’l bo’ladi». Shartlar «yetarli, lekin zaruriy bo’lmagan», «zaruriy, lekin yetarli bo’lmagan», «zaruriy va yetarli» bo’lishi mumkin. Masalan, N sonining ikki va uchga bo’linishi uning oltiga bo’linishi uchun zaruriy va yetarli shart hisoblanadi. N sonining ikkiga bo’linishi uning oltiga bo’linishi uchun zaruriy, lekin yetarli bo’lmagan shartdir. N sonining o’nga bo’linishi uning ikkiga bo’linishi uchun yetarli, lekin zaruriy bo’lmagan shartdir.
Shartli hukm tarkibida asos va natija qismlari farqlanadi. Shartli hukmning «agar» va «unda» so’zlari oralig’idagi qismi – asos, «unda» so’zidan keyingi qismi – natija deb ataladi. «agar yomg’ir yog’sa, unda uylarning tomi ho’l bo’ladi» hukmida «yomg’ir yog’sa» hukmi asos, «uylarning tomi ho’l bo’ladi» hukmi – natija hisoblanadi.
Demak, asosda ko’rsatilgan hodisa, natijada qayd etilgan hodisaning kelib chiqishi uchun yetarli shartni ifodalagan hukm shartli hukm deyiladi.
Shartli (implikativ) hukmlar «agar ... unda» mantiqiy bog’lamasi (→) belgi bilan ifodalanadi. Hozirgi zamon mantiq ilmida esa ba’zan (ב) simvoli bilan belgilanadi. Bu simvollar moddiy implikasiya belgisi deb ataladi. Shart-li hukm esa implikativ hukm deb yuritiladi. Implikativ hukmning asosi – antesedent, natijasi – konsekvent deyiladi. Implikativ hukm antesedent – chin, konsekvent – xato bo’lgan holatdan boshqa hamma ko’rinishlarda chin bo’ladi.
Ekvivalentlik hukmlari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy bog’lovchisi yordamida ikki oddiy hukmning o’zaro bog’lanishidan hosil bo’ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli hukm ko’rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini aniqlash zarur bo’ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va yetarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo’ladi. Masalan, «Agar berilgan butun son juft son bo’lsa, unda u ikkiga qoldiqsiz bo’linadi».
Ekvivalent hukmning mantiqiy bog’lovchisi (↔) simvoli, ya’ni (moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalanadi. Ekvivalent hukmning asosi va natijasi chin bo’lganda yoki ham, natijasi xato bo’lganda,u chin hisoblanadi.


195

1

1

8

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi deb nimaga aytiladi ?
Xozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi va samarali huquqiy mexanizmi yaratildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida2017 yil 3 yanvarda O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo’lib, unda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to’qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilib, bular, o’z navbatida, fuqarolarga korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illat ekanligi haqida ma’lumot beradi.
Qonunning 5-moddasida esa korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari ko’rsatib o’tilgan bo’lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularga chek qo’yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgi­langan quyidagi ijtimoiy xavfli qilmishlar korrupsiyaviy jinoyatlar hisoblanadi:Masalan, o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish, jinoiy yo’l bilan topilgan mulkni olish yoki o’tkazish, byudjet intizomini buzish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doira­sidan chetga chiqish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, pora berish; pora olish-berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga og’dirish, tovlamachilik yo’li bilan haq berishni talab qilish, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo’llash, tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, yolg’on guvohlik berish, jinoiy faoliyatdan olingan daromad­larni legallashtirish, hokimiyatni suiiste’mol qilish, hoki­miyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakat­sizligi va hokazolar.


196

1

1

12

Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling