0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 0.91 Mb.
bet28/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o’rinni egallaydi. qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko’rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz. Qarama-qarshiliklar – predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda tutuvchi tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar – o’zaro bog’lanishli bo’lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o’zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo’lmasligi mumkin. qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o’zgaruvchanlik – tug’malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.).
Qarama-qarshiliklar o’rtasida ikki xil munosabat mavjud: yagonalik munosabati va qarshi harakatga doir munosabat. (qonunning klassik ta’rifida «kurash» atamasi ishlatiladiki, u qonunning mohiyatini soddalashtiradi, chunki mazkur atama ko’proq jamiyatga tegishlidir.)



178

2

1

3

Yangi davr Evropa falsafasi.
. Yevropada XVIII asr falsafasi XVII asr g’oyalarini davom ettiradi va rivojlantiradi. Bu davrda falsafiy tafakkur fan va ijtimoiy amaliyot sohasida erishilgan yutuqlarni umumlashtiradi. Falsafiy g’oyalar yanada kengroq targ’ib qilinadi, chunki XVII asrda falsafiy asarlar faqat lotin tilida yozilgan va ular bilan tanishish imkoniyatiga ega kishilar doirasi ancha tor bo’lgan; XVIII asrda faylasuflarning asarlari ular qaysi mamlakatda yashasa, shu mamlakat tilida yozilgan va nashr etilgan.
XVIII asr falsafasida tabiat hodisalarini tushuntirishga nisbatan qarashlarda materializm sezilarli darajada rivojlanadi. Fransuz materializmi olamshumul tarixiy ahamiyat kasb etadi: u o’rta asrlar sxolastikasiga qarshi chiqibgina qolmasdan, balki o’z dunyoqarashi va dunyoviy manfaatlarini ham asoslashga harakat qiladi.
Albatta, XVIII asr falsafasi bir jinsli emas: unda materialistik dunyoqarash mo’ljallari ham, idealistik dunyoqarash mo’ljallari ham, ateistik va deistik qarashlar ham mavjud. Aksariyat hollarda idealizm va materializm, din va fan yonma-yon turadi.
Shuni qayd etish lozimki, XVIII asr falsafasi avvalo ma’rifat falsafasi sifatida rivojlangan; qomuslar va lug’atlar, pamfletlar va boshqa nashrlarda ilmiy va falsafiy g’oyalar keng ommaga tushunarli tarzda atroflicha bayon etilgan.
Ma’rifat davri falsafasiga P.Gassendi (1592-1655) asarlari, uning atomistik materializmi, Epikur g’oyalari, shuningdek uning etikasi targ’iboti, sxolastikaning tanqidi, R.Dekart asarlari, P.Beyl (1647-1706) asarlarida diniy dogmatizm tanqidi zamin yaratdi.
XVII-XVIII asrlar Yevropa Ma’rifat falsafasiga ingliz ma’rifatchilari J.Lokk va D.Yum, XVII asr nemis ma’rifatchisi G.Leybnis, shuningdek buyuk olim I.Nyuton falsafasi ham kuchli ta’sir ko’rsatdi. XVIII asr Ma’rifat falsafasida ikki yo’nalish: Volter, Russo, Volf, Monteskye va boshqalarning deistik materializmi hamda Melye, Didro, Golbax, Gelvesiy, Lametri kabi olimlarning asarlarida Nyuton, Galiley, Dekartning materialistik tabiatshunosligi negizida deizm nazariy asoslarining tanqidi farqlanadi.
Fransuz ma’rifatchilarining atoqli namoyandasi Fransua Mari (Arue) Volter (1694-1778) falsafa tarixidan otashin publisist, Nyuton fizikasi va mexanikasi hamda Angliyadagi konstitusiyaviy tartib va muassasalarning targ’ibotchisi, cherkov, iyezuitlar, inkvizisiya tajovuzlaridan shaxs erkinligining himoyachisi sifatida o’rin oldi. Uning «Kandid», «Orlean qizi» asarlari, «Falsafiy lug’at», «Ensiklopediya»dagi maqolalari butun Yevropada keng tarqaldi.
Yevropa inqilobiy mafkurasining vujudga kelishiga mashhur «Ijtimoiy shartnoma» asarining muallifi Jan Jak Russo (1712-1778) ulkan ta’sir ko’rsatdi. Erkinlik hamda yuridik huquqlarning so’zsiz tengligiga asoslangan fuqarolik jamiyatining nazariy asosi hisoblangan bu asar Buyuk fransuz inqilobi davrida yakobinchilar uchun o’ziga xos dasturilamal bo’lib xizmat qildi.



179

1

1

2

Abu Nasr Farobiyning falsafiy qarashlari.
Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o’ringa qo’ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «ko’p»dir. Borliqning mazkur holati emanasiya, ya’ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to’qqiz gumbaz ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o’z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya haqidagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo’shilmagan, chunki uning paydo bo’lishi va o’limi tananing paydo bo’lishi va o’limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiyda bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab yetish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi. Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a’zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim. Forobiy fikricha, borliq 6 bosqichdan iborat. 1. Birinchi sabab ya’ni xudo. 2. Ikkinchi sabab, ya’ni osmoniy jismlar. 3. Uchinchi sabab, ya’ni faol aql. 4. To’rtinchi sabab, ya’ni jon. 5. Beshinchi saba, ya’ni shakl. 6. Olimnchi sabab, ya’ni materiya.
Forobiy ta’limoticha, moddiy jismlar 6 qismga bo’linadi: osmon jismlari, aqlli hayvonlar, aqlsiz hayvonlar, o’simliklar, menerallar va 4 unsurdan tashkil bopgan.
Forobiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida kishilik jamiyati va uning vujudga kelishini insonning real hayotiy ehtiyojlari bilan bog’lab tushuntiradi. Bu haqda u shunda deydi: «Har bir inson o’z tabiatiga ko’ra shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi. U bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi va ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi. Shu sababli yashash uchun zarur bo’lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o’zaro yordamlashuvchi ko’p insonlarning birlashuvi orqaligina odam o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuvi mumkin. Shuning uchun inson shaxslari ko’payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar. Natijada inson jamoasi vujudga keldi».
Forobiyning ijtimoiy qarashlarida muhim ahamiyatga molik fikr Arastu singari u ham insonni «ijtimoiy hayvon» deb ta’kidlashi va uning ijtimoiy mohiyatini ochib berganligidir. Bu haqda o’zining «Baxt-saodatga erishuv haqida» degan risolasida to’xtalib, hayvonni ikki xil nom bilan ataydi. Birinchisi, hayvoniy, ikkinchisi, madaniy hayvon yoki insondir, deydi. Shuningdek, Forobiy insonlar jamoasi haqida gapirib jamoani uchga ajratadi.



180

1

1

2

Qadimgi Hindiston falsafasi : asosiy oqimlar va yo‘nalishlari.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling