0Raqamli texnologiya fakulteti 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Falsafa» fanidan yakuniy nazorat savollari


Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri


Download 0.91 Mb.
bet27/36
Sana18.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1586621
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
falsafa javoblar

Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri


  • Tabiat -estetik tarbiyaning zaruriy vositasidir.Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib etishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi.

Insoniyat tafakkuri tarixida tabiatga estetik munosabatning zaruriyati haqidagi qarashlari va insonning tabiatga muqobil estetik munosabatlari turlicha bo’lgan. Tabiatning estetik xususiyatlari haqida so’z yuritsak, tabiat estetik faoliyat ob’ektidir. Ekologiya estetikasining qadriyat maqomi va ekologiya estetikasining axloqiy muammolari bugungi kunda katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Tabiatni estetik idrok etishning an’anaviy va noan’anaviy usuli mavjud bo’lib ular : tabiatni asl holida idrok etish; tabiatni badiiy obrazlarda ifodalashdan iboratdir. Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o’rniga to’xtalsak, texnogen tsivilizatsiyaning ishlab chiqarish va fan taraqqiyotiga estetik ta’siri ortib bormoqda. Maishiy turmush estetikasi va uning texnologiyasi, texnika estetikasining ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlardagi o’rni, texnikaning inson estetik manfaatlari va faoliyati bilan bog’liqligi masalalari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Texnogen tsivilizatsiya - estetik faoliyat va estetik didni shakllantirishning muhim omilidir. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni insoniylashtirish va go’zallashtirishn estetik muammolardan hisoblanadi. Voqelikka estetik munosabatlar, milliy va umumbashariy ahamiyatga egadir. Estetik qadriyatlar esa – barqarorlikni ta’minlovchi omil hisoblanar ekan,“dunyoni go’zallik qutqaradi” shiori global ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. “Go’zal muhitda yashash oliy ne’mat” – estetikaning bosh tamoyilidir. Olamni estetik anglashda axborot va jamiyat axborotlashuvining roli ortib bormoqda. Axborot estetikasining o’ziga xos xususiyatlari va uning siyosiy, badiiy, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy jarayonlar bilan bog’liqligidadar.





173

3

1

6

Sinergetika va uning rivojlanish tarixi.
Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo’llanilmokda. Sinergetika so’zi yunoncha ("sinergena") bo’lib, kelishuv, hamkorlik, o’zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko’p qismlardan iborat bo’lgan, o’zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o’rganadi. Bu so’zni Xaken hamkorliqdagi harakat bilib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma’nosida talqin qiladi.
Barcha ta’limotlar paydo bo’ladi, rivojlanadi va, nihoyat, eskiradi. Xaken sinergetikasi ham vorisiylikka asoslangan. Uning davomi bo’lgan I.Sherringtonning sinergetik uslubi, C.Ulamning sinergiyasi, I.Zabusskiyning sinergetik yo’nalishlari ana shular jumlasidandir.
I.Sherrington sinergetik yoki integrativ tafakkurni muskullar harakatining boshqaruvida (orqa miya) asab sistemasidagi kelishilgan ta’sirni izohlash usulidir, deb tushunadi. S.Ulam esa, EHMning birinchi avlodi vakillaridan biri bo’lib, u sinergiyaning, ya’ni mashina va uning operatori orasidagi uzluksiz hamkorlikning foydaliligi, ahamiyatining hozirgi zamondagi ta’siriga e’tiborni qaratadi.
I.Zabusskiy 60-yilning o’rtalarida liniyasizlik masalalarini hal qilishda analitik jihatdan cheklanganlik bir yoklamalikka yo’l ochganligini ta’kidlaydi. Liniyasiz matematika va fizika masalalarida sinergetika usulining tatbiq etilishini odatdagi matematika hisoblash mashinasining faoliyatini tahlil qilish bilan qiyoslaydi.
Hozirgi davrda I. Prigojinning sinergetika to’g’risidagi fikrlari ham ko’pchilikning e’tiborini tortmokda.
Yuqoridagi barcha holatlarda uzluksiz harakat haqida so’z boradi. Sinergetika orqali sodda tizimlardan murakkablarini yaratuvchi o’lik tabiatdagi o’z-o’zidan harakatning tamoyili shakllandi. Sinergetika bilan fizikada evolyusion yo’nalish paydo bo’ldi va fan ijodkorlikdan yangilik yaratish tushunchasi tomon rivojlandi. Sinergetika makroskopik darajalarga tasodifiylikni fanga kiritdi va bu bilan mexanika metodlarini makroskopik darajaga, ya’ni mikrodunyo masalalariga tatbiq qildi. Sinergetika nisbiylik nazariyasidagi energiya va narsaning o’zaro bir-biriga o’tishini tasdikdaydi va narsalarning paydo bo’lishini o’ziga xoc tarzda izoxdaydi. U biz yashayotgan makrosistemalar qanday paydo bo’lganligi masalasini hal etishga harakat qiladi.



174

3

1

7

Davlatning jamiyat hayotidagi o‘rni.



175

1

1

7

Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi turli xil nazaryalar.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani to’g’risidagi qarashlar AQSh faylasufi O.Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra, jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizasiyali yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra, har bir xalq o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani kabi jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg’unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir.
Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach,ijtimoiy imkoniyatlar ro’yobga chiqarilib bo’lgach bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish davrida keskinlashish mumkin. Jamiyat beqarorlikning izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo’qolishida, g’oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzulishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini topadi.



176

3

1

3

Gegel dialektikasining mazmun-mohiyati.
Gegel dialektikaning idealistik shaklini ishlab chiqqan: u kategoriyalar dialektikasini, ularning aloqalari va bir-biriga o’tishini, «sof fikr» - mutlaq g’oyaning rivojlanishini tahlil qiladi. U rivojlanishni o’z-o’zidan harakat sifatida, qarama-qarshiliklar bir-biriga o’tishi natijasida yuz beruvchi o’z-o’zidan rivojlanish sifatida tushunadi: hodisa ziddiyatli bo’lgani bois, u harakatlanish va rivojlanish qobiliyatiga ega bo’ladi. Gegel dialektikasida har bir tushuncha qolgan barcha tushunchalar bilan ichdan bog’lanadi: tushunchalar va kategoriyalar bir-biriga o’tadi. Masalan, imkoniyat rivojlanish jarayonida voqyelikka, miqdor – sifatga, sabab – oqibatga aylanadi va ayni vaqtda buning aksi yuz beradi. Gegel qarama-qarshi kategoriyalar – shakl va mazmun, mohiyat va hodisa, tasodif va zaruriyat, sabab va oqibatning birligini qayd etadi.
Gegel dialektikaning asosiy qonunlari: miqdor va sifat o’zgarishlari qonuni, qarama-qarshiliklarning bir-biriga o’tishi qonuni va inkorni inkor qonunini kashf etdi. U kategoriyalar dialektikasi orqali dialektika asosiy qonunlarining amal qilish mexanizmini o’rganadi.
Gegel dialektikani bilish jarayoniga tatbiq etdi. Gegel uchun haqiqat bir marta va bir umrga berilgan mutlaqo to’g’ri javob emas, balki jarayondir. Gegelda bilish nazariyasi bilish tarixi bilan mos keladi: bilish, fan rivojlanishi tarixiy bosqichlarining har biri u haqda «mutlaq», lekin cheklangan, to’liq bo’lmagan tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Har bir keyingi bosqich o’zidan oldingi bosqichdan boyroq va muayyanroq. U avvalgi mazmunning boyligini o’zida to’liq saqlaydi va oldingi bosqichni rad etadi, lekin uning noyob jihatlarini yo’qotmaydi, «o’zlashtirilgan barcha xossalarni yanada boyitadi».
Shunday qilib, Gegel mutlaq va nisbiy haqiqat dialektikasini ishlab chiqadi. Gegel dialektikasini o’rganish bilish nazariyasiga oid bilimlarni boyitadi, nazariy, ijodiy fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga yo’l ochadi, mustaqil g’oyalarni yaratishga ko’maklashadi.



177

2

1

5

Falsafiy qonunlarni izohlab bering?

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling