0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi: Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2005


Dunyo tokchiligi haqida qisqacha ma’lumot


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana03.11.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1742675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2. Dunyo tokchiligi haqida qisqacha ma’lumot 
Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotining ma‟lumotlariga kura hozirda 
dunyo bo„yicha yetishtiriladigan uzumning asosiy qismi (taxminan 50 -52 mln t) 
yoki 83% vino tayyorlash, 12% ga yaqini (xo„raki navlar) yangiligida y eyish va 
faqat 5% quritish (mayiz) uchun ishlatiladi. Agar bu ko„rsatkichlar mintaqalararo 
va 
davlatlararo 
ko'rib 
chiqiladigan 
bo'lsa, 
Osiyo 
mamlakatlarining aksariyat 
qismida yetishtiriladigan uzumning asosiy qismi yangiligicha yeyish, mayiz qilish
alkogolsiz 
ichimliklar 
va 
konserva 
mahsulotlari 
tayyorlash uchun, Yevropa 
mamlakatlarida esa hosilning asosiy qismi vino tayyorlash uchun ishlatila di.
Dunyo bo„yicha eng ko„p tokzorlar maydoni Yevropa-Osiyo, xususan, 0„rta 
Yer, Adreatika, Egey, Qora va Azov den gizlari sohillari mamlakatlari (Ispaniya, 
Italiya, 
Fransiya, 
Partugaliya, 
Gretsiya, 
Bolgariya, 
Germaniya, 
Vengriya, 
Ruminiya, Yugoslaviya va h.k.) ga to„g„ri kelib, uzum yetishtirish, vino 
tayyorlash bo„yicha yetakchi o„rinni egallaydi. T abiiy - iqlim sharoitlarining 
o„xshashligi jihatidan Rossiyaning janubiy rayonlari, Ukrainaning Qrim va Odessa 
viloyatlari, 
Moldovani 
ham shular qatoriga qo„shish mumkin. 2000 yil 
ma‟lumotiga ko„ra Rossiyada tokzorlar maydoni 192 ming ga dan (1985), 72 ming 
ga qisqargan (ichkilikbozlikka qarshi kurash boshlangan davr va boshqa sabablar 
ta‟sirida). Hozirgi hamdo„stlik 
13 


mamlakatlari hududida Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston hamda Markaziy Osiyo 
davlatlari - 0„zbekiston, T ojikiston, T urkmaniston, Qozog„iston v a Qirg„izistonning 
janubiy qismi sanoat ahamiyatiga ega bo„lgan uzumchilikning asosiy o„choqlari 
hisoblanadi. T okzorlar maydoni, yetishtiriladigan uzum miqdori bo„yicha Osiyoda 
T urkiya, Eron, Xitoy, Suriya kabi davlatlar yetakchi o„rinni egalaydi. Amerika 
mintaqasida uzumchilik, asosan Shimoliy va Janubiy Amerikada rivojlangan. Eng 
katta tokzorlar maydoni AQSh (asosan Kaliforniya shtati)da hamda Meksikada, 
Janubiy 
Amerikaning 
Argentina 
va 
Chili 
mamlakatlarida 
joylashgan. 
Afrika 
mintaqasida 
Jazoir, 
Janubiy 
Afrika, 
Morroko, 
Misr 
Respublikasi, 
T unis, 
Okeaniyada Avstraliya uzum yetishtirish va vino tayyorlash bo„yicha o„zlariga xos 
o„rinni egallay di. 
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi tashkiloti (FAO) ning ma‟lumotlariga 
ko„ra, dunyo bo'yicha tokzorlarning umumiy maydoni 7 mln 546 ming ga. ni tashkil 
etadi (2000). Qit‟alararo tokzorlarning umumiy maydonini 2 -jadvalda keltirilgan 
ma‟lumotlardan ko„rish mumkin. 
2 - jadval 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling