0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi: Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2005
Uzumchilikning qisqacha tarixi, hozirgi ahvoli va
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
1.1. Uzumchilikning qisqacha tarixi, hozirgi ahvoli va
rivojlanish istiqhollari Uzumchilik uzoq tarixga ega bo„lib, u eneolit davrini ham o„z ichiga oladi. Inson tokning yovvoyi turlari ichidan mevasi yeyishga yaroqli, chiroyli, shirin xillarini izlab topib, o„troq hamda «chopiq» dehqonchiligiga o„tish davrlarida tokning qulay va maqbul shakllarini yashash joyiga yaqin yerlarda o'stira boshlagan. T okning tez va yaxshi ko„payish xususiyati, mevasining to„yimliligi va shifobaxshliligi, sharoitga yaxshi moslasha olishi hamda ularning ichidan eng yaxshilarini tanlab ekish va ko„paytirish ko„pgina uzum navlarining paydo bolishiga va ularning tez tarqalishiga sabab bo„lgan. T ok urug„larining arxeologik topilmalarini, moddiy va madaniy yodgorliklarni o„rganish tokchilikning eng qadimiy o„chog„i Old, 0„rta va Kichik Osiyo, Kavkazorti, Eron, Afg„oniston kabi mamlakatlar ekanligidan dalolat beradi. T ok bundan 5-7 ming yil ilgari 0„rta Osiyo, Kavkazortida, Suriya, Mesopotamiya, Misrda so„ri, ishkomlarda hamda tanali shaklda o'stirilgani, 3 ming yil ilgari tokchilik va vinochilikning Qadimiy Gretsiyada, shuningdek, Xitoyda rivojlanganligi malum. T okchilik va vinochilik Gretsiyadan 0„rta yer dengizi bo„ylab, so„ngra Rim, Fransiyaga tarqalgani, hatto, Apenninin yarim orolida Rim paydo bo„lguniga qadar (eradan avval VIII asr) ham tok ekilganligi to„g l risid a ma‟lumotlar bor. Boshqa ma‟lumotlarga ko ra Orta Osiyo, xususan 0„zbekistonda tok Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) bostirib kirishidan ancha avval (eramizgacha IV asrlarda) ekilgani, eramiz boshlarida (I asr) tokchilik bilan vinochilik ham rivojlangani ma‟lum. Ayniqsa, Farg'ona vodiysida katta maydonlardagi tokzorlar yirik yer egalari qo'lida bo„lib, uzum yetishtirish, mayiz va vino tayyorlash orqali yaxshi daromad qilingan. Arablar istilosi davrida (V1I- VIII asrlar) xalqaro aloqalar, savdo-sotiq ishlari ancha rivojlangan bo'lib, uzumchilikka e‟tibor kuchaya borgan. 0„rta Osiyo, jumladan mamlakatimizga Hindiston, Eron, Afg„oniston, shunigdek, ayrim arab mamlakatlaridan uzumning yangi, ayniqsa, xo„raki va mayizbop navlari keltirib ekilgan. T ok 0„rta Osiyoning deyarli barcha dehqonchilik rayonlarida, ayniqsa Farg„ona va Zarafshon vodiylari, T oshkent, Xorazm, Qashqadaryo vohalari, Amudaryoning o„ng va sol sohillarida ko„p ekilgan. Uzumchilik sanoat ahamiyati darajasiga ko„tarila borib, uzum va uzum mahsulotlari (shinni, mayiz) atrofdagi yaqin sharq niamlakatlari, shuningdek, Volga bo„yi sohillari bozorlariga ham olib borilgan. 0„sha davrda ekilgan uzum navlarining xilma - xilligi, uzumzorlarga ishlov berish, tuplarni parvarish qilishning samarali usullari (yerni kuz va bahorda haydash, tokni payvandlash, parxish qilish, kesish, soiilarga ko„tarish, kasallik va zararkunandalarga qarshi turli eritoialarni purkash va h.k.) yurtimizda tokchilikning rivojlanganligidan dalolat beradi. Mo„g„ullarning 0„rta Osiyoga hujumi (XIII asr) qishloq xo„jaligiga katta talofat yetkazib, dehqonchilik yerlari, tokzorlar payhon qilindi. Buning ta‟siri esa, ancha yil davom etdi. Faqat XV asrga kelib tokchilikka yana e‟tibor kuchaya boshladi. Keyinchalik. islom dini (ayniqsa Buxoro amirligi, Xorazm, Qo„qon xonliklari davrida), shariat hukmi talablariga ko„ra vino tayyorlash va uni ichish taqiqlangati bo„lib, uzumning faqat xo„raki va mayizbop navlarini ko„paytirishga ahamiyat berildi. Shunday bo„lsada uzumning «Bahtiyoriy», «Obaki», «Buvvaki», «Vassarg„a» kabi iste‟mol uchun yaxshi hisoblangan navlari saqlab qolingan. Musallas tayyorlash esa ancha cheklab qo„yilgan. 9 0„rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi, rus davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalarining rivojlanishi natijasida yurtimizdan ham Rossiyaning markaziy bozorlarida xo„raki uzum, mayiz, shinhi kabi mahsulotlarga bo„lgan talab oshdi. Uzumchilik hamda vinochilik asta-sekin rivojlana boshladi. Uzumning vinobop navlari Ukraina (asosan Qrim), Moldova, Kavkazorti va boshqa joylardan keltirilib ekildi. T urkistonga Rossiyadan uzumchilik va vinochilik sohalari bo'yicha olim va mutaxassisla r kela boshladi. 0„zbekistonda uzumchilikning rivojlanishida Rossiya bog„dorchilik jamiyatining T urkiston bo'limi, uzumchilik va vinochilik «Magarach» tajriba stansiyasi muhim rol o„ynadi. Uzumning mahalliy sharoitlarga moslashgan sarxil navlari o„rganilib, eng yaxshilari ekish uchun tavsiya qilindi, boshqa turli mintaqalardan yaxshi uzum navlarini olib kelish yo„lga qo„yildi. Keyinchalik T urkiston bo„limi negizida T urkiston uzumchilik va vinochilik qo„mitasi tashkil etildi. Qo„mita uzumchilik va vinochilikni ilmiy asosda rivojlantirish, tokning eng havfli zararkunandasi fillokseradan himoya qilish, oidium (un shudring) kasalligiga qarshi kurashish hamda agrotexnika usullarini ishlab chiqish, mevali o„simliklar va tok ko„chatlarini yetishtiradigan maxsus ko'chatzorlarni barpo etish kabi ishlarni takomillashtirish da muhim rol o„ynadi. Ulug„ Vatan urushi yillarida uzumchilik katta talofat ko'rdi. Urushdan keyingi yillardagina uzumchilik va vinochilikka nafaqat 0„zbekistonda, shuningdek, dunyo bo„yicha e‟tibor kuchaydi. Bog„dorchi!ik va uzumchilik xo„jaliklari soni ko„paydi, vinochilik sanoati uchun xom ashyo sifatida vinobop uzum navlarining salmog„i oshdi, uzum navlari tarkibi tartibga solina boshladi, bir qism tokzorlar so„rilar (simbag„azlar)ga ko'tarilib, tokzorlarga mexanizatsiya yordamida ishlov berish, tok parvarishini yaxshilash va takomillashtirishning ilmiy asoslangan usullari, shuningdek, hosildorlikni ko„paytirish imkoniyatlari paydo bo„ldi. Xo'jaliklaming moddiy-texnika bazasini kuchaytirish, sohaning rentabelligini ko'tarish k abi ishlarga e‟tibor oshdi. Bu borada R.R. Shreder nomidagi O'zbekiston bog„dorchilik va uzumchilik ilmiy tadqiqod instituti (hozir R. R. Shreder nomidagi Bog„dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy ishlab chiqarish korporasiyasi), N. I. Vavilov nomidagi Butunittifoq o„simlikshunoslik instituti (VIR)ning 0„rta Osiyo tajriba stansiyasi (hozir O'zbekiston o'simlikshunoslik ilmiy tadqiqod instituti), T oshkent va Samarqand qishloq xo„jaligi institutlarining mevachilik va uzumchilik kafedralari muhim rol o„ynadi. 0„zbekistonda tokchilikni ixtisoslashtirishga ahamiyat berilib, xo„jaliklararo birlashma lar tuzilib, maxsus uzumchilik xo'jaliklari tuzishga, 10 ularda xo„raki, kishmishbop hamda vinobop navlarni alohida texnologiya asosida yetishtirishga, uzumni qayta ishlash quvvatini oshirishga e‟tibor qaratildi. Ammo, shunga qaramasdan respublikada paxta yakkahokimligi uzumchilikning jadal rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko'rsatdi. Ayniqsa, sobiq ittifoq davrida ichkilikbozlikka qarshi kurash boshlangan yillarda (1985- 1986) 0„zbekistonda ham vinobop navlar ekilgan ko„plab tokzorlar yo„q qilindi, uzumni qayta ishlash punktlari barham topdi. Natijada respublikaning qator rayonlarida sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan uzumchilik va vinochilik tarmoqlari jiddiy zarar ko„rdi. Hozirgi davrda respublikamizda tokzorlar maydonini ko„paytirish, hosildorlikni oshirish, uzumni qayta ishlash quvvatini ko„tarish, mayiz yetishtirishni ko„paytirish, parvarish ishlarini keskin yaxshilash, soha samaradorligini oshirish, intensiv navlarni ko„proq ekish, tog 1 va tog„ oldi zonalarida tokzorlarni ko'paytirish, Respublika amaliy kengashining (2003. IX) «Bog'dorchilik va uzumchilikning holati va 2010 yilgacha rivojlantirish istiqbollari» borasidagi tavsiyanomalariga, jahon bozori talablariga javob beradigan mahsulotlarni yetishtirish kabi masalalarga katta e‟tibor berilayotir. «0„zmevasabzavotuzumsanoat» xolding kompaniyasi, «Mevasabzavot» uyushmasi kabi soha tashkilotlarining tuzilib, faoliyat ko'rsatib kelayotgani, jahon bozor iga uzum mahsulotlar inin g chiqa boshlagan i bunga misol bo„la oladi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi tizimidagi ixtisoslashmagan xo„jaliklarda vazirlik tomonidan tasdiqlangan (Respublika adliya vazirligi bilan kelishgan holda) «Bog* va tokzorlarni yer uchastkalari bilan ijaraga berish bo„yicha na‟munaviy shartnoma» asosida 20 ming gektardan ortiq tokzorning 19,5 ming gektarga yaqini (96%) ijaraga berilgan (2005.28.01). Ayniqsa, Samarqand (11521 ga), Surxondaryo (2680 ga), Buxoro (1594 ga), Andijon(1664ga), Qashqadaryo (1318 ga), Navoiy (507 ga), T oshkent (16 ga), Namangan (316 ga) viloyatlari xo„jaliklaridagi tokzorlarning to'liq ijaraga berilgani xo„jaliklarning iqtisodiy sharoitlarini yaxshilabgina qolmay, uzumchilikni shartnoma va oilaviy pudrat asosida rivojlantirishga, uzum va uning mahsulotlarin i ko„paytirishga imkon beradi. 0„zbekistonda tokzorlarning urnumiy maydoni 116,1 ming ga, jumladan hosil beradiganlari 96,0 ming ga, o„rtacha hosildorlik 60,2 s/ga (2004 yil ma‟lumoti). 2004 yilda respublikada ja‟mi 577,6 ming t. jumladan fermer va dehqon xo„jaliklarida 313,3 ming t. uzum xosili yetishtirildi. Qoraqalpog„iston Respublikasi va viloyatlar bo„yicha tokzorlar maydoni, hosildorlik va yalpi hosil ko„rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan. 11 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling