Yer uchastka ijarasi - davlat mulki hisoblangan yer uchastka- larini huquqiy va me’yoriy hujjatlar asosida yerdan foydalanuvchi- larga haq to‘lash evaziga ma’lum muddatga hamda umrbod meros qoldirish huquqi bilan berish.
Yerdan foydalanish koeffitsienti - qishloq xo'jalik korxona- sida yil mobaynida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini foydalanish mutnkin bo‘lgan yer maydoniga nisbatidir.
Yerlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini barcha omillaridan tadbirkorlik bilan foydalanish natijasida har bir gektar yerdan olingan sof foyda mummasini ifodalaydi.
Yer monitoringi -
yer fondi, undan foydalanuvchilar, ulaming tarkibidagi o‘zgarishlami o‘z
vaqtida aniqlash, yer laming sifati,
qiymatini baholash, barcha salbiy jarayonlami oldini olish, ular-
ning oqibatlarini tugatish, yer fondidan foydalanish darajasini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar majmni.
Jonlashtirish - tabiiy va iqtisodiy sharoitlami e’tiborga olgan holda qishloq xo‘jalik subyektlarida u yoki bu mahsulotlami ishlab chiqarish.