0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova
Suvli eritmalar Qiyomlar (Sirupi)
Download 1.46 Mb.
|
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oddiy qiyom (Sirupus Simplex)
Suvli eritmalar
Qiyomlar (Sirupi) Qiyomlar (Sirupi) deb. qandning suvdagi eritmalari yoki ular- ning dori moddalar bilan aralashmasiga aytiladi. Qiyomlar quruq va tiniq suyuqlik, o'ziga xos shirin ta'mii hamda ichish uchun mo'ljallangan bo‘ladi. blar asosan dori moddalarning yoqimsiz hidi hamda mazasini yaxshilash uchun va shuningdek. dori modda sifatida ham ishlatiladi. Odatda. qiyomlar qand eritmasidan tay- yorlanadi. Oddiy qand qiyomi ekstraktlar. tindirmalar yoki meva sharbatlari bilan aralashtirilib, zarur bo‘lsa, qizdirib tayyorlanadi. Tayyor qiyom qalin material (mato) yoki filtr qog'ozi orqali suzila- di. Isitib tayyorlangan qiyomlar esa issiq holda suziladi. Ba’zi hol- larda qiyomlarga konservant sifatida etil spirti qo'shiladi. Qiyom- lar zichligi, sofligi va dorivor moddalarning miqdori bo'yicha baholanadi. Qiyomlar ishlatilishiga ko'ra ta’m beruvchi qiyomlarga va dorivorlarga bo'linadi. Ta’m beruvchi qiyomlarga: qand. olcha va maymunjon (malina) qiyomlari kiradi. Qiyomlar tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa u bolalar va qariyalar uchun tayyorlanadigan dorilaming-ta'mini yaxshilay- di. dorilaming tanada ko'rsatadigan noxush ta'sirini susaytiradi yoki yo‘qotadi. Lekin biofarmatsiyaga amal qilinadigan bo'lsa, ularni ko‘r-ko‘rona ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Bio- farmatsiya ta'limotiga ko'ra, eritmalarning ta'mini qiyomlar yor- damida yaxshilab berilishi ularning terapevtik faolligiga salbiy ta'sir etadi. Masalan, kalsiy xlor. tetratsiklin, amidopirin. izonia- zid eritmalarining ta'mini yaxshilash uchun qo'shilgan qand olcha, qoraqat qiyomi, ularning so'rilish tezligi va terapevtik faolligini pasaytiradi. Shuning uchun dori turlarining noxush ta'm va hidi- ni o‘zgartirishda texnologiya, fiziologiya va biofarmatsiya nuqtayi nazaridan yondoshish lozim. Oddiy qiyom (Sirupus Simplex) Oddiy qiyomni tayyorlashda yuqori navli tozalangan (rafi- nad) qand ishlatiladi. Qiyom ikki qavat devorli va aralashtirgichi bo‘lgan maxsus qozonlarda tayyorlanadi. Qozonga 64 qism qand va 36 qism suv solib, 60-70 °C haroratgacha isitiladi. So'ngra harorati qaynaguncha ko'tarilib. 20-25 daqiqa davomida ikki marta qaynatiladi. Qaynash vaqtida hosil bo'layotgan ko'pik cho'mich yordamida olib turiladi. Qaynash muddati va harorat ortiqcha (110 °C) bo'lsa, qiyom sarg'ayib ketadi. Bu qandning karamelga aylangani (polimerlangani)ni ko'rsatadi. Bu hodisa 180 °C dan yuqoriroq haroratda tezroq, 110-120 °C da sekinroq ro'y beradi. Tayyor qiyom issiq holda qalin mato orqali suziladi. U rangsiz, hidsiz quyuq suyuqlik bo‘lib, shirin mazaga va betaraf reaksiyaga ega. Nur sindirish ko‘rsatkichi 1.451-1.454 bo'lib. zichligi 1.308- 1,315 ga teng. Bu ko‘rsatkichlar qiyomda qandning 64 %iga to'g'- ri kelishini bildiradi. Shisha idishlarda chiqariladi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling