0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet33/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Chuchukmiya qiyomi (Sirupus glycyrrhizae).


4 qism.
86 qism.
10 qism.
Extracti glycyrrhizae spissi
Sirupi simplicis .
Spiritus aethylici
Chuchukmiyaning quyuq ekstrakti isitilgan qand qiyomi bilan aralashtirib eritiladi. Aralashma sovugach, etil spirti qo‘shiladi. Sarg'ish qo‘ng'ir rangli, o'ziga xos hid va ta'mga ega bo‘lgan suyuqlik. Balg‘am ko‘chiruvchi va yengil surgi dori sifatida bola- larga beriladi.
Pertussin (Pertussinum).
Extracti Thumi fluidi 12qism.
Kalii bromidi 1 qism,
Spiritus aethylici 5 qism,
Sirupi simplicis 82 qism.
Sirlangan qiyom pishirish qozonidagi qand qiyomida kaliy bro- mid eritilib, unga tog'jambilning suyuq ekstrakti va spirt qo'shib aralashtiriladi va 24 soatga qoldiriladi. Tindiriigan qiyom uch qavatli doka orqali suzilib, 100 g dan shisha idishlarga qadoqla- nadi. Xushbo‘y hidii. shirin mazali, to‘q qo‘ng‘ir rangli suyuqlik. Zichligi 1,22-1,24. Bronxit va ko'kyo'talga chalingan bolaiarga beriladi.
Na’matak qiyomi (Sirupus fructuum Rosae). Na'matak mevasidan olingan suvli ajratma va qisman invertirlangan qand qiyomida tayyorlanadi. Invertirlangan qand na'matak qiyomi tarki- bidagi askorbinat kislotaning barqarorligini ta'minlaydi. QizgTsh jigar rangli, shirin mazali suyuqlik. Tayyor mahsulotda quruq mod- dalar 71-73 %, askorbin kislota 0.4 %, qand 50 %, zichligi 1.37.
Bolalarga C vitamini yetishmaganda beriladi.
Xushbo‘y suvlar (Aquae aromaticae). Tarkibida suv yoki spirt-suvda erigan efir moyi bo'lgan eritmalar xushbo'y suvlar deb ataladi. Ular asosan tiniq yoki ba'zan xiraroq boTib. tarkibi-
ga kiruvchi moddalarning hidini beradi. Xushbo‘y suvlar tarkibi- da efir moyi bo'lgan o'simlik xomashyosidan suv bug‘i yordami- da haydash. efir moylarini suv yoki spirtda eritish va tarkibida efir moyi bo'lgan eritma (konsentrat) lami suyultirish yo'li bilan olina- di. Ular ishlatilishi bo'yicha davolovchi hamda dori moddalarning hidi va mazasini yaxshilovchilarga bo‘linadi.
Xushbo‘y suvlarni suv bugki bilan haydab olish. Odatda, efir moyini suv bug‘i bilan haydashdan oldin, xomashyo suv yoki spirt-suvli aralashma bilan 12 soat davomida ivitib qo‘yiladi. Bun- da hujayra bo'shliqlarida ..birlamchi" sharbat hosil bo'lib. diffu- ziya jarayoni tezlashadi va konsentratsiyadagi xushbo'y suv olina- di. Agar xomashyo suv bilan ivitilib, suv bug'i bilan haydalsa suv- li xushbo'y suv (Aqua aromatica aguosa), spirt bilan ivitilib, suv bug'i bilan haydalsa, spirtli xushbo'y suv (Aqua aromatica spiritu- osa) hosil bo'ladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling