0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Xushbo'y Kashnich suvi (Aqua Coriandri spirituosa)


Download 1.46 Mb.
bet35/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Xushbo'y Kashnich suvi
(Aqua Coriandri spirituosa)



1 qism.
1 qism.
10 qism.
Fructuum Coriandri grosso modo pulveratorum
Spiritus aethylici
Aquae destillatae
Yirik maydalangan kashnich urug‘i og‘zi zich berkitiladigan idishda spirt va suv soiib aralashtiriladi hamda 12 soatdan keyin haydash asbobiga o‘tkaziladi va suv bug*i bilan 10 qism preparat hosil bo‘lguncha haydaladi. Tayyor mahsulot deyarli tiniq. kash- nich hidi kelib turadigan suyuqlikdir. Zichligi 0,960-0.980.
Dori moddalaming hidi va mazasini yaxshilovchi vosita sifati- da ishlatiladi. Bu xushbo'y suvni kashnich efir moyining spirt-suv- li eritmasidan ham tayyorlash mumkin.
Efir moylarining suvdagi eritmalari
Efir moylarini suvda eritish dispergirlash, emulsiya hosil qil- ish va G. A.Vaysman usullari orqali amalga oshiriladi. Kuchli hid- ga ega bo‘lgan efir moylari (atirgul. pomerans moyi) dan 1 : 4000, qolganlaridan esa 1 : 1000 nisbatda tayyorlanadi.
Xushbo‘y икгор suvi
(Aqua foeniculi)



1 qism,
10 qism, 1000 ml.
Olei foeniculi
Talci
Aquae tepidae ad
Kukun holdagi talk ukrop moyi bilan aralashtirib eziladi. Bun- da moy mayda zarrachalarga boTinib, talk zarrachalari yuza- sini yupqa qatlam bilan qoplaydi. ya’ni dispergirlanadi. So‘ng 50-60 °C gacha isitilgan suv quyilib. 15 daqiqa chayqatiladi. nam qog'oz suzgich orqali suziladi. Qog‘oz suzgich namlab ishlatil- masa, suv qatlamiga o'tmagan efir moyi zarrachalari o‘tib ketadi.
Boshqa efir moylaridan ham xushbo‘y suvlar shu tarzda tay- yorlanadi.
Professor G.A.Vaysman efir moylarini qand yordamida dis- pergirlashni taklif etgan. Bu usul dorixona sharoitida oldindan
67
konsentrat tayyorlab qo‘yish imkonini beradi. Buning uchun hovonchada 9 qism yirik shakar olinib. ustiga 1 qism efir moyi qo'shiladi. So'ng dastak bilan bir xil massa hosil bo'lguncha maydalab aralashtiriladi. Aralashma zich berkitiladigan jigar rang shisha idishlarga solib qo‘yiladi. 1 oy davomida ishlatish mum- kin. Aralashmadan xushbo‘y suv tayyorlash uchun 1 : lOOnisbat- da olib foydalaniladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling