0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Etil spirtining quwatini spirtomerlar yordami- da aniqlash


Download 1.46 Mb.
bet37/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Etil spirtining quwatini spirtomerlar yordami- da aniqlash
Spirtomerlar shisha va metalldan yasalgan bo‘ladi. Shisha spirtomer aniqlik darajasiga qarab 4 sinfga bo'linadi. Bulardan eng ko‘p ishlatiladigani 1 va 0.1 sinflaridir. Shisha spirtomerlar 2 qismdan tashkil top- gan (17-rasm).
Yuqoridagi naycha qismi darajalarga bo'lingan (ingichka qog‘oz bo'lakchasiga darajalar yozilib, naycha ichiga joylashtirilgan) va pastki kengaygan (tana) qismi bo'lib, uning tubiga aniq miqdordagi qo’rg‘oshin zoldirchalari solingan. Usti rangli orga- nik yelim bilan mustahkamlab qo‘yiladi. bu yuk spir- tomerga ma'lum og'irlik beradi va uni tik holatda ushlab turadi. Pastki qismida termometr uchun simob joylashtirilgan bo‘ladi.

  1. rasm. Shisha spirtomer.

69
Termometrning darajalari tana qismiga o‘rnatiladi. Spirtomer- lar to'plam holida chiqariladi:

  1. 0-60 % va 60-100 % gacha pastki qismida termometr ham bo'ladi;

  2. 0-70 % va 70-100 %.

  3. 0-40 %, 40-70 % va 70-100 %.




  1. rasm. Termometr o‘rnatilgan spirtomer.

Bular„l sinf'to'plamiga kiradi. ..0.1 sinf’ to'plamiga 11 spir- tomer kiradi: 0-10 %, 10-20 %, 20-30 %, 30-40 %. 40-50 %.
70

50-60 %. 60-70 %, 70-80 %, 80-90 %, 90-100 %, 95-105 % - oxirgisi eng yengilidir (18-rasm).
Eng og‘ir spirtomer 0—10 % gacha, chunki spirtning quvvati qancha yuqori bo‘lsa, zichligi shuncha kam bo'ladi.
Aniqlash mohiyati: quruq silindrga tekshiriladigan spirt solinadi.
Keyin spirtomer tushiriladi. Agar quvvati taxminan ma'lum bo'lsa, tegishli spirtomer tushiriladi. Spirtning quwati noma'- lum bo'lsa eng yengil, ya'ni 95-105 % ko;rsatkichli spirtomer tushuriladi.
Spirtomer silindming tubi va devoriga tegmasligi kerak. 3-4 daqiqadan so'ng spirtomer ko'rsatkichi pastki ko'rsatkichi bo‘yicha ko'riladi. Shisha spirtomerlarni 20 °C haroratdagi ko‘rsatkichi hajmiy foizga to'g'ri keladi. Masalan: shisha spirtomer 20 °C da 96,4 ko'rsatdi, demak, bu 96,40 % spirtdir.
Agar aniqlash vaqtida spirtning harorati 20 °C dan farq qil- sa, DST standartlash va o'lchov asboblari Davlat qo'mitasi chop etgan „Spirt-suvli aralashmalardagi etil spirti miqdorini aniqlash” degan jadvallar to'plamining 3-jadvali yordamida 20 °C dagi ko:rsatkichdan topiladi.
3-jadvalning chap va o’ng tomonidagi tik ustunchalarda harorat -J-40 °C dan -25 °C gacha berilgan. Gorizontal ustuncha- da esa spirtomerning ko'rsatkichi keltirilgan. Harorat bilan spir- tomer koTsatkichi kesishgan joyidagi son spirtning 20 °C quv- vatini ko'rsatadi. Misol: shisha spirtomerning koTsatkichi 84,0 harorat 35 °C. Jadval bo'yicha bu 20 °C da 79-54 % li spirtga to'g'ri keladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling