SUV VA SPIRTLI AJRATMALAR
Etil spirti, uning quvvatini aniqlash,
suyultirish va uning hisobi
Etil spirti farmatsiyada dori turlarini tayyorlashda konservant sifatida, o‘ta sof galen va organopreparatlarni olishda ajratuvchi sifatida hamda ajratmalarni yot moddalardan tozalashda ishlati- ladi. Ba'zan me'da yallig'langanda ichishga beriladi. Etil spirti- ning 33 % li eritmasi qon zaharlanganda venaga yuboriladi. XI DF bo‘yicha etil spirtining 95 %. 90 %. 70 %. 40 % ii eritmalari rasmiy preparatlar hisoblanadi. Etil spirtining sifati XI DF bo'- yicha tekshiriladi. Bu uchuvchan. qo'zg'aiuvchan, achishtiradi- gan mazali suyuqlikdir. Etil spirti suv, etil, atseton. glitserinlar bilan xohlagan nisbatda araiashadi. Zichligi p0= 0,8066-0.8054 bo'iib. bu 96,2-96,5 % etil spirtiga to‘g'ri keladi. Suvsiz spirt- ning zichligi (absolut spirtning) p0 = 0,78927 bo'lib, 100 % etil spirtiga to‘g‘ri keladi. Dorixonalarda asosan 96.2-96.7 % ii spirt bo‘ladi. Etil spirti +78,3 °C haroratda qaynaydi va -144 °C haroratda muzlaydi. Etil spirtining quvvati og'irlik va hajmiy birliklarda (foiz) ifodalanadi.
Massada ifodalangan quvvat bo‘lsa, 100 g spirt-suvii araiash- madagi absolut (suvsiz) spirtning gramm miqdori tushuniladi. Masalan, 70 % (massa bo'yicha) spirt yozilgan bo'lsa. 100 g ara- lashmada 70 g absolut spirt bor deb tushuniladi.
68
Hajm bilan ifodalangan quvvati bo‘lsa, 100 ml spirt-suvli aralashmadagi absolut (suvsiz) spirtning ml miqdori tushunila- di. Misol: 96.5 % (foiz belgisidan keyin hech narsa yozilmay- di) spirt deyilsa. 100 ml aralashmada 96.5 ml absolut spirt borli- gi tushuniladi.
Etil spirtining quvvatini aniqlash usullari
Etil spirtining quvvati spirtomerlar yordami- da, zichligi bo‘yicha va refraktometrik usullarda aniqlanadi.
Bu sohada M.L’.Usubboyev „Этиловьтй спирт" (Toshkent. 1976.)ida keltirilgan ma‘lumotlar qim- matli bo'lib. undan foydalanish oson va qulay hamda amaliyotda keng qo'llashga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |