1-§. Amaliy geometriya fanining maqsadi va vazifalari Magistrlar uchun o’qitiladigan amaliy geometriya fani umum
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mashg\'ulot
1-rasm. 2.3. Tekislik. Tekislik ustida cheksiz ko’p nuqtalar va to’g’ri chiziqlar mavjuddir. Shunga ko’ra, tekislikni nuqtalar yoki to’g’ri chiziqlar to’plamidan iborat deb qarash mumkin. Aniq sonli nuqtalar yoki to’g’ri chiziqlar berilganda tekislik berilgan hisoblanadi. 3-§. Evklid fazosini xosmas elementlar bilan to’ldirish. Tekislikda yotuvchi to’g’ri chiziqlarni ham ikki turga – xos (chekli) va xosmas (cheksiz) larga ajratish mumkin: Xos to’g’ri chiziqlarni tekislikda chizish va vaziyatini belgilash mumkin (2,a-rasm). Tekislikka tegishli bo’lgan har qanday ikki to’g’ri chiziq umuman kesishadi. Agar bu to’g’ri chiziqlar o’zaro parallel bo’lsalar, u holda ular xosmas nuqtada A ∞ kesishadi (2,b-rasm). Tekislikning xosmas chizig’i tekislikda yotuvchi ikki ixtiyoriy a, b va c,d to’g’ri chiziqlarning xosmas A ∞ =B ∞ , C ∞ =D ∞ nuqtalarini tutashtirish bilan m ∞ xosmas to’g’ri chiqni hosil qilinadi (2,c-rasm). Biror P tekislikda yotuvchi a,b,c,d va hokazo chiziqlarning xosmas nuqtalari bo’lsalar bu nuqtalarning geometrik o’rni biror l ∞ to’g’ri chiziqni tashkil qiladi. Demak, tekislikni l ∞ xosmas to’g’ri chiziq orqali ham berish mumkin bo’ladi (2,d-rasm). a) b) c) d) 2-rasm. Ma’lumki, tekislikdagi har bir to’g’ri chiziq bitta xosmas nuqtaga ega. Tekislikdagi to’g’ri chiziqlarning xosmas nuqtalarining geometrik o’rni tekislikning xosmas chizig’i deyiladi (2,a-rasmdagi m ∞ chiziq). Tekislikning istalgan to’g’ri chizig’i uning xosmas chizig’i bilan bir nuqtada kesishadi. Tekislikdagi parallel to’g’ri chiziqlar bitta xosmas nuqtada kesishadi (2,b-rasmdagi A ∞ nuqta). To’g’ri chiziq va tekisliklarning xosmas elementlari nazariy masalalarni talqin qilishda va perspektiv tasvirlarni yasashda qo’llaniladi. Xosmas elementlar bilan geometric shakllarni to’ldirishi Evklid fazosini kengatirish masalasiga kiradi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling