1-§. Amaliy geometriya fanining maqsadi va vazifalari Magistrlar uchun o’qitiladigan amaliy geometriya fani umum
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pozitsion masalalar
- Metrik masalalar
- To’g’ri metrik masalar
- Teskari metrik masalalar.
- Konsruktiv masalalar
a) b)
12 - rasm Agar biror tekis yoki fazoviy egri chiziqni shaklini va holatini aniqlovchi parametrlar ma’lum bo’lsa, uning holat va shakl parametrlari sonini yuqoridagi qoidalarga asosan aniqlash mumkin bo’ladi. Bu esa chiziladigan egri chiziq to’g’risida to’liq ma’lumotlarni berib, uni grafik yasashdagi holatlarini yoki uni tahlil qilishda amaliyotda qo’llanilishiga yordam beradi. Ikkinchi tartibli egriliklarning shakl va holat parametrlari 1-jadval T /r Ikkinchi tartibli egriliklar nomi Sha kl paramet ri Holat parametrlari Tekislik da Fazo da Ja mi 1 Ayalan a 1 (R) 2 3 6 2 Ellips 1 (p) 3 3 7 3 Parabol a 2 (2a,2b) 3 3 8 4 Giperb ola 2 (2a,2b) 3 3 8 Yuqorida ko’rilgan oddiy geometrik elementlarning holat parametrlari va ikkinchi tartibli egriliklarning holat va shakl parametrlari asosida chiziqli sirtlardan konus va silindr sirtlarini hamda ikkinchi tartibli sirtlarning holat va parametrlarini aniqlash mumkin bo’ladi. BUning uchun yuqorida keltirilga sirtlarning aniqlovchi parametrlarini bilish zarur bo’ladi. 6-§. Geometrik shakllarning o’zaro vaziyatiga tegishli bo’lgan pozitsion, metrik va konstruktiv masalalar haqida Geometrik shakllarning chizmada o’zaro joylashishiga nisbatan ularga tegishli geometrik masalalarni 3 ta turga bo’lish mumkin. 1. Pozitsion masalalar. Berilgan 2 geometrik shakllarning o’zaro joylashish vaziyatiga nisbatan ularning kesishuvi natijasida hosil bo’lgan 3 geometrik shaklning vaziyatini aniqlash pozitsion masalalar turiga kiradi. Pozitsion masalalarga to’g’ri chizq va tekisliklarning, tekislik bilan sirtlarni va sirtlarni o’zaro kesishuvi kabi masalalarni kiritish mumkin. 2. Metrik masalalar. Berilgan geometrik shakllarning o’zaro vaziyatlariga nisbatan ularga tegishli bo’lgan shakllarning metrikasini aniqlash yoki oldindan berilgan shaklning metrikasiga asosan ularning o’zaro vaziyatlarini aniqlash metrik masalalar turiga kiradi. Metrik masalalarga to’g’ri chiziq kesmasining haqiqiy uzunligini aniqlash, to’g’ri chiziq bilan tekislikning va tekisliklarning o’zaro perpendikulyarligi, tekislik bilan sirtlarning kesishuvidan hosil bo’lgan shaklning haqiqiy kattaligini, sirtlarini yoyilmalarini yasash, sirtlarga urinma tekisliklar o’tkazish kabi masalalarni metrik masalalarga kiritish mumkin. Geometrik shaklarning o’zaro joylashishi yoki shakl metrikasini berilishiga qarab metrik masalalar 2 ga bo’linadi. 1. To’g’ri metrik masalar. Bunda berilgan 2 geometrik shaklning o’zaro joylashuviga qarab ularning kesishuvidan hosil bo’lgan shaklning metrikasi aniqlanadi. Masalan tekislik bilan sirtlarni kesishuvidan hosil bo’lgan yuzani aniqlash masalasi. 2. Teskari metrik masalalar. Bunda oldindan berilgan geometrik shaklga tegishli bo’lgan biror shaklning metrikasiga assosan uning birinchi shaklga nisbatan holatini aniqlash. Masalan, parametrlari oldindan berilgan ikkinchi tartibli egri chiziqlarni ikkinchi taribli sirtlardagi holatini aniqlash kabi masalaar. Konsruktiv masalalar. Oldindan berilgan biror shartni qanoatlantiruvchi geometrik shakllarni yashash konstruktiv masalalar turiga kiradi. Masalan, to’g’ri chiziq, tekislikni oldindan berilgan biror burchak bo’yicha to’g’ri chiziq yoki tekisliklar yasash, ma’lum bir texnik talablarni qanoatlantiruvchi egri chiziqlar va sirtlar hosil qilish kabi masalalarni konsruktiv masalalarga kiritish mumkin. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling